www.ziyouz.com kutubxonasi
115
Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam Ka’b ibn Ujra roziyallohu anhuga: «Alloh seni ahmoq amirlardan panohida saqlasin», dedilar. «Ahmoq amirlar kimlar?» deb so‘ragan edi, «Mendan keyin keladigan amirlar bo‘lib, ular men ko‘rsatgan yo‘ldan yurmaydilar va mening sunnatimga amal qilmaydilar», deb javob berdilar (Ahmad, Bazzor rivoyati).
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kimki musulmonlarga qozi bo‘lishni talab qilib, unga erishsa, so‘ng adolati zulmidan ustun kelsa, unga jannat bo‘lur. Bordi-yu, jabr-zulmi adolatidan ustun kelsa, unga do‘zax bo‘lur» (Abu Dovud rivoyati).
Rivoyat qilinadiki, qiyomat kunida voliy (hokim) olib kelinib, jahannam ko‘prigiga qo‘yiladi. So‘ng ko‘prik shunday qattiq silkinadiki, uning har bir bo‘g‘imi o‘rnidan siljib ketadi. Agar u ishlarida Allohga itoat etgan bo‘lsa, ko‘prikdan o‘tib oladi. Agar ishlarida Allohga osiylik qilgan bo‘lsa, ko‘prik parcha-parcha bo‘lib ketadi va u ellik yil miqdoricha jahannam qa’riga qulab tushadi.
Amr ibn Muhojir aytadilar: «Umar ibn Abdulaziz roziyallohu anhu menga: «Agar meni haqdan og‘ganimni ko‘rsang, ikki qo‘ling bilan yoqamdan tutib: «Ey Umar, nima qilyapsan?!» deb ayt», degan edilar».
Ellik ikkinchi gunohi kabira
ZULM
Zulm bir necha turli bo‘ladi. Botil yo‘l bilan mol topish, yetim molini yeyish, bandalarni o‘ldirish, urish, jarohat yetkazish, haqorat qilish, la’natlash, tuhmat qilish va hokazo.
«(Ey Muhammad), siz hargiz: «Alloh zolim kimsalarning qilayotgan amallaridan g‘ofil» deb o‘ylamang!»
Ya’ni, Alloh zolimlarning qilmishlarini unutib yuboradi, deb o‘ylamang. Zero, Allohning sunnati (odati) o‘zi shunday – osiylarni ozgina muddat o‘z holiga qo‘yib qo‘yadi-da, so‘ng izzati va qudratiga xos tarzda tutadi-jazolaydi.
«Faqat Alloh ular(ning jazolari)ni ko‘zlar (dahshatdan) qotib qoladigan (qo‘rqinchli qiyomat) kuniga qoldirmoqda, xolos».
Ya’ni, ularni jazolashni dahshati va shiddatidan ko‘zlar ochilgan ko‘yi qimirlamay qoladigan qiyomat kuniga kechiktirmoqda.
«(U kuni) ular boshlarini (osmonga) ko‘targan hollarida (chorlangan tomonga hisob-kitob uchun) chopurlar. Ko‘zlari o‘zlariga qaytmaydi (ya’ni, qo‘rquvdan qotib qolib, o‘zlarining qanday holda ekanliklarini ham ko‘rmaydilar). Dillari (dahshatdan) bo‘m-bo‘sh bo‘lib qolur. (Ey Muhammad), odamlarni ogohlantirib qo‘yingki, ularga azob kelar kunda (qiyomatda) zolim kimsalar: «Parvardigoro, bizlarga ozgina muhlat bergin, (ya’ni, bizlarni dunyoga qaytarib, ozgina hayot bergin, albatta) Sening da’vatingni qabul qilurmiz va payg‘ambarlaringga ergashurmiz» deydilar. (Shunda ularga javob qilinur): «Ilgari (hayot paytingizda) hech qachon zavolga yuz tutmasligingiz (ya’ni, hech qachon o‘lmasligingiz va oxirat jazosiga duchor bo‘lmasligingiz) haqida qasam www.ziyouz.com kutubxonasi
116
Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy ichmagan edingizlarmi? Holbuki, sizlar o‘zlariga zulm qilgan kimsalarning maskanlariga (ular zavolga yuz tutganlaridan keyin) joylashgan edingizlar.
Ularni qanday (halok) qilganimiz ham sizlarga aniq m’lum edi. Biz sizlar uchun (qanchadan-qancha) misollar keltirgan edik (lekin sizlar bu ko‘rgan-bilganlaringizdan ibrat olmadingizlar, haq yo‘lga yurmadingizlar)» (Ibrohim surasi, 42-45).
Do'stlaringiz bilan baham: |