Microsoft Word davron ziyouz com doc


Download 233.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet36/42
Sana02.01.2023
Hajmi233.92 Kb.
#1074953
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   42
Bog'liq
davron ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
36
Rais engashib tugunni xotinining qo‘lidan oldi-da, otni orqaga burdi. Xosiyat xola 
«Yana hayallamang», deganicha qoldi. 
Rais Homidbekning eshigiga kelib ham otdan tushmadi. Qamchining dastasi bilan 
eshikni taqillatdi. Yigitning otasi chiqib odaticha tilla tishlarini ko‘rsatib kuldi-da, 
yoqimsiz bir mulozamat bilan ichkariga taklif qildi. Rais qulluq qilib tugunni uzatdi. 
— Nima bu? 
— O‘g‘lingizning mukofoti. Uloqda yutdi. 
— O‘zi qani? 
— Kelib qolar. Buni dadamga berib qo‘ying, dedi. 
— Obbo azamat-e, yutibdi-da, a? Sizning sabog‘ingizni olgan-da. Shu bola ancha 
pishiq chiqdi, a? Nima deysiz? 
Rais bosh irg‘ab tasdiq ishorasini qildi-da, tizginni tortdi. Uyga qaytsa Xosiyat xola 
Davron bilan ostonada turgan ekan. Holsiz bir ahvolda otdan tushib jilovni xotiniga 
tutqazdi. 
Ketib qolganingizni sezmabman, — dedi Davron aybona ohangda. — Sayilga 
qaytarsiz, devdim. 
— Ha... bir oz horibman shekilli. Qarilik-da. Tuzuk o‘tdimi ishqilib? 
— Ha, dehqonlarning boshi osmonda. Faqat ko‘rinmay qolganingizga ajablanishdi. 
So‘raganlarga partkom: «Toblari qochibdi», dedi. 
— To‘g‘ri aytibdi. 
Yigitali akaning suhbatga ra’yi yo‘q edi. Avval partkom, keyin yana bir-ikki yo‘qlovchi 
kelib ketdi. Raisning ruhiyati, darhaqiqat, bemornikiday edi. Shuning uchun ular uzoq 
ushlanishmadi. Davron ham uni ko‘p gapga tutmadi. Yotar mahallalari Yigitali akaning 
ko‘zi ichkarida sandiq ochayotgan xotiniga tushdi. 
— Solmay tur. Hosil bayramida asqotadi. Endigisi — so‘nggisi. Aytganingday, 
qaribman... 
Xotin eriga achinish bilan qarab qoldi. Davron «Yutolmaganlari uchun kayfiyatlari yo‘q 
ekan-da» degan qarorga keldi. Ammo voqeaning mohiyatiga tushunib yetmadi. Tushuna 
olmasdi ham. Uloqni chetdan kuzatgan odam shu dovyuraklar bellashuvida ham 
nohaqlik, nayrang bo‘lishini sira o‘ylamaydi. 
Saharda Davron Yigitali akaning yo‘talidan uyg‘onib ketdi. 
— Ie, uyquning zavoli bo‘ldim-ku, — dedi u xijolat tortib. — Hushingiz kelsa, men 
bilan yuring. Dala aylanamiz. Yo‘l-yo‘lakay sizbop ish ham topilib qolar. 
Peshindan so‘ng Davron barcha qatori terimga safarbar etildi. Rais «Plan to‘lgan 
kuniyoq beshta hasharchi bilan ish boshlaysiz», deb uning ko‘nglini to‘q qildi. Ish uzoq 
kuttirmadi. Havo yaxshi kelib majburiyat tez kunda bajarildi. Davronning taklifi bilan 
kattalar emas, maktabning yuqori sinf o‘quvchilari hasharga navbatma-navbat 
boradigan bo‘lishdi. 
* * * 
Aksiga olib bu yilgi bahor sog‘intirib keldi. Hamal yarimlab qolsa hamki, havoning 
avzoyi ochilmadi. Kuzakdagi ishlar esa ko‘ngildagiday bo‘lmadi. Davronning 
yordamchilari — yuqori sinf o‘quvchilari ishlash o‘rniga uni tinimsiz so‘roqqa tutishardi. 
Ularni har bir narsa — shu yerdan topilgan sopol parchasidan tortib, Afrikadagi 
ekspeditsiyalarning taqdirigacha qiziqtirardi. Tashqaridan qaragan kishi bu 
o‘quvchilarning barchasi arxeologiyaga qattiq mehr bog‘lagan, maktabni tugatgach 
albatta shu sohaga bog‘lanadilar, deyishi mumkin edi. Davron ularga javob qaytarishdan 
erinmasdi, ishning mo‘ljaldagiday bo‘lmayotganidan ham kuyunmasdi. U bolalar bilan 


Davron (qissa). Tohir Malik 

Download 233.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling