Microsoft Word davron ziyouz com doc


Download 233.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet41/42
Sana02.01.2023
Hajmi233.92 Kb.
#1074953
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
Bog'liq
davron ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
41
— Chindanmi... Bari bir ilojim yo‘q. Ekspeditsiya asosan amaliyotchi talabalardan 
tashkil topgan. Yollanma ishchilar uchun mablag‘ ajratilmagan. 
— Mana bu o‘g‘ilbola gap bo‘ldi! Yo‘q gaplarni yamab-chatib chaynalmay, to‘g‘rilikcha 
salom-alik qilavermaysanmi? Ha... ish so‘rab keldi, deb o‘yladingmi? Yo‘q, men tiz 
cho‘kadigan toifadan emasman. Go‘l ham emasman. Nayrang nima, samimiyat 
nimaligini ajrata olaman, shuni unutma. 
— Biz sira do‘stlasha olmas ekanmiz. 
— Do‘stlashish uchun pokiza niyat kerak. Senda niyat tugul, pokiza biron narsa ham 
yo‘q. 
— Haddingdan oshma, indamas ekan, deb... Tilingni qisqa qilib qo‘yishim mumkin. 
— Shundan boshqa narsa qo‘lingdan kelmaydi. 
— Qani, kelgan joyingga qarab tuyog‘ingni shiqillatib qol-chi. 
Davron Niyozning lablarida titroq paydo bo‘lganini ko‘rib kuldi-da, orqasiga burilib 
keta boshladi. 
— To‘xta, — dedi Niyoz unga yetib olib. — Nimaga kulyapsan? 
— O‘zim, kulgim keldi. 
— Agar xafa bo‘lishni istamasang, ikkinchi bu yerga qadam bosma. 
— Men bu yerlarda sayr qilishga odatlanganman. Tarki odat amri mahol, deydigan 
gaplar bor. 
Niyoz tishlarini bir g‘ijirlatdi-yu, orqasiga qaytdi. Uning g‘azablanishi Davronga xush 
yoqdi. Chunki bu odam uncha-buncha narsaga asabiylashmaydi. Davronni o‘ziga g‘anim 
deb biladi. Chunki uning butun umidi, kelajagi shu qazilmada. Niyoz mana shu ish bilan 
sharaf tojini kiymoqchi. Davron esa (Niyozning nazarida) sherikchilikka da’vo qilyapti. 
Ular begunohlik niqobini tanlaganlar, hatto ekspeditsiyaga yollanma ishchilar uchun 
mablag‘ ajratilmabdi. Lekin odam hamisha niqobda yura olmaydi-ku! Qachondir uning 
asl basharasi ko‘rinadi-ku! 
Davron bu yerga har kuni keladigan bo‘ldi. Talabalar dotsent Bekmirzaevning ham, 
uning nomini ham eshitishgan edi. Shuning uchun tezda til topishishdi. Niyoz Davronni 
ko‘rsa teskari qarab o‘zini ko‘rmaganga olardi. Davron ham unga e’tibor bermay 
talabalar bilan ishlayverdi. 
Kunlar shu zaylda o‘taverdi. Niyozning yuragi siqilib har xil bahonalar bilan shaharga 
tez-tez tusha boshladi. Maktabdagi so‘nggi imtihon tugagan kuni ham u shaharda edi. 
Talabalar Niyoz yo‘q paytda Davron bilan yayrab ishlashardi. Davron «rahbar»ning 
yo‘qligini ularning xushchaqchaqligidan sezdi. Ular bir oz gurunglashib turdilar-da, ishga 
tutindilar. 
Quyosh mashriq belidan oshib o‘tib, odam lohas bo‘la boshladi. Davronning ham qo‘li 
ishga bormay yotgisi keldi. Lekin shu payt qulog‘i shang‘illab, hushtak ovozi eshitildi-yu
sergak tortdi. Ko‘pdan beri sharpa uni bezovta qilmay qo‘ygandi. Avvallari faqat tunda 
ko‘zga ko‘ringan edi. Endi kunduzi ham ro‘para bo‘lmoqchi. Hushtak ovozi shundan 
dalolat. Hushtakdan so‘ng eshikning g‘ijirlashiga o‘xshagan ovoz eshitilardi. Yo‘q, bu 
safar hushtak tindi-yu, atrof jimib qoldi. Yassibosh odam ham ko‘rinmadi. Davron 
hayron qolib bu sirli ovozlarning takrorlanishini kutdi. Ovozlar qaytarilmadi. Shundan 
so‘ng u kichkina kurakchani qo‘lga olib ishni davom ettirdi. Kavlagan tuprog‘i bir zambil 
bo‘lganda qulog‘i yana shang‘illadi. Hushtak chalindi. Keyin eshikning g‘ijirlashiga 
o‘xshagan ovoz... Davron yon-atrofiga alangladi, jimjitlik. Quyosh charaqlab turibdi. 
Sharpa yo‘q. Sirli ovozlar ham tingan. U yana ishga tutindi. Kurakchani uchinchi karra 
yerga botirganda qattiq narsaga tegdi. Davron tuproqni ehtiyotlik bilan torta boshladi. 
Qattiq narsani avvaliga tosh deb o‘yladi. Uning sirtini tozalagach, tillarang temirni ko‘rib 
lol qoldi. Do‘nglik ortida ishlayotgan yigitlarni chaqirish xayoliga kelmay atrofini 


Davron (qissa). Tohir Malik 

Download 233.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling