Microsoft Word davron ziyouz com doc
Download 233.92 Kb. Pdf ko'rish
|
davron ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
3 Guvillash tinib, yer qimirlash to‘xtab, uzoqdagi «olovli yulduz» so‘nganida quyosh terak bo‘yi ko‘tarilgan edi. Shahriston xarobaga, odamlar sariq toshlarga aylangandi. Olov purkagan yulduz o‘rnida tuxumni eslatuvchi bir buyum — olis sayyora elchilarining kemasi qorayib turar edi. Shu voqeadan so‘ng quyosh ikki qayta zaminni yoritib, ikki marta mag‘rib sari bosh qo‘ydi. Uchinchi bor mashriqni qizartirib ko‘tarilar chog‘ida qorayib turgan tuxumsimon kema atrofida harakat sezildi. Avvaliga uch quloch keladigan chigirtkasimon temir maxluq — uzoqdan turib boshqariluvchi sayyorapoy ko‘rindi. U to qosh qorayguncha yon-atrofda izg‘ib yurdi. Keyin iziga qaytdi. Kemaning yumaloq tuynukchalarida nur ko‘rindi. Ertasiga tong otarda sayyorapoy chiqqan kattaroq tuynuk og‘zida xuddi odamga o‘xshovchi, lekin odamdan bir necha karra baland va qoruvli, boshiga savatsimon shaffof shisha qo‘ndirgan, o‘zidan ko‘zni olgulik nur taratuvchi ikki kimsa ko‘rindi. Ular ehtiyotlik bilan bir necha qadam ilgari bosishdi. — Kiv, — dedi sal oldinda borayotgani, — hisobda yanglishganga o‘xshaymiz. Qo‘nadigan maydonimiz bunday qattiq emas, o‘zimizning Unetdagiday yumshoq tuproqli bo‘lishi kerak edi. — Ha, — dedi Kiv atrofga alanglab, — rangi ham bo‘lakcha. Bizga qoramtir bo‘lib ko‘ringan edi. Sariqligiga ajablanyapman. Unetdan kuzatganimizda bu so‘niq yulduz xira nur taratgan edi. Agar yulduzning butun sathi sariq bo‘lsa, Rekning gapi to‘g‘ri bo‘lib chiqadi. Unetliklar uchun mos yerni boshqa yulduzlardan izlash kerak bo‘ladi. Endi ular dadilroq qadam qo‘ydilar. Yulduz qo‘ngan yerning atrofida dov-daraxtlardan ham nishon qolmagan edi. Ular ilgarilaganlari sari bitta-yarimta daraxtga duch kela boshladilar. Kiv sariq toshga aylangan bahaybat chinor qarshisida turib qoldi. — Nig, buni qara, nimaga o‘xshaydi? — dedi hamrohiga. Nig chinorga yaqinlashib bolg‘achasini chiqardi-da, daraxtning egilib turgan shoxlariga urib-urib ko‘rdi. — Ajab, toshning bu xil tasviriga tushunish qiyin. Bu menga Unetni eslatyapti. Anavi tomonga qara, bunday toshlar juda ko‘p-ku! Ular harakatsiz qolgan shaharga yaqinlashib kelardilar. Jonsiz buyumlar ularga o‘z sayyoralarini eslatardi — bu joylar go‘yo ular yashaydigan sayyoraning jonsiz tasviri edi. Tiz cho‘kkanicha qo‘llarini baland ko‘tarib Xudoga nola qilayotgan holda sariq toshga aylangan dastlabki odamni ko‘rgach, Nig chap qo‘lini ko‘tardi. Orqaroqda kelayotgan Kiv to‘xtadi. — Bu bizning toshdagi tasvirimiz-ku? — dedi u hayrat bilan. Nig yana bolg‘achasi bilan tosh odamga yaqinlashdi. Uning ingichka barmoqlaridan birini urib sindirib oldi. Uni kaftiga qo‘yib yana bolg‘acha bilan urdi. Barmoq sopol singari maydalandi. — Kiv, biz yanglishmaganmiz. Bu yerda hayot bo‘lgan. Balki hayot kechirishga sharoit qolmagach, bu xira yulduzni tark etgandirlar. Manavi tasvirlarni esa yodgorlik sifatida qoldirgandirlar? — Gapingda jon bor. Bulardan bir nechasini dalil sifatida olib ketishimiz kerak. — Albatta. Qaytishda olamiz. * * * ... Bu shahristonga «olovli yulduz» tushganidan xabar topgan qo‘shni mamlakat hukmdori bir qancha fozillarni to‘plab shu tomonga yubordi. Ular uch kunlik yo‘ldan so‘ng yerning tobora sarg‘ayib, qattiqlashib borayotganini sezdilar. Yer tuyoqlar zarbidan jaranglay boshladi. Fozillar olg‘a yurishni ham, qaytishni ham bilmay to‘xtab qolishdi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling