Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc
www.ziyouz.com kutubxonasi
Download 158.58 Kb.
|
imom-shamsuddin-zahabiy-gunohi-kabiralar
- Bu sahifa navigatsiya:
- «U kunda oralarida (qarindosh-urug‘chilik) nasablari bo‘lmas. Bir-birlaridan (biron narsa haqida) so‘ramaslar»
www.ziyouz.com kutubxonasi
118 Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadilar: «Tuvaloq qush zolimning zulmidan ozib uyasida jon beradi». Abdulloh ibn Salom roziyallohu anhu aytadilar: «Alloh taolo maxluqotlarni yaratgach, ular o‘rinlaridan turib, boshlarini ko‘taradilar-da: «Ey Parvardigor, Sen kim bilansan?» deb so‘rashadi. Alloh: «To haqqi olib berilmaguncha mazlum bilan birgaman», deydi». Abu Umoma roziyallohu anhu aytadilar: «Qiyomat kuni zolim jahannam ustidagi ko‘prikdan o‘tayotganda, mazlum unga duch kelib, zulmini eslatadi. Zulm qilgan kimsalar to qo‘llaridagi yaxshiliklarni olib qo‘yishmaguncha, mazlumlar oldidan keta olmaydilar. Agar ularning yaxshiliklari bo‘lmasa, qilgan zulmlari barobarida mazlumlarning yomonligi ularga yuklanadi. So‘ng ular do‘zax qa’riga qulaydilar». Ibn Mas’ud roziyallohu anhu aytdilar: «Qiyomat kuni erkak yoki ayol bandaning qo‘lidan ushlab, butun maxluqotlar ko‘z o‘ngida: «Bu falonchining o‘g‘li falonchi. Unda kimning haqqi bo‘lsa, kelib haqqini olsin», deb nido qilinadi. Ayol kishi otasi, akasi yoki erida haqqi qolgan bo‘lsa, bundan shod bo‘ladi». So‘ng: «U kunda oralarida (qarindosh-urug‘chilik) nasablari bo‘lmas. Bir-birlaridan (biron narsa haqida) so‘ramaslar», oyatini o‘qib, so‘zlarida davom etdilar: «Alloh O‘z haqqidan xohlaganini kechiradi. Biroq, insonlarning haqlaridan biron narsani kechmaydi. Bir banda odamlarga ro‘baru qilinadi. So‘ng Alloh taolo haqdorlarga: «Haqingizni olgani kelinglar», deydi va farishtalarga: «Uning solih amallaridan olib, har bir haqdorga haqqiga yarashasini beringlar», deya amr etadi. Agar banda Allohning valiyi (do‘sti) bo‘lsa va zarra misqolichalik yaxshi amali ortib qolsa, Alloh taolo o‘sha amalini ko‘paytiradi va u sababli bandani jannatga doxil qiladi. Bordi-yu, banda badbaxt bo‘lib, yaxshi amali qolmasa, farishalar: «Parvardigoro, uning yaxshiliklari tugadi, biroq hali talabgorlari bor», deydi. Shunda Alloh: «Ularning yomonliklaridan olib, uning yomonliklariga qo‘shinglar», deydi. So‘ngra u do‘zaxga haydaladi». Rivoyat qilishlaricha, qiyomat kuni banda uchun o‘zini taniydigan kishini uchratishdan ko‘ra yoqimsizroq narsa bo‘lmaydi. Chunki u dunyoda qilgan zulmiga to‘lov talab etishidan xafvsirab turadi. Bu xususda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytganlar: «Qiyomat kunida haqlar haqdorlarga olib beriladi. Hatto shoxli qo‘ydan shoxsiz qo‘yning o‘chi olib beriladi» (Muslim rivoyati). Ayrim kitoblarda yozilishicha, Alloh taolo: «Mendan o‘zga yordamchisi bo‘lmagan kishiga zulm qilgan kimsa Mening qattiq g‘azabimga duchor bo‘libdi», deydi. Bir shoir aytadi: «Qodir bo‘lsang-da, zulm qilma, chunki zulmning oqibati nadomatdir.
Vahb ibn Munabbah aytganlar: «Zo‘ravon podshohlardan biri baland qasr bino qilibdi. Bir kambag‘al kampir qasrning yoniga kichkina kulba qurib unda yashay boshlabdi. Kunlardan bir kuni podshoh otiga minib qasri atrofida aylanib yurib bir kulbaga ko‘zi tushib qolibdi. «Bu kimniki?» «Kambag‘al ayolniki». U kulbani buzib tashlashni www.ziyouz.com kutubxonasi 119 Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy buyuribdi. Kampir kelib kulbasi buzilganini ko‘rib, hammasini surishtirib bilgach, boshini osmonga ko‘tarib debdi: «Ey Parvardigoro, men bu yerda bo‘lmagan ekanman, Sen qaerda eding?» So‘ng Alloh Jabroilga qasrni ichidagi kishilari bilan qo‘shib ag‘darib tashlashni buyurgan edi, u darhol buyruqni bajardi». Xolid ibn Barmak va o‘g‘li hibsga olinganida o‘g‘li: «Kechagina aziz edik, bugun esa kishanlangan mahbusmiz» degan edi, Xolid: «Ey o‘g‘lim, mazlumlar tuni bilan duoibad qilgan. Biz undan g‘aflatda bo‘lganmiz. Alloh esa g‘ofil emas», dedi. Yazid ibn Hakim aytar ekan: «Bir kishidan qo‘rqqanimdek boshqalardan sira qo‘rqmaganman. Men unga Allohdan o‘zga yordamchi yo‘qligini bilaturib zulm qilgan edim. U esa: «Alloh menga kifoya. Sen bilan mening oramizda Alloh (hakam)dir», der edi». Abu Atohi ismli shoirni Rashid hibsga oldi. Shoir unga qamoqdan quyidagi ikki baytni yozib yubordi: «Allohga qasamki, zulm – yomonlik, Yomon kimsa esa zolimdir, so‘zsiz. Ey zolim, ertaga Alloh oldida «Malomat» tutingay senga og‘a, do‘st...» Zikr etishlaricha, Kisro (fors podshohi) o‘g‘liga ta’lim-tarbiya beradigan ustoz tayin qildi. Bola fazlu odobda barkamol bo‘lib o‘sdi. Bir kuni ustozi uni qattiq urdi. Bola esa katta bo‘lguncha, ustoziga nisbatan ich-ichidan kek saqlab yurdi. Uning xayolidan o‘sha sababsiz urilgan zarba ketmasdi. Otasi o‘lib taxtga chiqqach, birinchi ustozini yoniga chorladi: – Falon, falon kuni hech bir sababsiz, aybim bo‘lmasa-da, meni qattiq urgan edingiz. Bunga sizni nima majbur qildi? – Ey podshoh, fazlu odobda kamolga yetganingizga, siz otangizdan so‘ng taxtga o‘tirishingizni bilgan edim. Shuning uchun sizga kaltak og‘rig‘ini, zulm alamini tottirishni xohladim, toki biron kimsaga ham zulm qilmagaysiz. Podshoh bu javobdan mamnun bo‘lib: «Alloh sizga yaxshi mukofotlar ato etsin», dedi va sovg‘a-salom bilan kuzatib qo‘ydi. Download 158.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling