Microsoft Word davron ziyouz com doc


Download 233.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet32/42
Sana02.01.2023
Hajmi233.92 Kb.
#1074953
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   42
Bog'liq
davron ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
32
— Yo‘q, buning uchun emas. Istasangiz muallimlik qiling, balki madaniyat uyimizni 
berarmiz. Ko‘p bo‘lmasa ham ikki-uch hasharchi bilan ta’minlashni bo‘ynimga olaman, 
kelishdikmi? 
— Kelishmagan odam — nomard. Ammo bir narsaga tushunmayroq qoldim. 
— Bir emas, ko‘p narsaga tushunmaysiz. O‘ydim-chuqur qilib yuborgan yeringiz necha 
gektar, bilasizmi? Ishingiz qancha tez tugasa, kolxozga shuncha foyda. 
— Agar o‘sha yerdan shahar chiqib qolsa-chi? 
— Nima bo‘pti? 
— Uni qaytib ko‘mib yubora olmaymiz-ku? Nodir tarixiy muzey ustiga tuproq tortib 
paxta ekishga qo‘lingiz bormas? 
— Agar shahar topilsa, yana ham yaxshi. Muzey bo‘lsa nur ustiga a’lo nur. Muzeyning 
kolxozga nafi tegmaydi, deysizmi? Naf deganda faqat pulni emas, ma’naviy boylikni ham 
hisobga oling-da! 
Davronning ko‘ngliga chiroq yoqilganday bo‘ldi. Raisning qo‘lini mahkam qisdi. 
Hovliga kirishganda Xosiyat xola oftobning kuchsiz nuriga orqa qilib o‘tirgan edi. 
Mehmonni ko‘rgach, tizzasiga tiralganicha o‘rnidan turib so‘rashdi-da, so‘riga boshladi. 
Mehmon joylashib o‘tirgach, Yigitali aka «Picha o‘tira turing», deb otxona tomonga 
yurdi. Hadeb ochilib-yopilaverib pastki tomoni yer chizadigan bo‘lib qolgan omonat eshik 
xunuk g‘ijirladi. Ichkaridan otning pishqirishi, keyin unga urilgan shapatining, so‘ng 
Yigitali akaning «Ha, jonivor, tek, tek», degan ovozi keldi. Xosiyat xola: «Aybga 
buyurmaysiz o‘g‘lim», dedi-da, tizzasini ushlagancha asta o‘rnidan turib olgach, ochiq 
bostirma tomonga qarab yurdi. Tandir yoniga uyib qo‘yilgan g‘o‘zapoyadan bir tutam 
olib qirs-qirs sindirgach o‘choqqa tashladi. Hali eski cho‘g‘lar o‘chib ulgurmagan o‘choqda 
g‘o‘zapoya bir oz tutab turdi-yu, keyin alanga oldi. Otxonaning eshigi yana g‘ijirladi. 
Ovqatning tuzini totayotgan Xosiyat xola eriga qaradi: 
— Muncha hayallamasangiz, sho‘rva bo‘tqaga aylanib ketdi-ku. O‘g‘lingiz bola-
chaqamni olib kelay, deb qudangiznikiga ketganicha daragi yo‘q. Ota-bolani kutib kunim 
o‘taverar ekan-da, a? 
— Idorada Shonazar, Mamayusuf, Abulatiflar yig‘ilib o‘tirishgan ekan. Pichi hangoma 
qildik. 
— Hangomangiz ham qursin. Uchta erkak yig‘ilsa xotinlardan battar ezma bo‘lib 
ketadi rasmi... 
— Ezmalikda uloq xotinlarda ketgan. To‘rttagina gapimiz ham ezma bo‘ldimi? Biz 
gapirsak ishdan gapiramiz. Ertaga terimni boshlamay turib paxta bayrami qilmoqchimiz. 
— Endi bunaqasiga o‘tibsizlar-da, paxta bayrami terimdan so‘ng bo‘lardi-ku? 
Terimni yaxshi niyat bilan, yaxshi kayfiyat bilan boshlash kerak. Shunda xirmon 
katta bo‘ladi. Kolxozning beli baquvvat, terimdan keyin ham bayramga kuchi yetadi. 
— Ko‘ngilga sig‘sa har kuni bayram qiling, menga nima? 
— Ovqatdan keyin eski chopon bilan shimni olib qo‘yishni unutma. 
— Nima? 
— Telpakni ham. 
Yigitali aka Davronning yoniga qaytdi. Xosiyat xolaning qoshiq ushlagan qo‘li muallaq 
turib qoldi. «Rais bo‘lib ham esini yig‘ishtirmabdi. Ikki yil burun-ku, oyog‘i sinib qancha 
azob chekdi. O‘zigina azob cheksa mayliga-ya, meni qancha qiynadi. Bari bir adabini 
yemabdi. Oyog‘ida hali ham og‘riq bor-u, sezdirmaydi. Endi uloq chopmasa kimning 
ko‘ngli qolarkan? Yoshligida boshqa gap. Qamchi o‘ynatib ot choptirishni o‘zim ham 
yaxshi ko‘rardim. Dovyurakligi yoqib qolmaganda, bu uloq jinnisiga u dunyo-bu dunyo 
turmushga chiqmasdim. Yo‘q unga bir balo bo‘lgan. Yo gap talashgan, yo kerilib 
qo‘ygan... Raisning uloq chopishi quyushqonga sig‘adigan gapmi?..» 


Davron (qissa). Tohir Malik 

Download 233.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling