Microsoft Word davron ziyouz com doc


Download 233.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet34/42
Sana02.01.2023
Hajmi233.92 Kb.
#1074953
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   42
Bog'liq
davron ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
34
Homidbek otini ko‘chada qoldirib etigining changini qoqqan bo‘ldi-da, ichkari kirdi. 
Salomlashib, so‘rining poygakroq yeridan joy oldi. 
— Ertaga uloq bo‘lishini eshitdingmi? — deb so‘radi Yigitali aka. 
— Ha, — dedi Homidbek. 
Nima uchundir suhbat qovushmadi. Bundan ko‘proq Davron o‘ng‘aysizlandi. Baxtiga 
Homidbek uzoq o‘tirmadi. Bir piyola choy ichgach, ketishga ruxsat so‘radi. Yigitali aka 
uni kuzatib qo‘ydi. Lekin «Ertaga so‘nggi marta uloqqa chiqaman, menga yaqinroq yur, 
kerak bo‘lsa, yordamlash», deyishga tili bormadi. Xayrlashar chog‘i faqat «Ertaroq kel», 
deb qo‘ya qoldi. 
Homidbekning gapi ham ichida ketdi. U Yigitali akanikiga temir yo‘lning naryog‘idagi 
fermadan kelgan edi. Uning bu fermaga serqatnovligi, keyingi oylarda yigitning oromi 
buzilgani Yigitali akaga ma’lum. Homidbek maslahat solganda «O‘zingga yoqsa bo‘ldi-
da», degan. 
Qiz-ku Homidbekka yoqadi-ya, lekin Homidbek qizga yoqmasa-chi? Unda nima 
bo‘ladi? Homidbek ko‘proq shundan xavfda edi. Mana bugun ham shartta-shartta 
gaplashgani bordi. Lekin har galgiday gapirolmadi. Yonida jimgina yuraverdi. Oxiri: 
— Ertaga kunduzi bo‘shmisiz? — deb so‘radi. 
— Nimaydi? — dedi qiz unga savol nazari bilan boqib. 
— Uloqqa kelasizmi, demoqchi edim. 
— Kelsam kelaveraman. Siz ham chopasizmi? 
— Ha. 
— Hech yutganmisiz? 
— ...Yo‘q. 
Qiz kuldi. Homidbek o‘ng‘aysizlandi... 
— Eski paytlar bo‘lganda uylanolmay o‘tib ketarkansiz. 
Homidbek «nimaga?» demoqchi bo‘ldi-yu, o‘zini tutdi. Qizning gapidan achchiqlandi. 
Ammo qiz buni sezmay gapini davom qildi: 
— Rais buva xotinlarini uloqda yutgan ekanlar, shu rostmi? 
— Bilmadim. 
— Xosiyat xola o‘sha paytda juda chiroyli bo‘lgan ekanlar. Hadeb sovchilar 
bosavergach, «Kim uloqda zo‘r kelsa, o‘shanga chiqaman», deptilar. Yigitali aka yutib 
chiqibdilar. Qiziq, ertakka o‘xshaydi, a? 
— Odamlar to‘qigan gap bu. 
— Bari bir Xosiyat xola to‘g‘ri ish qilgan ekanlar. Yigitali aka rais bo‘lmay turib ham u 
kishini hamma hurmat qilardi. 
— Ertaga rais buva ham tushadilar. 
— Rostdanmi? Unday bo‘lsa boraman. 
Homidbek har gal qiz bilan xayrlashganda yuragida bir cho‘g‘ qolganday bo‘lardi. Bu 
gal cho‘g‘ o‘rnini sovuq bir narsa egalladi. Qizning bu gaplari uning izzat-nafsiga tegib 
o‘ch olishga — o‘zini ko‘rsatishga undadi. U faqat uloqdagina o‘zini ko‘rsatishi mumkin 
edi. «Ertaga qanday bo‘lmasin uloqni yutishim kerak. Keyin o‘zi yalinib keladi. Xosiyat 
xolaning yoshligini nimaga esladi? Yo menga shartini shama qildimi? Qizlar ayyor bo‘ladi. 
Lekin bari bir men o‘zimni ko‘rsatib qo‘yaman. Yigitali akaga aytaman. «Menga yaqinroq 
bo‘ling, yordam bering, albatta yutishim kerak», deyman. Ustam-ku, yordam beradi...» 
Homidbek raisning uyiga kirib mehmon borligini ko‘rgach, bu gaplarni aytolmasligini 
sezdi. Xayrlashuv chog‘ida raisning «Ertaroq kel», deganiga «Xo‘p, uyingizga kirib 
o‘taman», deb otga mindi-da, yo‘rttirib ketdi. 
* * * 


Davron (qissa). Tohir Malik 

Download 233.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling