Microsoft Word davron ziyouz com doc


Download 233.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet39/42
Sana02.01.2023
Hajmi233.92 Kb.
#1074953
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
Bog'liq
davron ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
39
— Siz-chi? 
— Men... qishloqqa musofir bo‘lsam ham yaqinlarim ko‘p. 
— Shu yer-chi? Uylari ko‘p ekan-ku? Yana xohishingiz... 
— Qishloqda gap-so‘z bo‘larmikin... 
Mahbuba indamadi. Davron bir oz o‘ylanib turgach, «Yaxshi yotib turing», deb chiqib 
ketdi. 
Birinchi soatda darsi bor edi. Shuning uchun ertalab barvaqt keldi. Mahbuba yo‘lga 
otlanib turgan edi. Choy ichishga ham unamay yo‘lga chiqdi. 
— Shaharga qaytmasligingiz aniqmi? — dedi u xayrlashayotib. 
— Ha. 
— Agar qishloqqa kelsam, menbop ish topilarmikin? 
Davron garangsib qoldi. 
— Chindanmi? 
— Xat-pat yozib yuborarsiz, xayr. 
Davron shundagina Mahbubaning hazillashmayotganini fahmladi. Fahmladi-yu, 
birovnikiga borib yotganidan afsuslandi. 
* * * 
Kunlar isib, yerning nami bir qadar tortilib chigit ekishga taxt etilgach, kolxozda to‘y 
boshlandi. Yigitali aka endi to‘yni ochaman, deb turganida kotiba qiz telefon qilib 
raykomga tezda yetib borishi zarurligini aytdi. Rais asabiy bir holda jo‘nab ketib, 
peshinda qaytdi. Bir-ikki kishi «tinchlikmi?» deb so‘raganda rais qo‘l siltab qo‘ya qoldi. 
Shundan so‘ng unga hech kim gap qotmadi. Davron ham raisga qarab-qarab qo‘ydi-yu, 
biron nima deyishga botinmadi. To‘y tarqagach, rais Davronni yoniga chaqirdi. 
Eshikka yuring, gap bor, — deb uyga boshladi. 
Rais lo‘labolishga suyanib gapni nimadan boshlashni bilmay turganda, Davronning o‘zi 
joniga ora kirdi. 
— Tinchlikmi, Yigitali aka? 
— Tinchlik emas-da... Rahbaringiz raykomga xat yuboribdi. 
— Meni bulg‘ab yozishibdimi? 
— Yo‘q... Sal bo‘lmasa meni jinoyatchiga chiqarib qo‘yishibdi. Bu gap kuzakda 
boshlangan edi. Militsiyaga chaqirib ogohlantirishgan edi. Men kayfiyatingizni buzmay 
deb, indamasdan qo‘ya qolgandim. Endi ish jiddiylashibdi. Nima qilishga hayronman. 
Ikki o‘t orasida ilojsizman. Sizga qanchalik qayishishimni bilasiz. 
Davron piyolaning chetidagi zar hoshiyaga tikilganicha boshini xam qilib indamay 
o‘tiraverdi. 
Nimaga jimib qoldingiz, biron nima desangiz-chi? 
— Masala hal etilibdi, Yigitali aka. Men ishning shunga borib taqalashini bilar edim. 
Ammo bunchalik tez bo‘lar, deb o‘ylamovdim... Otamdan ko‘rmagan yaxshilikni sizdan 
ko‘rdim. 
— Be, bu gaplarni qo‘ying. 
— Yurakda borini aytyapman. Yaxshilik qilib daryoga sol, degan ekanlar. Agar 
yaxshiligingizni qaytarsam... 
— Menga qarang, shu topda xayrlashmoqchimisiz? Keling, boshqa narsalar haqida 
gaplashaylik. 
Har ikki suhbatdoshning dili xufton bo‘lib turganda gapiga gap qovushar ekanmi? 
Bunday paytda vaqt sekin o‘tayotganday, qorong‘ilik chor-atrofni tongga qadar emas
abadiy qamrab olganday tuyuladi. Ularda charchaganlikni bahona qilib yotishdan bo‘lak 
chora qolmadi. 


Davron (qissa). Tohir Malik 

Download 233.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling