Microsoft Word Hayot faoliyati xavfsizligi 6- ma'ruza
Download 1.49 Mb. Pdf ko'rish
|
6 ma’ruza Fuqarolarni favqulodda vaziyatlardan himoya qnlish uslublari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bino va inshootlarning yong`inga chidamliligi va uni oshirish yo`llari.
Yong`in xavfli zonalar. Yong`in xavfli zonalar - bu binoning yoki ochiq maydonning
yonuvchi moddalar saqlanadigan qismidir. Ular 4 sinfga bo`linadi, ya`ni P-I, P-II, P-IIa va P- III. P-I sinfdagi zonaga gaz va bug`larning 61 0 C dan yuqori haroratda portlash ehtimoli bor suyuqliklar saqlanadigan binolar kiradi. P-II sinfdagi zonalarga - yonishga moyil chang va gazlar ajralib chiqadigan ishlab chiqarish binolari kiradi; P-IIa sinfidagi zona esa - qattiq va tolasimon yonuvchi materiallar ishla- tiladigan ishlab chiqarish binolaridir; P-III zonaga-qattiq yonuvchi materiallar ishlatiladigan yoki saqlanadigan hamda bug`larining portlash harorati 61°S dan yuqori bo`lgan suyuqliklar ishlatiladigan yoki saqlanadigan ishlab chiqarish binolari va maydonlari kiradi. Bino va inshootlarning yong`inga chidamliligi va uni oshirish yo`llari. Yong`inga chidamlilik deganda materiallar va konstruktsiyalarning yong`in sharoitida o`z mustahkamligini saqlash xususiyati tushuniladi. Qurilish konstruktsiyalarining yong`in ta`sirida o`z xususiyatini va mustahkamliligini yo`qotish vaqti yong`inga chidamlilik chegarasi deyiladi. Barcha bino va inshootlar yong`inga chidamliligi bo`yicha 5 darajaga bo`linadi: I darajali yong`inga chidamli binolarga barcha konstruktsiyalari yonmaydigan, yuqori yong`inga chidamlilik chegarasiga (0,5-2,5 soat) ega bo`lgan binolar kiradi; II darajali yong`inga chidamli binolarga konstruktiv elementlari yonmaydigan, yuqori chidamlilik chegarasiga (0,25-2,0 soat) ega binolar kiradi; III darajali yong`inga chidamli bino va inshootlar yonmaydigan va qiyin yonuvchi materiallardan tayyorlanadi; IV darajali yong`inga chidamli binolarga barcha konstruktsiyalari qiyin yonuvchi materiallardan tayyorlangan binolar kiradi; V darajadagi binolarga esa barcha konstruktsiyalari yonuvchi materiallardan tashkil topgan binolar kiradi. Talab etilgan yong`inga chidamlilik darajasi bino va inshootlarning konstruktsiyasi, vazifasi, necha kavatliligi, texnologik jarayonlarni yong`inga xavfliligi va yong`inni avtomatik o`chirish vositalarini mavjudligiga bog`liq holda belgilanadi. Yog`och va boshqa yonuvchi konstruktsiyalarning yong`inga chidamlilik darajasi bir necha yo`llar orqali oshirilishi mumkin, jumladan: 1 m 2 yuzadagi yog`och konstruktsiyaga 75 kg quruq tuzning suvdagi aralashmasini singdirish yoki 1 m 2 yog`ochga 50 kg quruq tuzni issiq-sovuq vannalarda singdirish orqali; yong`indan himoyalovchi tuzlarning suvdagi aralashmasi bilan (100 gr quruq tuz 1 m 2 yuzaga) materiallarga yuza ishlov berish; yong`indan himoyalovchi bo`yoqlar, suyuq shisha, tuproqli aralashma va boshqa shu kabilar bilan yuza ishlov berish; tuproqli gips bilan shuvash, gips plitalar o`rnatish, asbest, tsement materiallar qoplash. Koridorlar, yo`laklar, zinalar va II hamda IV yong`inga chidamlililik darajasidagi yordamchi binolar sirtiga yong`indan himoyalovchi qoplamalar bilan ishlov berish taqiqlanadi. Yong`indan himoyalovchi qoplamalar atmosferaga chidamli, namlikga chidamli va nam bo`lmagan muhitga chidamli bo`lishi mumkin. Atmosferaga chidamli qoplamalarga perxlorvinil bo`yoqlar PXVO, ISX, XL; namlikka chidamli qoplamalarga XD-SJ markali bo`yoqlar; nam emas muhitga chidamli qoplamalarga XL-K tipidagi, SK-L markali silikat bo`yoqlar, superfosfat va sho`rtuproqli surkamalar kiradi. Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling