Microsoft Word davron ziyouz com doc


Download 233.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet38/42
Sana02.01.2023
Hajmi233.92 Kb.
#1074953
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
Bog'liq
davron ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
38
— Durust. Bu yerlarda bekor yurmay, chiroyli so‘zlashni o‘rganibsiz. Bunday chuchmal 
taklif yoqmasa ham «lutfimni darig‘ tutmayman». 
— Sizga tushunish qiyin. O‘zi sizga nima yoqadi-a? 
— Ko‘p narsa emas. Ketdikmi? Raisni ishdan qo‘ymaylik. 
Davron raisni qo‘shni xonadan topib, ketishayotganini, Mahbubaning kim ekanini 
qisqa qilib aytdi-da, tashqariga chiqdi. Ikkovlari qorli so‘qmoqdan yurib ketdilar. Davron 
yolg‘iz o‘g‘li shaharga ko‘chib ketgan bir kampirnikida yashayotgan edi. Kampir uyida 
kamdan-kam bo‘lar, ko‘p vaqti shaharda, o‘g‘linikida o‘tardi. Qish chillasi boshlangandan 
beri qishloqqa qadam qo‘ygani yo‘q. Mahbuba bundan, albatta bexabar edi. Ko‘cha 
eshigining qulflog‘lik ekanidan ajablandi. Ammo buni Davronga sezdirmadi. 
Uy ichi issiq, saranjom-sarishta edi. Davron yoshligidan ko‘p ishni o‘zi bajarishga 
ko‘nikkan edi. Onasi daladan horib qaytgan kezlari uy yumushlarini o‘zi qilardi. 
Davron kira solib oshga unnadi. Mahbuba yengini shimarib unga ko‘maklashdi. 
— D’Artanyan qalay, yaxshi yuribdimi? — deb so‘radi Davron piyoz to‘g‘ray turib. 
— Ha, ancha esi kirib qoldi. D’Artanyanni unutib ham qo‘ydi. 
— Unutgani yomonmi? 
— Mahbuba yelka qisib bir oz jim qoldi. 
— Kim biladi, balki yaxshidir. Haqiqiy hayot bilan orzuning mutanosib emasligini 
vaqtida anglagani durust. Bo‘lmasa umrining oxirigacha adashib yuradi. 
— Unda nimaga achinyapsiz? O‘zingiz shunday bo‘lishini istardingiz-ku? 
— Ha... lekin... bolaning surur bilan erta xayrlashishi ham to‘g‘ri emas, shekilli. 
— Endi «d’Artanyan kelmaydi» deganingizga afsuslanyapsizmi? 
Mahbuba Davronga yalt etib qaradi. U kosa tagida nim kosa borligini fahmladi. 
Shuning uchun o‘zini eshitmaganga soldi. Davron savolni boshqa qaytarmadi. Shundan 
so‘ng osh pishib, yeb bo‘lgunlaricha ham gaplari uncha qovushmadi. Biriga birining so‘zi 
ilmoqliday bo‘lib tuyulaverdi. 
— Shaharga qachon qaytasiz? — deb so‘radi Mahbuba choy ichib o‘tirishgan paytda. 
— Qaytib nima qilaman? — dedi Davron piyolani qo‘yib. U shunday savolni oldindan 
kutgan, tayin javob ham tayyorlab qo‘ygan edi. 
— Har holda... egilgan boshni qilich kesmaydi. 
— «Agar bosh haqiqat oldida egilsa», desangiz to‘g‘riroq bo‘lardi. 
— Balki siz uni to‘g‘ri tushunmagandirsiz? 
— Nima, men yosh bolamanmi? 
— Uning asl maqsadi o‘zingizga ham qorong‘i-ku? 
— To‘g‘ri, qorong‘i. Ammo eng muhim bir narsani aniq bilaman. 
— Nimani? 
— Uning ablah ekanini. 
— Isbot? 
— Mening bu yerda yurganim kammi? 
— Albatta. 
— Sizga tushuna olmayapman. Siz o‘sha ablahning advokati emasmisiz? 
— Biz do‘stona suhbatlashyapmiz, shekilli? Nimaga asabiylashyapsiz? 
— Kechiring, Mahbubaxon, o‘sha esimga tushsa o‘zimni tuta olmay qolyapman. 
— Bo‘lmasa bu haqda gaplashmaymiz. 
Suhbat boshqa mavzuga ko‘chgani bilan gap aylanib Davronning ishga qaytishi 
masalasiga taqalaverdi. Rais oqshomda kirib o‘taman, degan edi. Aksiga olib daragi 
yo‘q. Tezroq kelsa, Davron o‘ziga xos bu «sud jarayonidan» qutular edi. Yigitali aka 
qorong‘i tushganda ham kelmadi. Mahbuba og‘zini to‘sib, esnog‘ini bir-ikki qaytardi. 
— Charchabsiz, dam oling, — dedi Davron o‘rnidan qo‘zg‘alib. 


Davron (qissa). Tohir Malik 

Download 233.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling