Microsoft Word davron ziyouz com doc
Download 233.92 Kb. Pdf ko'rish
|
davron ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
30 to‘g‘ri. Erkak kishining ayol oldida nochor ahvolda mung‘ayib o‘tirishi darhaqiqat uyat. Davronni bu noqulay ahvoldan Mahbubaning o‘zi qutqardi. — Qilayotgan ishingizning to‘g‘riligiga ishonchingiz komilmi? — dedi. — Ha. — Unda chekinmang, bo‘sh kelmang. — Bilaman! Chekinmoqchi emasman! Yig‘lamsirayotganim ham yo‘q! Men bu ishni oxiriga yetkazmay qo‘ymayman! Davronning kun bo‘yi yig‘ilib qolgan dardi baqiriqqa aylanib yuzaga chiqdi. Beayb ayolga baqirishning noo‘rinligini bilsa ham o‘zini tuta olmadi. Mahbuba uning gaplarini indamay eshitdi. Davron jim bo‘lgach, o‘rnidan turdi. — Mahbuba, kechiring, o‘zimni tutolmadim, — dedi Davron uning yo‘lini to‘sib. — Xafa bo‘lganim yo‘q. Uyga barvaqtroq qaytishim kerak. O‘g‘lim betob. — U shunday deb Davronni chetlab o‘tdi. — Umuman erkak kishining baqirib turishi ham yaxshi. Lekin besabab baqirish uning johilligini fosh qilib qo‘yishi mumkin. Mahbuba eshikni ohista yopdi. Biroq Davronning nazarida, eshik juda qattiq yopilganday, uy titrab ketganday bo‘ldi. Bu kech mutlaqo uxlay olmadi. Avvaliga bo‘lib o‘tgan voqealarni aql tarozusiga bir-bir qo‘yib chiqdi. Boshi yostiqqa tegishi bilan qulog‘i shang‘illadi. Keyin hushtak, so‘ng eshikning g‘ijirlashini eslatuvchi ovoz. Yurakning tez-tez urishi... Bu safar vahima bilan turib ketdi. Chiroqni yoqdi. Ko‘zguga qaradi: xiyol qisiq ko‘zlari qizarib ketgan, tepaga taraluvchi sochlari parishon. Ozganga o‘xshaydi. Yonoq suyaklari bo‘rtib qolibdi. Go‘yo ko‘zgudan unga yassibosh odam qaraganday bo‘ldi. Davron seskanib hovliga chiqib ketdi. U hovlidagi so‘riga suyanib ochiq eshikka tikilib turdi. «Kim bu o‘zi? Nima uchun ta’qib qilyapti? Nima uchun men g‘alati voqealar domiga tortilyapman? Allaqanday yassibosh uch barmoqli odamlar... Tush ko‘ryapmanmi? Axir bu tez-tez takrorlanyapti- ku! Bugun uchinchi marta ko‘rinishi. Asablarim charchaganmi? Yo ruhiy kasalga chalindimmi? Ichkilikka berilgan odamlarni sharpalar ta’qib qiladi, deyishadi. Balki men ham. Axir, men ko‘p ichmayman-ku...» Yo‘q, Davron ruhiy kasalga chalinmagan edi. Uni sharpa ta’qib etmasdi. Uning ko‘ziga Nig ko‘rinayotgan edi. Tabiatda hech narsa izsiz yo‘qolmaydi. Bundan necha asrlar muqaddam Yerga kelib ketgan Nig atmosferaning hali odamzodga noma’lum zarralarida yashab yurardi. Yerni o‘rganish maqsadida, sayyoraning bir nuqtasiga qadalib qolgan asboblar hanuz ishlab turar, u o‘zining to‘lqinlari bilan Davronning miya to‘qimalariga ta’sir etib qo‘ygan edi. Bu o‘zgarish dotsent Bekmirzaevda ham sodir bo‘lgan, ammo bevaqt o‘lim uni kelgusi sinovlardan mahrum qilgan edi. Yozyovondagi qazilmalarda tanaffussiz ishlayotgan Davron Unetdan kelayotgan to‘lqinlar domiga tobora chirmashar, tabiiyki, buni o‘zi sezmas edi. U ochiq eshikka uzoq tikilib turdi. Yurak urishi mo‘’tadillashgach, ozgina xavotir bilan ichkariga kirdi. Chiroqni o‘chirmay yotdi. Ammo shu topning o‘zida qulog‘i shang‘illadi, ko‘ziga yassibosh odam ko‘rindi. ULOQ Davron nima qilarini bilmay yana ikki kun shaharda qolib ketdi. Yuragi siqilib, duch kelgan odam ko‘ziga olchoq bo‘lib ko‘rinaverdi. Kechalari uyquda halovat yo‘q. Kunduzi birovga yorila olmay qiynaladi. Nihoyat uchinchi kuni oqshomda bekatga yo‘l oldi. Qishlog‘iga ham sig‘madi. Yuragi toshib ketaverdi. Ustiga-ustak xotini haqidagi (qo‘yib yuborgan bo‘lsa ham) mish-mishlar ko‘kragiga cho‘g‘day bosilardi. Shuning uchun |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling