Microsoft Word davron ziyouz com doc


Download 233.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet40/42
Sana02.01.2023
Hajmi233.92 Kb.
#1074953
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
Bog'liq
davron ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
40
* * * 
Davronning ketishiga yo‘l qo‘yishmadi. O‘quv yili tugaguncha qolishga majbur bo‘ldi. 
Davron bu zaylda ishni davom ettira olmasligini anglagach, institutga qaytishga, kerak 
bo‘lsa akademiya rahbarlariga uchrashishga, kurashdan bo‘yin tovlamay, fikrini, 
farazlarining to‘g‘riligini isbotlashga ahd qildi. Mahbuba ketar mahali qishloqqa kelish 
istagini ma’lum qilgan edi. Yana qarori qat’iylashmasin, deb «shaharga 
qaytmoqchiman», degan mazmunda xat yubordi. Oradan to‘rt kun o‘tmay «Xayriyat 
d’Artanyan bor ekan», degan telegramma oldi. Mahbuba bu telegrammasi bilan unga 
qo‘sh qanot baxsh etdi. U endi kunlarning tezroq o‘tishiga orzumand edi. Kunlar esa 
aksiga olganday imillab o‘tardi. Imtihonlarga tayyorgarlik qizigan chog‘da Niyoz 
boshchiligidagi ekspeditsiyaning ish boshlaganini eshitib hayratdan dong qotdi. «Niyoz 
boshchiligida! Ekspeditsiya kelishiga amin edim, ammo bu oliftaning rahbar bo‘lishi 
tushimga ham kirmabdi, — deb o‘yladi u. — Niyoz nima uchun bu ishga qo‘l urdi? 
To‘g‘rirog‘i, nima uchun tog‘a jiyanini bu ishga jalb etdi? Kechagina umidsiz, kelajaksiz 
ish, deb ikki oyoqni bir etikka tiqayotgan edi-ku? Demak, dotsent Bekmirzaevning 
taxminlariga o‘zi ham ishonar ekan-da?!» 
Davron kalavaning uchini topganday bo‘lib benihoya bo‘g‘ildi. Shu zahoti borib 
Niyozning yoqasidan olmoqchi, institutga xat ham yozib yubormoqchi bo‘ldi. Keyin har 
bir harakatining shuhratparastlikka yo‘yilajagini anglab, «Shularning oldida past 
kelamanmi», deb o‘zini bosdi. Qazilayotgan yerlarga yaqin bormaslikka ahd qildi. Ammo 
qarorida tura olmadi. Hafta o‘tmay, beixtiyor «Niyoz rahbarligida» ishlayotgan 
arxeologlar tomonga qarab ketdi. 
Pastda ivirsib yurgan besh-olti odam orasida Niyoz ko‘rinmadi. Yarim yalang‘och bo‘lib 
olgan yigitlarning ikkitasi sigaret tutatib gurung qilar, qolganlari hafsalasizlik bilan yer 
qirtishlardi. Davron ularning harakatini ko‘rib g‘ijindi. Chodir tomonga yo‘naldi. Niyoz 
chodirning soya tomonidagi yig‘ma karavotda uxlab yotgan edi. Davron unga bir oz 
qarab turdi-da, orqasiga qaytmoqchi bo‘ldi. Shu topda Niyoz ko‘zini ochdi. Avval hayron 
bo‘lganday ko‘zlarini pirpiratdi. Keyin irg‘ib o‘rnidan turdi-da, quchoq ochib borib Davron 
bilan ko‘rishdi. 
— Qaysi shamol uchirdi? Dom-daraksiz ketding-ku? Shunaqa ham bo‘ladimi? Uyingga 
uch-to‘rt bordim. Eshiging taqa-taq berk. 
— Buni qara-ya, ancha urinibsan-da, a? 
— Xafa bo‘lishingni bilardim. Lekin menda ayb yo‘q. Rostdan ham seni ishga chaqirib 
bu yerga yuborishmoqchi edi. Lekin noilojlikdan... Bunaqa ishlarga toqatim yo‘qligini 
bilasan-ku... 
— Meni chindan qidirdilaringmi? 
— Ie, seni aldagan yerim bormidi? 
— Mana, men topildim. 
— Ayni muddao! 
— Endi nima qilamiz? 
— Tushunmadim? 
— Joyingni bo‘shatib ber. 
— Hazillashyapsanmi? 
— Yo‘q. 
— Marhamat... Men jon-jon deyman... Lekin... 
— Unda ekspeditsiyangga oddiy ishchi qilib ola qol. 
— Qo‘ysang-chi, seni jizzaki deb yursam, hazilni ham bilar ekansan-a? 
— Hazillashayotganim yo‘q. 


Davron (qissa). Tohir Malik 

Download 233.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling