Microsoft Word davron ziyouz com doc
Download 233.92 Kb. Pdf ko'rish
|
davron ziyouz com
BURGAGA ACHCHIQ QILIB...
Mashina to‘xtaganda Davron qalqib ketdi. Ko‘zlarini ochdi. Yo‘lda uxladimi yo tush ko‘rdimi? Qandaydir g‘aroyibotlar bayon etilgan kitob o‘qiganga o‘xshaydi. Uzun bo‘y, yassi bosh odamlar xayoliga muhrlanib qolganday. Nima bo‘lyapti o‘zi? Kecha ham shunday voqealarga duch kelgandi. Bugun ham. Tush desa tushga o‘xshamaydi. Xayol desa xayolmas. Ajab?! Yigitali aka chiroqni yoqib-o‘chirib eshik tomonga imladi. — Malikai dilozorimiz kech kirganda ko‘chaga chiqib mening yo‘limni poylayotganmikinlar? — dedi kulimsirab. Davron javob bermadi. Davron (qissa). Tohir Malik www.ziyouz.com kutubxonasi 21 Mashinadan tushishlari bilan ayol eriga yaqinlashdi: — Yurish desayla, uchib ketasiz-a, shu topgacha tikilaverib ko‘zim oqib tushay dedi. — Shu yerga nuqta qo‘yib tur. Mehmon bor-a! — Mehmon ham bilib qo‘ysinlar-da. Lip etib chiqib ketibsiz, ana kelar-mana kelar, deb nima xayollarga bormadik. Raykomdan so‘rayverib bezor qilishdi. — Raykomdan? — Ha, raykom buvaning o‘zi qidirtiribdi. — Nima gapi bor ekan? — Men qaydan bilay? Sizga ming aytdim, shu rais bilan o‘chakishmang, ildizi qattiq, deb. Biron qiyiq axtarib topgandir-da. Qay mahalda kelsa ham raykomga uchrashsin, deb ketishdi. — Obbo! — dedi Yigitali aka do‘ppisini olib boshini qashigan bo‘lib. — Borib kelmasam bo‘lmaydi. Qani, siz ichkariga kiring. O‘g‘ling uydami? — Ha, televizorga qadalib futbol ko‘ryapti. — Chaqir darrov. Mehmonni zeriktirmasin. Men darrov qaytaman. Yigitali aka Davronni ichkariga uzatgach, mashinaga o‘tirdi. U tezda qaytmadi. Davronni uyqu bosdi. Ayvondagi ko‘rpacha to‘shalgan joyga cho‘zildi-yu, taomning pishishini ham kutmay uxlab qoldi. Tongda qushlarning chug‘uridan, ishkomdagi tartarakning ovozidan uyg‘ondi. Kelinchak hovli supurib yuribdi. Yigitali akaning ayoli samovarga o‘t qalash bilan band. O‘g‘li og‘ilxonada. O‘zi baland stol ustiga chiqib xomtok qilyapti. Davronning turganini ko‘rib, tokqaychini qo‘ydi-da, pastga tushdi. — Sizga ham uyqu bermadikmi? — dedi kulib, keyin qoziqdan sochiq olib Davronga uzatdi. — Tinchlik ekanmi, juda hayalladingiz? — Ha, tinchlik. Amaldor bo‘ladiganga o‘xshayman. — Chindanmi? Brigadirligingizga qaytdingizmi? — Sal yuqoriroqdan kelavering, ha, Markazga xat yozishga hojat qolmadi. Haqiqat yuzaga chiqib, raykomning o‘zidayoq hal bo‘libdi. Bugun kolxozda umum majlisi. Raisni tushirishmoqchi. Menga rais bo‘lasan, deb turishibdi. Shuning maslahatiga yo‘qlatishgan ekan. — Rozi bo‘ldingizmi? — Mening roziligim hech gap emas, xalq rozi bo‘lsin. Xalq mengamas, men xalqqa suyanib ishlayman. Nonushtadan so‘ng Davronni mashinada eltib qo‘yishdi. Kechagi noxush sayrning oqibati sabablimi, nima uchundir qo‘li ishga bormadi. Uch ishchi ko‘hna uy poydevorining o‘rni topilgan yerni kavlashyapti. Atrof sokin. Tabiat ham mudrayotganday. Tepaliklar go‘yo o‘z bag‘riga qandaydir sirni yashirib, mag‘rur yastanib yotibdilar. Ular go‘yo ajdodlarimiz panjalarining iziga o‘xshaydi. Tabiat ko‘hna tarix sirlarini shunday muhrlab qo‘ygan. Davronning, unga o‘xshagan arxeologlarning vazifasi tabiat muhrini buzish, sirni ochish. Ayrim odamlar ularni eski buyumlarni izlab topib, eski shaharlarni ochib muzey qilishadi, deydilar. Bir jihatdan to‘g‘ri. Lekin Davron o‘z kasbining mohiyatini boshqacharoq belgilaydi. Tarix sirlarini ochish— kelgusida qo‘yiladigan xatolar oldini olishga xizmat qilishi kerak, deydi. Urushlar, qirg‘inlar natijasida xarob bo‘lgan, tuproqqa ko‘milgan har bir shaharning ochilishi urushga qarshi kurashda qurol bo‘lmog‘i kerak. Hozir bironta avlodi qolmagan jonivor yoki qush izining topilishi ko‘ngilochar ovga berilgan odamzodni ogohlantirishi zarur. Davron shu o‘ylar bilan turganda uni chaqirishdi. U tuproqni to‘zitib pastga tushdi. — Katta xum chiqdi, — dedi ishchilardan biri unga o‘yib qo‘yilgan yerni ko‘rsatib. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling