Microsoft Word Hayot faoliyati xavfsizligi 6- ma'ruza
Qutqaruv va boshqa shoshilinch ishlarini tashkiliy asoslari, shikastlangan
Download 1.49 Mb. Pdf ko'rish
|
6 ma’ruza Fuqarolarni favqulodda vaziyatlardan himoya qnlish uslublari
2.Qutqaruv va boshqa shoshilinch ishlarini tashkiliy asoslari, shikastlangan
o`choqlarda ularni olib borish usullari. Ishlab chiqarish va madaniy-maishiy xonalardan yong’inni o`chirish vaqtida yong’in xonasidan odamlarni va moddiy boyliklarni muvaffaqiyatli evakuatsiya qilishni taminlash muhim masala hisoblanadi. Evakuatsiyani ruxsat etiladigan davomiyligi inson uchun sharoitni kritik holatga etishishi, kritik harorat (60°S) xona havosida kislorod kontsentratsiyasining kamayishi, tutundan ko`rinishni kamayishi, toksik moddalarni paydo bo`lishiga bog’liq bo`ladi. Majburiy evakuatsiyalarda odamlar harakatining tezligi 16 m/min, zinapoya bo`ylab pastga harkatda 10 m/min va yuqoriga 8 m/min qabul qilinadi. Odamlarni yong’inga chidamliligi bo`yida I va II darajali binolardan evakuatsiya qilishda ruxsat etiladigan vaqt T 60 min, qabul qilinadi, yong’inga chidamliligi bo`yicha III va IV darajali binolarda 4 min, yong’inga chidamliligi bo`yicha V darajali binolarda esa 3 min qabul qilinadi. Bolalar muassasalari uchun evakuatsiya vaqti 20 % kamayadi. Evakuatsiya uchastkasining ruxsat etiladigan chetki uzunligi (m) quyidagi L re = T (1.) formula bo`yicha aniqlanadi. Evakuatsiya qabul uchastkasi maydoniga odamlarni joylashtirish zichligi (odam/m 2 ) D = N/S (2.) formulasi bo`yicha aniqlanadi. Bu erda N maydondagi odamlar soni: tik turganda bir kishi uchun 0,1...0,125 m 2 orqa xalta bilan 0,315 m 2 : S- kommunikatsiya uchastka yo`li maydoni, m 2 .Odamlarni zich oqimi bo`ylama zichlikni anglatib katta odamlar uchun 10...12 odam/m 2 ga, maktab yoshidagi bolalar uchun 20...25 odam/m 2 ga tengdir. evakuatsiya uchastkasining kengligi 5(m) = M/L D (3.) formulasi bo`yicha aniqlanadi. Evakuatsiya yo`llar soni P ey P ey =0,6 N/100 (4.) formulasi bo`yicha aniqlanadi. evakuatsiyada chiqish yo`llari kamida ikkita qabul qilinadi. Ish joyidan evakuatsiya chiqish yo`ligacha masofa binolarni yong’inga chidamliligi darajasi, qavatliligi va ishlab chiqarish kategoriyalariga bog’liq holda 50 m dan 100 m gacha qabul qilinadi. Evakuatsiya eshiklarning kengligi 0,8...2,4 m, o`tish joylari 1,15...2,4 m koridorlar 1,4 m dan ko`p qabul qilinadi. Yo`lni o`tkazuvchanlik qobiliyati O (m 2 -min yoki odam/min) deb bir birlik vaqtida b kenglikdagi yo`lning kundalang kesimi orqali o`tadigan odamlar soniga aytiladi va Q=D , (5.) formulasi bo`yicha aniqlanadi. Kengligi 1,5 m gacha bo`lgan zinapoya va eshiklarni solishtirma o`tkazish qobiliyati 50 odam/min, kengligi 1,5...2,4 /m bo`lganlariniki esa 60 odam/m min qabul qilinadi. Qirg'in qurollari ta'siridan saqlash usullaridan yana biri - bu fuqarolarni falokat yuz bergan joydan vaqtinchalik uzoqlashtirish yoki butkul evakuatsiya qilish hisoblanadi. Ish bilan mashg'ul bo'lgan odamlarni harbiy vaqtda vaqtinchalik shahardan tashqari hududga yoki boshqa qishloqqa ko'chirishni biz uzoqlashtirish deb bilamiz. Evakuatsiya deganda hammani bir vaqt bir yashash joyidan ikkinchi yashash joyiga doimiy va vaqtinchalik yashash uchun ko'chirilishi tushuniladi (asosan ishlamaydigan fuqarolar, nafaqaxo'rlar, bolalar va kasallar evakuatsiya qilinadi). Evakuatsiya qilingan alohida buyruq bo'lmaguncha fuqarolar o'sha joyda yashab turadilar. Xavfsiz hudud xavfli hududdan birmuncha uzoq masofada joylashgan bo'lishi va xalqqa hech qanday xavf tug'dirmasligi lozim. Yig'ilgan odamlar qayta hisobdan o'tkazilib guruhlarga bo'linadi, transport vositalariga taqsimlanib, ko'rsatilgan vaqt ichida xavfsiz hududga yetkaziladi. Yayov yuradiganlar oldindan tuzilgan marshrut bo'yicha kolonna bo'lib, (kolonnada 500-100 kishi) harakat qiladi. Bunda albatta, guruhlarga bo'linadi va har bir guruhda 50-100 kishi bo'ladi. Kolonna har 1-1,5 soat yurishda keyin 10-15 minut dam olib aytilgan joyga borishi bilan hamma kolonna a'zolari tabiiy ko'rikdan o'tkaziladi. Bu yerda evakuatsiya qilinganlarni qabul komissiyasi kutib oladi. Bu komissiyaga o'sha joyning hokimiyat boshliqlari, korxona rahbarlari, oziq-ovqat, tibbiyot xizmatchilari kiradi. Ular odamlarni qabul qilib hisobini oladi va har birini joylashtiradi. Odamlar asosan, maktablarga, klublarga, kinoteatrlarda va shunga o'xshash joylarga, ba'zan o'sha yerda yashovchi oilaga ham ma'lum qism odamlar taqsimlanadi. Evakuatsiya qilingan fuqarolar o'sha yerdan ishlab chiqarish korxonalarning evakuatsiya qilingan qismlarda ishlashlari mumkin. Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling