Microsoft Word Hayot faoliyati xavfsizligi 6- ma'ruza
Yong`in aloqasi va signalizatsiyasi
Download 1.49 Mb. Pdf ko'rish
|
6 ma’ruza Fuqarolarni favqulodda vaziyatlardan himoya qnlish uslublari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yong`in va portlashning sabablari.
Yong`in aloqasi va signalizatsiyasi. Yong`in aloqasi va signalizatsiyasi yong`inni o`z
vaqtida sezish, aniqlash va u to`g`risida yong`in o`chiruvchilarga xabar berish uchun ishlatiladi. Ularga tele va radio aloqa, yong`in signalizatsiyasi qurilmalari, elektrik signallar, qo`ng`iroqlar va transport vositalarining signallari kiradi. A, B va V kategoriyasidagi yong`inga xavfli ob`ektlarda yong`in haqida xabar beruvchi datchiklar o`rnatiladi. Ular yong`in bo`lgan taqdirda qabul qilish apparatiga signal yuboradi. Bunday sistemalar yong`in signalizatsiyasi deb ataladi. Yong`inni avtomatik signalizatsiya qurilmasi (YoASK) to`gri va aylanasimon sxemada o`rnatiladi. Ular ishlatiladigan datchiklar turiga bog`liq holda issiqlik, tu tun muhofazalovchi va kombinatsiyalashgan turlarga bo`linadi. Bu qurilmalar yong`in va muhofaza-yong`in turlariga bo`linadi. Yong`indan muhofaza sistemalari qimmatbaho materiallar saqlanadigan omborlarda, turar joy kvartallarida ishlatiladi. Yong`in va uning muhofaza signalizatsiyasining asosiy elementlariga yong`in to`g`risida xabar beruvchi qurilma qabul qilish stantsiyasi, aloka tarmog`i, kuchlanish manbai, tovushli yoki yorug`likli signal qurilmasi kiradi. Yong`in avtomatik signalizatsiyasiga APST-1, signalizatsiyali issiqlik yong`in qurilmasiga- STPU-1 lar misol bo`la oladi. Ushbu qurilmalardagi yong`in to`g`risida avtomatik xabar beruvchi moslamalar muhitdagi issiqlik o`zgarishi, tutun va issiqlik o`zgarishi hamda yorug`lik energiyasining o`zgarishini qayd etish asosida ishlaydi. DTL rusmli yong’in darakchisi Avtomatlashgan yong’in o’chirish qurilmasining bashqaruv signal berish qismi. Yong`in va portlashning sabablari. Yong`in kelib chiqishini asosiy sabablariga quyidagilarni misol tariqasida keltirishimiz mumkin: taqiqlangan joylarda chekish, ochiq alangalardan foydalanish, yong`in xavfsizligi bo`yicha texnologik jarayonlarni buzish yoki ularga amal qilmaslik, materiallarni saqlash qoidalariga rioya qilmaslik, statik elektr zaryadlariga qarshi texnik qurilmalardan foydalanmaslik, atmosferaning kuchli zaryadlaridan himoyalovchi qurilmalardan foydalanmaslik (yashin vaqtida 2 V dan 8 mln V kuchlanish, 200000 A tok kuchi miqdorida elektr zaryadlari hosil bo`lishi mumkin), ichki yonuv dvigatellarini sinash va ulardan foydalanish qoidalariga rioya qilmaslik, elektr jihozlari va qurilmalarini noto`g`ri o`rnatish yoki ularni zo`riktirish, isitish sistemalaridan noto`g`ri foydalanish, bug` qozonlari va issiqlik generatorlaridagi avtomatik qurilmalarning nosozligi yoki ularning noto`g`ri o`rnatilishi, ishlab chiqarish binolari havosi tarkibidagi gaz, bug` va changlarni me`yorlashtirilmaganligi va hakoza. Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling