Microsoft Word davron ziyouz com doc
Download 233.92 Kb. Pdf ko'rish
|
davron ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
5 ustida qayta hayot boshlandi. Bu yerga qo‘noq bo‘lganlarning necha-necha avlodi oyog‘i ostida ajabtovur voqealarning guvohi bo‘lmish «tilla haykallar» borligini bilmay o‘tdi. Yigirmanchi asrning so‘nggi choragida amaliyotchi talabalar kelib qolmaganda balki yillar g‘ubori ostidagi sirlar yana allaqancha vaqt ochilmay yotar edi. VAKIL Dotsent Bekmirzaevni qabrga qo‘yib qaytayotganlarida ba’zilar uning qismatiga achinib «O‘zini o‘tga-cho‘g‘ga uraverib juvonmarg bo‘ldi. Keyingi qazishmalari ham behuda edi», deyishdi. «Bekmirzaevning Yozyovondagi ishini to‘xtatish kerak», degan gaplar ham xuddi shu dafn marosimida aytili. Ammo bu shunchaki gap, hali rahbarlar bir qarorga kelishmagan edi. Shuning uchun dotsent Bekmirzaevning Yozyovondagi ishlariga ko‘mak berayotgan shogirdi Davron Hasanov zudlik bilan orqaga qaytdi. Yozyovonning kunbotar tomonini egallab yotgan yerdagi qazishma ishlari chala edi. Dotsent Bekmirzaev shu yerda ishchilar bilan chaqchaqlashib o‘tirib birdan yuragini ushladi-yu, tili ham so‘zga kelmay joni uzildi. Birov, garchi hojati bo‘lmasa-da, «Tez yordam»ga yugurdi. Davron esa bu mash’um xabarni markazga yetkazdi. «Tez yordam» bir soatga qolmay yetib keldi. — Bemor qani? — dedi oq xalatli yosh yigit mashinadan tusha solib. Odatda vrach kelganda hamma unga peshvoz chiqardi. Bu yerdagilar esa e’tibor ham qilishmadi. Faqat Davron unga bir qarab olib «Bemor yo‘q», dedi. Vrach gangib qoldi. — Tushunolmayapman. Axir menga... — Ancha kechikdingiz. — A? Mashinamiz yo‘lda... — Vrach odamlarga qarab tushuntirishning ortiqcha ekanini bildi. — O‘zi nima bo‘ldi? — Sivilizatsiya sharofati. Sizlarning tilingiz bilan aytganda — ishemik asr! — Tushunarli. Kechikkan bo‘lsam ham bemorni... marhumni ko‘rishim kerak. — Marhamat, — Davron uni shu atrofdagi yagona daraxt ostiga tikilgan to‘rt kishilik chodir tomonga boshladi... Davron mashinadan tushishi bilan shu voqealar yana qayta ko‘z oldida tiklandi. Chodirlar yig‘ilmabdi. Qazuv anjomlari ham tartib bilan terilgancha turibdi. Davronning ko‘zi katta chodirga tushdi-yu, yarasi yangilandi. Ustozining so‘nggi onlarini eslab yuragi ezildi. O‘n besh kun o‘tmay markazdan ishni to‘xtatish haqida ko‘rsatma keldi. Davron dotsent Bekmirzaevning taxmin-hisoblari, o‘zining mulohazalarini bayon etib ishni davom ettirishga ruxsat berishlarini so‘rab xat yozib yubordi. Bir haftadan so‘ng eng so‘nggi rasm-rusmlarni o‘rniga qo‘yib kiyingan, qoshlari qizlarnikiday ingichka, xuddi shu qoshlardan andoza olganday ingichka mo‘ylab qo‘ygan, qaddi tik yigit Niyoz Mansurov — Davronning kursdoshi yetib keldi. Davron uni uzoqdan ko‘riboq hafsalasi pir bo‘ldi. Arxeologiyaga mutlaqo begona bu yigitning ma’lum bir chuqur ildizlar orqali oziqlanib bu sohada yurishi faqat unga emas, boshqalarga ham malol kelardi. Ammo bu olqindining kavushini to‘g‘rilashni hech kim udda qilolmasdi. Davron u bilan besh yil birga o‘qib, ba’zan amaliy ishlarda, ba’zan paxta terimida birga bo‘lib uning egilganini, tuproq tortganini yo bir chanoq paxtani etakka solganini, umuman korjoma kiyganini ko‘rgan emas. Shunga qaramay u diplomga erishdi. Yozyovondagi qazishma taqdirini bir yoqlik qilish uchun yuborilganidan ma’lumki, ishlari ham chakki emas. Davronning nazarida Niyoz oddiy odamlar singari yashamas edi. U hayotni ulkan teatr deb bilib artistlik qilardi. To‘g‘ri, dunyoni bunday kishilar masalasida g‘arib deb |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling