Microsoft Word davron ziyouz com doc


Download 233.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet35/42
Sana02.01.2023
Hajmi233.92 Kb.
#1074953
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   42
Bog'liq
davron ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
35
Chavandozlar temir yo‘lga taqalgan katta maydonga to‘plandilar. Ularning aksari 
to‘pga yaqinlashgan Yigitali aka bilan quyuq so‘rashdi. To‘dada «Rais buva ham 
tusharmishmi?» degan shivir-shivir boshlandi. 
Solimchi ichiga tuz to‘ldirilgan echki tulupini o‘rtaga tashladi. Maydonni 
chavandozlarning qiyqirig‘i bosdi. Uloq yerdan uzildi. Bir necha uloqchi to‘pdan ajralib 
otni surdi. Shundagina Yigitali aka otiga qarsillatib bir-ikki qamchi bosdi. Ot dupurlari 
orasida uning «Ol, ha, ol!» degan qichqirig‘i eshitildi. Uloqni taqimiga bosgan otliqqa 
yaqinlashganda qamchinni og‘ziga olib engashdi. Tizginni bir qo‘li bilan ushlab, bir qo‘lini 
uloq sari cho‘zdi. Bu orada otliqlar ko‘ndalang bo‘lib ularning oldini to‘sdi. Orqadagi 
dupurlar ham yaqinlashdi. Vaqt boy berilishi mumkinligini sezgan Yigitali aka tizginni 
qo‘yib yuborib, ikkala qo‘li bilan uloqqa yopishdi-da, siltab tortdi. Ololmadi. Yana tortdi. 
Shu paytda kimdir uning otini qamchiladi. Ot o‘zini yonga oldi. Rais uloqni qo‘yib 
yubormay yana siltadi. Otliqlar qiyqirishib ularni o‘ray boshladilar. Yigitali aka bu gal 
juda keskin siltab uloqni tortib oldi-da, otni niqtadi. Ot tezlashdi. Rais uloqni taqimiga 
bosib, qo‘liga qamchi oldi. «Ol, ha, ol» deb qichqirdi. U qamchi bilan goh otning u 
sag‘risiga, goh bu sag‘risiga qarsillatib urar, bu bilan u yaqinlashmoqchi bo‘lgan 
chavandozlarni o‘zidan bezitib turardi. Shunda ham bir-ikki dovyuraklar uloqqa chang 
solishdi... 
Yo‘lning yarmi o‘tilganda to‘dada faqat o‘ttiz chog‘li chavandoz qoldi. Ko‘pchilik 
ularning yo‘lini to‘sish maqsadida to‘xtab, o‘zlariga qulay joylarni tanlab turdilar. Rais 
otga qamchi urayotgan paytlarida yon-atrofiga qarab, nimagadir Homidbekni ko‘rmadi. 
«Yo‘l poylayapti, shekilli», deb achchiqlanib qo‘ydi. U yoshligidan yo‘l poylovchilarni 
yoqtirmaydi. «Halol uloqchi pakkadan marragacha kurashishi kerak. Tayyorini tortib 
olish nomardning ishi» deb Homidbekka necha aytgan edi. 
Chavandozlar marraga yaqinlashganlarida to‘da yana quyuqlashdi. «Iyuv, iyuv!», 
«Ol!», «Bos!» degan qichqiriqlar, otlarning pishqirishlari kuchaydi. Ayniqsa marra 
atrofida oyoq qo‘ygani joy topilmadi. Chavandozlar to‘dasi ko‘lanka singari chayqalar, 
otlar og‘zidan oppoq ko‘pik sochar, qamchilar sharaqlar, qiyqiriq bir zum tinmasdi. 
Raisning yo‘li butkul to‘silgan, ot faqat burnini kerib pishqirar, sakrashga chog‘lanardi. 
Bir necha qo‘l baravariga uloqqa yopishar, lekin Yigitali aka taqimini bo‘shatmasdi. 
Uloqning bir qo‘l, bir oyog‘i allaqachon yulib olingan, ushlab tortish anchayin 
qiyinlashgan edi. Rais bu ahvolda o‘tib bo‘lmasligini bilib otni qaytardi. To‘da soya 
singari unga ergashib ancha siyraklashdi. Yigitali aka to‘dadan ajralib otni temir yo‘l 
tomonga burdi. Keyin yana orqaga qaytdi. Uni yana o‘rab ola boshladilar. Marraga 
yaqinlashganda kimdir yana uning otini qamchiladi. Yuziga ko‘zi aralash bir narsa «shilt» 
urilib, u jon achchig‘ida ingradi. Birdan bo‘shashib, oyog‘idan kuch ketdi. Kimdir bir 
siltab uloqni tortib oldi. Shundan keyingina rais uloqni taqimiga bosib ot qamchilayotgan 
Homidbekni ko‘rdi. «Yaxshi, endi undan o‘zim olaman», deb ot surmoqchi bo‘ldi. Ammo 
uni yaqinlashtirmadilar. Marraga juda oz masofa qolgan, u shoshilar, lekin harakati 
foydasiz edi. Chavandozlar bir qiyqirishdi-yu, jim qolishdi. Uloq solimchining oyog‘i 
ostiga tashlangan edi. Rais g‘olibning kimligini dastlab bilmadi. Otliqlar asta tarqalishdi. 
Solimchi Homidbekka to‘n kiygazayotganda rais g‘alati bo‘lib ketdi. Otni burib yengil 
qamchi urdi. Oyog‘ining zirqirab og‘rishiga, qamchin zahridan yuzining lovillashiga ham 
e’tibor bermay otni o‘z holiga qo‘ydi. Qaerlarda yurganini, nimalarni o‘ylaganini o‘zi ham 
tuzuk-quruq bilmadi. Bir payt qarasa, ot bo‘ynini xam qilgancha hovlisiga kirib boryapti. 
Eshik oldida Xosiyat xola. Qo‘lida tugun. 
— U nima? — dedi Yigitali aka otdan tushmay. 
— Homidbegingiz tashlab ketdi, mukofotingiz emish. 


Davron (qissa). Tohir Malik 

Download 233.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling