Microsoft Word Hayot faoliyati xavfsizligi 6- ma'ruza


Tabiiy gaz va is gazi bilan zaharlanish bilan bog`liq favqulodda vaziyatlar sodir


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/15
Sana10.04.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1348989
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
6 ma’ruza Fuqarolarni favqulodda vaziyatlardan himoya qnlish uslublari

Tabiiy gaz va is gazi bilan zaharlanish bilan bog`liq favqulodda vaziyatlar sodir 
bo`lishiga quyidagilar sabab bo`lishi mumkin: 
-xonadonlar isitish tizimlariga tabiiy gazning ulanishida me`yoriy talablarga rioya 
etilmasligi; 
-tabiiy gazdan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilinmasligi; 
- nostandar va qo`lbola isitish vositalaridan foydalanish; 
- qishki isitish qurilmalarining nazoratsiz qoldirish; 
- yong`in xavfsizligi qoidalariga amal qilmaslik; 
-isitish uchun mo`ljallangan pechkalar hamda mo`rilarning soz holatda emasligi, yaxshi 
tozalanmaganligi va boshqalar. 
Xonada tabiiy gaz yig`ilib qolgan holatda, zudlik bilan quyidagilarni amalga oshirish 
zarur: 
-xonaning oyna va derazalarini ochib, shamollatish; 
-xonadagi elektr jihozlarni yoqmaslik, yoniq bo`lsa o`chirmaslik; 
-gaz jo`mraklarini berkitish; 
-gazni berkitishning iloji bo`lmasa yoki yorilgan, singan va teshilgan joylar aniqlansa, gaz 
ta`minoti avariya xizmatiga xabar berish. 
Tabiiy va is gazlari bilan zaharlanish holatlari bilan bog`liq favqulodda vaziyatlar 
sodir bo`lganda zudlik bilan: 
-zaharlangan kishiga birinchi tibbiy yordam ko`rsating; 
-"103" telefon raqami orqali "Tez tibbiy yordam"ga xabar bering; 
-"104" telefon raqami orqali Gaz ta`minoti xizmatiga xabar bering; 
-"1050" Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruv xizmatiga murojaat qiling. 


Qo’lbola moslamalardan foydalanish oqibatlari. 


Yong`inni aniqlashni avtomat vositalari (YoAAV) va yong`inni o`chirishni avtomat 
vositalari (YoO`AV), agar yong`in tashkilotning barcha ishlariga ta`sir etishi hamda katta moddiy 
zarar kelt irishi mumkin bo`lgan ho llarda ko`llaniladi. Bunday ob`ektlarga energet ik 
«qurilmalar, markaziy gaz stantsiyalari, engil yonuvchi va yonuvchi suyuqliklar stantsiyalari, xom-
ashyo omborlari va yoqilg`i materiallarini solishtirma sarfi 100 kg/m
2
dan ortiq bo`lgan binolar 
kiradi. 
YoO`AV lari yong`in joyini aniqlash va trevoga signalini berish hamda yong`inni o`chirish 
qurilmasini ishga tushirish moslamalaridan iborat bo`ladi. Bu qurilmaning ishlash printsipi 
ko`riklanadigan ob`ekt muhitidagi noelektrik fizik miqdorlarni elektrik signallarga aylantirib 
berishga asoslangan. Yong`in sodir bo`lgan taqdirda avtomat yong`in xabar beruvchi qurilmasida 
elektrik signal hosil bo`ladi va bu signal sim orqali qabul qilish stantsiyasiga uzatiladi. 
Yong`inni avtomat o`chirish qurilmalari foydalaniladigan o`t o`chirish moddalarining turiga 
bog`liq holda suv bilan o`chiruvchi, suv-ko`pikli, havo-ko`pikli, gazli) uglerod ikki oksidi, azot va 
yonmaydigan gazlar), ku kun li va kombinatsiyalashgan turlarga bo`linadi. Bu qurilmalar harakatga 
kelish vaqtiga qarab esa quyidagilarga bo`linadi: o`ta tez harakatga keluvchi (harakatga kelish vaqti 
1 sekunddan ortiq emas), tez harakatga keluvchi (harakatga kelish vaqti 30 sekund), o`rta 
inertsiyali (harakatga kelish vaqti 31-50 sekund), inertsiyali (harakatga kelish vaqti 60 sekunddan 
yuqori). Ularning ish vaqtini davomiyligiga bog`liq holda qisqa va ta`sir etuvchi (15 minutgacha), 
o`rta davomiylikda ( 15-30 min) va uzoq vaqt ishlovchi (30 min dan ortiq) turlarga bo`linadi. 

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling