Microsoft Word davron ziyouz com doc
Download 233.92 Kb. Pdf ko'rish
|
davron ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
33 Xosiyat xola ovqatni suzib keldi. Yigitali aka uloq haqida bo‘lak gap aytmadi. Qosh qoraygach, Xosiyat xola ro‘paradagi deraza pardasini ko‘tarib televizor qo‘ydi. Sochini beo‘xshov turmaklagan qizni ko‘rdi-yu, qarg‘anib, murvatni burab, bo‘lak tasvirga oldi. Bunisi ham yoqmagach, «shiq» etib o‘chirib qo‘ydi. — Ha, nimaga o‘chirding? — dedi Yigitali aka televizorning pardasini tushirayotgan xotiniga. — O‘la qolsin, ko‘radig‘on narsa yo‘q. Gapirishgani-gapirishgan. — Senga hadeganda o‘yinu ashula bo‘lsa... — Gap kerak bo‘lsa, qo‘yib ko‘ravering. Xosiyat xola shunday deb so‘riga keldi-da, omonat o‘tirdi. Ko‘rinishidan choli bilan urishib onasinikiga ketadiganday edi. «Qarigan sari fe’li nozik bo‘lib ketyapti, — o‘yladi Yigitali aka. — Mehmon bor ham demaydi. Yoshligida sho‘x edi, ko‘nglida kir to‘planmasdi. O‘zi xotin kishi qarimasin ekan. Oldinlari uloqning daragini eshitsa, narsalarni o‘zi tayyorlab qo‘yardi. Otchoparga borib tomosha qilishni qo‘ymasdi. Tomosha qayda! U boshqa xotinlar oldida maqtangani borardi. Eri uloqda tengi yo‘q chavandoz bo‘ladi-yu, maqtanmaydimi? O‘sha damlar o‘tib ketdi-da! Bu xotin nimaga aynib qol- di-a? Rais bo‘la turib uloq chopishimdan or qilyaptimi? Buning nimasi uyat? Nima, rais odam emasmi? Hamisha chetda, o‘zini boshqalardan yuqori olib yuraverish kerakmi? Yoki men qaridimmi? Menga achinyaptimi? Yo‘g‘-e, qarish yoshga qaraydimi, kuchgami? Ilgarilari boshqacha edi... Uning o‘tirishini qara, yulishga chog‘langan mushukka o‘xshaydi-ya! Uloqqa chiqishimdan norozi. Ertaga uloqqa so‘nggi marta chiqaman. Buni hech kim bilmaydi. Bilmagani ham durust. Yo‘qsa, iltifot qilishi mumkin. Yo‘q. menga iltifot kerakmas. Sovrinni o‘z kuchim bilan olaman. Ha, hali uloqda mendan ustun keladigani yo‘q. Yana besh-o‘n yil ot choptirishim mumkin. Lekin izzat borida etakni yopgan ham ma’qul. Ertaga sovrinni olaman-u: «Birodarlar, endigi uloq yoshlarniki, bizga uzr», deyman. Ertaga Homidbek yonimda tursa, ko‘nglimni to‘q tutardim. Yordamga muhtoj bo‘lmasman-ku, har holda yonimda ot choptirsa mador bo‘ladi. Ammo bu bola ancha pishiq chiqdi, otasiga o‘xshamaydi. Otasi birovning haqqini yeb o‘rgangan. Faqat yulishni biladi. Bu bola boshqacha. Otchoparning oldi yigiti shu bo‘ladi. Sovrinni olib, hammaning oldida shu bolaga topshiraman. «Homidbek ot o‘ynatsa, Yigitali uloqqa kelibdi, deyaveringlar», deyman. Mening shogirdimni hamma bilib qo‘ysin. Ie, bu bola tushmagurning uloqdan xabari bormikin? Aytishganmikin? Kelib ketay ham demaydi... Yo ertalab kelarmikin? Har holda «Menga yaqinroq bo‘l» deb qo‘yishim kerak... Kampir juda shumshayib oldi-yu...» Yigitali aka shularni xayoldan o‘tkazib kampirini gapga solmoqchi bo‘ldi: — Davronbek ishlarini chala tashlab ketmoqchi ekanlar, bazo‘r olib qolyapmiz. kolxozning hisobidan bo‘lsa ham ishni davom ettiring, deb iltimos qildik, — dedi u salmoqlab. — Ajab bo‘libdi, — dedi Xosiyat xola bu gapdan quvonganday chehrasi ochilib. — Akangizning so‘zlarini yerda qoldirmay yaxshi qilibsiz. Biron yil birga yursangiz sizni ham otga mingazib uloqchilarning to‘dasiga qo‘shib qo‘yadilar. — Bo‘lmasam-chi! — dedi Yigitali aka kerilgansimon ohangda, — Endigi uloq yoshlarniki-da! — Nechuk? — dedi Xosiyat xola piching bilan uning so‘zini bo‘lib. — E, o‘rtoq xotinxo‘ja, chiqmagan jondan umid. Biz ham kuch sinashib qolaylik. Bo‘lmasa, ko‘rgan odam qarilikni bo‘yniga olibdi, deb xayol qilishi mumkin. — Qarang, Homidbegingizmi? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling