Microsoft Word Hayot faoliyati xavfsizligi 6- ma'ruza


Yong`inga qarshi himoya sistemasi


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/15
Sana10.04.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1348989
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
6 ma’ruza Fuqarolarni favqulodda vaziyatlardan himoya qnlish uslublari

Yong`inga qarshi himoya sistemasi - yong`in o`chirish jihozlari va texnikalaridan 
foydalanish, yong`inning xavfli omillaridan himoya qiluvchi shaxsiy va jamoa himoya 
vositalaridan foydalanish, yong`in xabarini beruvchi va yong`in o`chirish sistemasining avtomatik 
qurilmalaridan foydalanish, ob`ektning konstruktsiyalari va materiallarigaa yong`indan himoyalovchi 
tarkibli bo`yoqlar bilan ishlov berish tutunga qarshi himoya sistemalari, evakuatsiya yo`llari 
bo`lishini taminlash, binoning yong`in mustahkamliligi darajasini to`gri tanlash kabi tadbirlarni o`z 
ichiga oladi. 
Yong`in tarqalishini oldini olish sistemalari esa, yong`inga qarshi to`siklarni o`rnatish, 
qurilmalar va inshootlarda avariya holatida o`chirish va ko`shish jihozlaridan va yong`indan 
to`suvchi vositalardan foydalanish, yong`in vaqtida yonuvchi suyuqliklarning to`qilishini oldini 
oluvchi vositalardan foydalanish kabi tadbirlar orqali amalga oshiriladi. 
Tashkiliy - texnik tadbirlarga esa, yong`indan himoyalanish xizmatini tashkil etish, uni texnik 
jihozlar bilan taminlash, yong`in xavfsizligi bo`yicha ob`ektdagi moddalar, materiallar, jihozlar
qurilmalar va texnologik jarayonlarni pasportlashtirish, yong`in muhofazasi bo`yicha 
mutaxassislar tayyorlash va ularni o`kitish, yong`in xavfsizligi bo`yicha instruktajlar va aholi o`rtasida 
turli xil tadbirlar o`tkazish, yong`inga qarshi ko`rsatmalar (instruktsiyalar) ishlab chiqish va boshqa shu 
kabi tadbirlar kiradi. 
O`t o`chirgichlar yong`inni boshlang`ich fazasida o`chirish uchun ishlatiladi. Ular sig`imi, o`t 
o`chirish moddasi,
o`t o`chiruvchi moddani chiqarish usuli bo`yicha turlicha bo`ladi. 
Ximiyaviy ko`pikli o`t o`chirgichlar qattiq va suyuq moddalar yong`inini o`chirish 
maqsadida foydalaniladi. Ularga OXP-10, OP-M va OP-9MM o`t o`chirgichlari kiradi. Ularning 
ishlash vaqti ko`pik karraligi 5 ga teng bo`lganda 60 sek ni tashkil etadi. Ballonlar hajmi 8,7 va 9 l, 
zaryadlari ishqorli va kislotali kismdan iborat. Ishqorli qismi 450…460 gr bikorbanatnatriy va qizilmiya 
ildizi ekstraktining suvdagi aralashmasida, kislotali qismi-15 gr oltingugurt va 120 gr dan ortiq 
oltingugurt kislotasining suvdagi aralashmasidan iborat. Bu o`t o`chirgichlarning korpusi 
foydalanilgandan 1 yil o`tgach 2 MPa bosim ostida sinaladi (bir partiyadagi o`t o`chirgichlarning 25 %). 
Ikki yildan keyin esa-50 %, uch yildan keyin esa 100 % o`to`chirgichlar sinovdan o`tkaziladi. 
Sanoatda OVP-5, OVP-10 markali ko`lda olib yuriladigan o`t o`chirgichlari

OVP-100, OVPU-
25 markali yuqori karrali statsionar o`t o`chirgichlar ishlab chiqariladi. Ularni zaryadlashda PO-1 
ko`pik hosil qiluvchidan foydalaniladi. 
Uglekislotali o`t o`chirgichlar turli xil moddalar materiallar, elektr qurilmalaridagi yong`inni 
o`chirishda ishlatiladi. Ularni zaryadlashda uglerod ikki oksididan (SO
2
) foydalaniladi. Bunday o`t 
o`chirgichlarga OU-5, OU-8, OU-25, OU-80 va OU-400 markali o`t o`chirgichlar kiradi. Ular tortib 


ko`rib tekshiriladi. Agar ularning massasi 6,25; 13,35 va 19,7 kg dan kam bo`lsa (mos holda, OU-2, 
OU-5, OU-8 o`t o`chirgichlari uchun) ular qayta zaryadlanadi. 
Uglekislotali - brometilli o`to`chirgichlarga OUB-ZA va OUB-7A lar kiradi. Ularning hajmi 3,2 
va 7,4 l bo`lib, brometil va kislota aralashmasi bilan zaryadlanadi. Bu markadagi qo`lda olib 
yuriladigan o`t o`chirgichlarini ta`sir etish vaqti-35 sek, uzatish uzunligi 3,0-4,5 m ga tengdir. 

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling