Microsoft Word davron ziyouz com doc


Download 233.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/42
Sana02.01.2023
Hajmi233.92 Kb.
#1074953
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   42
Bog'liq
davron ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
7
— Juda o‘rinli ajrim qilyapsan. Qani, sigaradan ol, bir tutataylik. — Niyoz unga sigara 
tutdi. — O‘zingchi? 
— Chekkim yo‘q, — Niyoz shunday deb yoqqichni yoqdi. 
— O‘h-ho‘, — dedi Davron sigara tutatib, — o‘tkir ekan... Dunyo xuddi ikkiga 
bo‘linganga o‘xshaydi. Mana, hozirgi gaplaringni qara. Biz besh yil birga o‘qidik. Ammo 
sira osh-qatiq bo‘lganimiz yo‘q. To o‘lguncha salom-alikdan nariga o‘tmaymiz. Hatto u 
dunyoda ham sirdosh bo‘lolmasak kerak. Nimaga shunday ekan? 
— Fe’limiz boshqa-boshqa. 
— Fe’l emas, dunyoqarash, degin. Qiziq, ikkovimiz ham odam bolasimiz, lekin 
ko‘rinishimiz o‘xshamaydi. Ikkovimizda ham salkam uch kilolik miya bor, biroq boshqa-
boshqa fikrlaymiz. Hatto kasbimiz bir, ammo tutgan yo‘limiz ayri. Hamma gap shu 
tanlangan yo‘lda bo‘lsa kerak. Ikkovimiz poezd yo‘lidagi ikkita relsdamiz. Ketaveramiz, 
ketaveramiz, yo‘limiz esa sira kesishmaydi. 
— Bunga hojat bormikin? 
— Balki yo‘qdir? 
— Birga o‘qiganimiz hurmati men barcha injiqligu pichinglaringga chidab beraman. 
Boshqa odam kelganda nima qilarding? Fikringni qanday isbot etarding? 
— Boshqa odam hech bo‘lmaganda tuproq tarkibidagi tilladan xulosa chiqarib olardi. 
— Tilla zarralari, degin. Balki bu yerda oltin saralovchilar yoki zargarlar 
yashashgandir. Tilla zarralari hatto ummon suvlarida ham bor. Sening o‘rningda 
bo‘lganimda jirttakilik qilmay, ekspeditsiyaning ishini «Ko‘hna qishloq, falon asrda bu 
yerda oltin saralovchilar istiqomat qilganlar. Go‘shalarini qaysi bir sabab bilan tark 
etganlar», deb yakunlab qo‘ya qolardim. 
— Sening shunday yo‘l tutishingga imonim komil. Lekin o‘rningga boshqa odam 
kelganda bu yerni hatto qishloq deb atash mumkinmasligiga tushunib yetardi.
— Qishloq ham emasmi? Yana yaxshi! Balki bir necha kishi yashagandir. Baki 
allaqanday qochoqlardir? 
— Toshlardagi tasvir-chi? Faqat radiatsiya ta’siridangina shu ahvol ro‘y berishi 
mumkin. 
— Agar odamlar ming yil ilgari radiatsiya nima ekanini bilganlarida kasbimizga ehtiyoj 
qolmas edi. Bu ish seni ancha urintirib qo‘yibdi. Dam olish kerak. Istasang Qora dengiz 
bo‘yidagi eng yaxshi... 
— Iltifoting uchun rahmat. Xo‘sh, shu yerda turaveramizmi yo aylanamizmi? 
Niyoz yana atrofga razm soldi. 
— Aylanishdan nima foyda? Kel, six ham kuymasin, kabob ham. Men qaytgach, bir 
qarorga kelolmaganimni bildiraman. O‘zini chaqiringlar, deyman. Borib o‘zing talashib-
tortishaverasan. 
Ular orqaga qaytishdi. Davron Niyozning bu safar ham qo‘ldan sirg‘alib chiqmoqchi 
ekanini angladi. Niyoz aslida bunday fikrga to‘satdan, hozir kelgani yo‘q. Ishni yo‘ldayoq 
pishitgan edi. Bir qarashda Davronga yon bosayotganday ko‘rindi. Holbuki, u o‘z zirhiga 
o‘ralib olyapti. Ishni to‘xtatishga sabab bo‘luvchi biror jiddiy omil yo‘qligini, bu gap faqat 
tor doiradagi o‘zaro tortishuv natijasi ekanini u biladi. To‘g‘rirog‘i dotsent Bekmirzaev 
bilan rahbarlardan birining (Niyozning qarindoshi) ko‘p yillardan beri kelishmasligi, shu 
sababli marhumning har bir ishi qarshilikka uchragani, shunga qaramay yutuq bilan 
yakunlanganini ham biladi. Dotsent Bekmirzaevning Yozyovonda boshlagan ishi ham, 
ayrim taxminlarga qaraganda, muvaffaqiyatdan xoli emas. Niyozga bu ham ma’lum. 
Shunday ekan yo chikka, yo pukka, deb tavakkal qilishga hojat yo‘q. Janjalli ishdan 
chetroqda turgani ma’qul. Qarindoshining yonini olay desa, erta-indin Yozyovondagi 
ishlar yaxshilik bilan yakuniga yetsa, rahbar emas, u yomonotliq bo‘ladi. Davronga yon 


Davron (qissa). Tohir Malik 

Download 233.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling