Microsoft Word davron ziyouz com doc


Download 233.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet37/42
Sana02.01.2023
Hajmi233.92 Kb.
#1074953
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
Bog'liq
davron ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
37
bajonidil suhbat qurar, ularda «arxeologiyaga nisbatan mehr uyg‘otyapman», deb o‘ylar 
edi. 
Davron qish bo‘yi maktabda muallimlik qildi. Tarix o‘rniga ba’zan arxeologiyadan 
saboq berib, programmadan chetga chiqqani uchun ma’muriyat tanbehini ham eshitdi. 
O‘quvchilarini safarbar etib, maktabda mo‘’jazgina tarix-arxeologiya muzeyi tashkil 
etgach, bu tanbehlar yuvilib ketdi. 
O‘zi istamagan ko‘ngilsiz safarda yurgan kishi kun o‘tishini sabrsizlik bilan kutgani 
kabi Davron bahorni benihoya qo‘msardi. Havoning yurishib ketishidan, dalani bosib 
yotgan tizza bo‘yi qorning erishidan esa darak yo‘q. Avvallari bunday kezlarda u 
shaharda bo‘lardi. Yoz bo‘yi qilingan ishlarning yakuni fandagi yangiliklar bilan tanishish
turli majlislar, do‘stlar davrasi va shu kabilar bilan ovora bo‘lib qishning o‘tganini sezmas 
edi. Bu yerda esa... Kunning birinchi yarmi maktabda o‘tadi. Keyin ba’zida idoraga 
kiradi. Yigitali akani uchratsa, bir oz gurunglashadi. Yo‘qsa choyxonaga kiradi. Har kuni 
bir xil maromdagi gaplar. Tabiatning mudroq uyqusi odamlar ruhiyatiga ham ta’sir 
qilgandek. Barcha zerikishdan gap ochadi. Televizorga mixlanib o‘tirish hammaga ham 
yoqavermaydi. 
Mahbubani ko‘p o‘yladi. Shunday kezlarda shaharga ketgisi, erkaktabiat bu ayolni 
ko‘rgisi kelardi. Mahbuba uning taklifini ochiq bo‘lmasa-da, rad etdi. Shunday ekan, 
yana uning ortidan soya kabi sudralib yurishga uning hamiyati yo‘l qo‘ymaydi. O‘zi 
shilqimlikdan yiroq bo‘lgani uchun, ayollarning etagiga yopishib oluvchi erkaklarni 
jinidan ortiq yomon ko‘radi. 
Davron darsini tugatgach, idoraga kiraymi kirmaymi deb oyog‘i tortmay keldi. Hovlida 
raisning mashinasini ko‘rib «Xayriyat», deb qo‘ydi. 
Yigitali aka divanga yastanganicha gazeta o‘qirdi. Davronni ko‘rib gazetani yig‘ishtirdi-
da, yonidan joy ko‘rsatdi. Suhbatlari odatdagidek ob-havodan boshlanib, keyin «har 
sohadan bir shingil»ga aylandi. 
Suhbat endi bir maromga to‘g‘ri bo‘lay deganda kotiba kirib Yigitali akaning gapi 
og‘zida qoldi. 
— Mehmonni bir kishi so‘rayaptilar, — dedi aybdor ohangda. 
— Kiravermaydilarmi? — dedi Yigitali aka. Keyin hayron bo‘lgan Davronga qaradi. — 
Xijolat chekmang, qiladigan ishim ham yo‘q edi. 
Ostonada Mahbuba ko‘ringach, Davron nima uchundir Yigitali akadan uyaldi. Yigitali 
aka Mahbubani tanimas edi. U haqda eshitgan ham emasdi. Shuning uchun avvaliga 
nima qilishni bilmay qoldi. Yaxshi hamki Mahbuba iymanib o‘tirmay ichkari kirib salom 
berdi. Yo‘qsa ikki erkak ham talmovsirab turaverardi. 
— Darvoqe, partkom meni kutib qolgandir, — Yigitali aka Mahbuba bilan so‘rashgach 
shunday deb chiqib ketdi. 
— O‘tirsam maylimi? — dedi Mahbuba gapga qovushmay turgan Davronga kulib 
qarab. So‘ng manziratni kutmay o‘tirib sumkasini yoniga qo‘ydi-da, paltosining 
tugmasini yechdi. 
— Mendan xafa bo‘lmang, kutilmaganda oyoq ostidan chiqib qolaman. 
— Unday demang. To‘g‘risini aytsam... kutayotgan edim. 
— Tushungizga kirdimmi? 
— Yo‘q... Nima uchundir ko‘rgim kelayotgandi. 
— Nima uchundir? 
— Ha... Ba’zan shunday bo‘ladi. 
— Shu yerda o‘tiraveramizmi? 
— Istasangiz... Yo‘q... Lutfingizni darig‘ tutmay biz g‘aribning kulbasini poyi 
qadamingiz bilan yorug‘ etsangiz boshimiz osmonga yetardi... 


Davron (qissa). Tohir Malik 

Download 233.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling