Microsoft Word davron ziyouz com doc
Download 233.92 Kb. Pdf ko'rish
|
davron ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
20 hojat sezmagan edi. Bekmirzaevning noto‘g‘ri yo‘l tutgan institut rahbarlariga qarshi olib borgan kurashi, hal qiluvchi pallada yolg‘iz qolgani, maxsus komissiyaning taftishi, Bekmizraevning haq bo‘lib chiqishi, kurashdan o‘zini olib qochganlarning endi amalga intilishi hatto talabalarga ham ma’lum edi. Ko‘pchilik ular o‘rtasidagi adovatga shu, ya’ni, Bekmirzaevning amalga o‘tirolmagani sabab, derdi. Bu farazning puch ekanini Davron yaxshi bilardi. Bekmirzaev hech qachon amalga intilmagan. Institut rahbarlarini fosh qilishi ham amal uchun emas, adolat uchun edi. Rahbarlar haqida so‘z ketguday bo‘lsa, ba’zan Davron: «Aslida shu o‘ringa siz o‘tirishingiz kerak», deb qo‘yardi. Shunda Bekmirzaev bosh chayqab: «Yo‘q, mendan rahbar chiqmaydi. Bunga yarasha qobiliyatim yo‘q. Rahbar qo‘l ostidagilarni «otang yaxshi, onang yaxshi», deb ishlata bilishi kerak. Men o‘zimni tuta olmay bir-ikki baqirib, po‘pisa qilsam, eng mehnatkash odamni ham ishdan sovutib qo‘yaman. Keyin amalga sira ishonib bo‘lmaydi. Qadimda ham «Toji-taxt bevafo» deb o‘tishgan. Bo‘zchi bilganini to‘qishi kerak. Men ilm deb yuribman. Shuni eplasam ham katta gap», derdi. Adovatning asl sababini Davron keyinroq bildi: Bekmirzaevning uyiga qadrdon do‘stlaridan biri singlisi bilan kelib «Singlim o‘qishga kirdi, vaqt-bemahal xabar olib tur», deb tayinlab ketadi. Bekmirzaev qizdan tez-tez xabar olib turadi. Bir kun oqshom chog‘i borsa, qizning uyida o‘sha nusxa o‘tiribdi. Institutda ishlaydigan yana bir nusxa bor. Bekmirzaev bu juvon haqida ko‘p yomon gaplarni eshitgan, shuning uchun salom-alik ham qilmasdi. Bekmirzaev so‘ramasdanoq voqeani anglab, oshiq rahbarning bo‘ynidan bo‘g‘ib ko‘chaga sudrab chiqadi. Ertasigayoq do‘stini chaqirtirib qizni ham uyiga jo‘natadi. Siri fosh bo‘lgan rahbar Bekmirzaevdan o‘ch olish niyatida uni imkon tug‘ilsa- tug‘ilmasa chalishga harakat qilaveradi. To‘g‘rirog‘i, siri fosh bo‘lgani uchun emas, «Endi Bekmirzaevning qo‘lida qurol bor, amalni olish uchun jang qiladi», degan xavotirga tushgani uchun uning ko‘zini ochirmaslikka intiladi. Serharakat va serjahl ustozini eslab Davronning ko‘ngli buzildi. Mashina chirog‘i tun bag‘ri poralab qumliklar orasidan o‘tdi. Yigitali aka hamrohining ruhi cho‘kkanini sezib ko‘p gapga solmadi. «Biznikida dam olib qaytasiz, ertalab o‘g‘lim keltirib qo‘yadi», deb mashinani qishloq tomonga burdi. Mashina chirog‘i qorong‘ilik bag‘rini poralab borardi. Daraxt ko‘lankalari sapchib- sapchib, xuddi sakrayotgan odamga o‘xshab ketardi. Birdaniga ro‘parada bo‘yi ikki yarim-uch metrli, fazogirlar kiyimidagi yassibosh odam ko‘rindi. Davron Yigitali aka ham ko‘ryaptimikin, deb unga qaradi. Yigitali aka yo‘lga tikilganicha xotirjam o‘tirardi. Demak, faqat Davronga ko‘rinayotgan ekan-da! Kecha tunda ular ikki kishi edi. Bugun bir o‘zi. Davron boshini suyanchiqqa qo‘yib ko‘zini yumdi. Yana qulog‘i shang‘illadi. Hushtak chalindi. Keyin eshikning g‘ijirlashini eslatuvchi ovoz... Download 233.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling