Microsoft Word davron ziyouz com doc
Download 233.92 Kb. Pdf ko'rish
|
davron ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
23 — D’Artanyan kelmaydi, deganimdan beri o‘zi Atos bo‘lib uni izlab topmoqchi. — Bunday qilish yaramaydi. — Sabab? — Siz bolaning sururini jilovlab qo‘ygansiz. — Shunday bo‘lgani ma’qul. — Meningcha, bu haddan tashqari qattiqqo‘llik. — Balki zolimlik ham dersiz? — Shunday desa ham bo‘ladi. Bola kinodagi d’Artanyanni yaxshi ko‘rib qolgan. U bilan uchrashishni orzu qiladi. Qahramonlikka intiladi. Siz esa uning yo‘lini to‘sasiz. — Majburman. Uning aldanib qolishini istamayman. Kino boshqa, hayot boshqa. Intilgani, orzu qilgani bilan topolmaydi-ku, to‘g‘rimi? D’Artanyan bu zamonda yo‘q. Bo‘lishi ham mumkin emas. Undan ko‘ra real narsalarni orzu qilishni o‘rgatishimiz kerak. — Ammo... — Biz bu haqda yetarli gaplashib olgan edik, qaytarishning hojati bo‘lmasa kerak. Yaxshisi, ishingizdagi yangiliklardan gaplashaylik. Shuncha yerni kavlab nima topdingiz? Ish haqidagi gaplar bari bir suhbatni jonlantirmadi. Mahbuba peshindan so‘ng xayrlashdi. Davron uni katta yo‘lgacha kuzatib qo‘ydi. Mahbuba uning yarasini yangilab ketdi. Davron yolg‘iz o‘g‘il bo‘lgani uchun yosh uylangan edi. Institutda o‘qiyotgan kezlari qishloqqa tez-tez kelib turar, ba’zan xotinini shaharga olib qaytar edi. U xotinining chiroyidan nolimasdi. Ammo uning yengil o‘ylashi, jizzakiligi sira yoqmasdi. Qishloqda qolgan kezlari onasi bilan aytishishlarini bilsa ham avvaliga indamay yurdi. Oxir sabr kosasi to‘lib tartibga chaqirganda «onangiz chaqqan-da», leb o‘zini yuldi. Davron xotinining bu qadar befahmligiga chidab turolmadi. Anchagacha qo‘ydi-chiqdi bo‘lib yurdilar. Davlat imtihonlari arafasida onasi qattiq og‘rib qoldi. Davron uni shahardagi kasalxonaga olib keldi. Tunlari o‘zi navbatchilik qildi. Imtihondan bir kun avval xotiniga: «Buguncha siz navbatchilik qiling», deganda u odaticha po‘ng‘illab: «Men onangizning axlatini tozalayman deb sizga tegmaganman», dedi. Davronning ko‘z oldi qorong‘ilashib ketdi. Xotini odam emas, alvasti bo‘lib ko‘rindi. Ikki kundan so‘ng onasi olamdan o‘tdi. Davron xotini bilan uzil-kesil ajrashdi. O‘tgan qishda qadimiy manbalardan foydalanishga ehtiyoj sezib qo‘lyozmalar ilmiy- tekshirish institutiga keldi. Shu yerda ishlovchi qorachadan kelgan bo‘liq juvon e’tiborini tortdi. Burnining bir oz puchuq ekanini aytmasa, ko‘zlari kulib turuvchi bu juvonning istarasi issiq edi. Ayollarga gap tashlab, ilitib olish iste’dodidan bebahra bo‘lgan Davron uni zimdan kuzatar, aytilishi kerak bo‘lgan gaplari ichida qolib ketardi. Xonadagi ayollarning gap-so‘zidan bu juvonning bevaligini bilib bir kuni sayrga taklif qildi. Ayol noz qilib o‘tirmay rozi bo‘ldi. Davronning qalbiga o‘t qalagan bu juvon — Mahbuba edi. Shundan so‘ng bir-ikki marta kinoga kirishdi, oqshomlari sayr qilishdi. Darhaqiqat, Mahbuba aqlli ayol edi. Davron, Mahbuba so‘ramasa ham xotini bilan ajralish sababini aytib berdi. Mahbuba uning hikoyasini jimgina eshitdi. Davronga «Siz haq yoki nohaq bo‘lgansiz», ham demadi. — Nimaga indamay qoldingiz? — dedi shunda Davron. — Biron narsa deyishim kerakmi? — Har holda... — Yo‘q, men biror xulosa chiqarolmayman. Siz o‘zingizcha haqsiz, xotiningiz o‘zicha. Xotiningizni yoqlasam, sizga malol keladi, sizni yoqlasam... Har holda xotin kishining ahvolini tushunishga harakat qilish kerak. — Axir... |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling