Microsoft Word Hayot faoliyati xavfsizligi 7- ma'ruza


(1050), Ichki ishlar (102)


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/13
Sana14.05.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1461929
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
7-маъруза taqdimoti

(1050), Ichki ishlar (102), Tibbiy xizmat (103) va (104) gaz avariya xizmati telefonlari orqali
xabar qiling. 
 


 
Jabrlangan kishini ochiq havoga olib chiqiladi, ko`zlari, nafas yullari, nafas olish 
organlarini muhofaza qilish materiallari, 2% li ichimlik sodasi eritmasi shimdirilgan paxtali doka 
bog`ichlar tayyorlash va taqish lozim. 

Tabiiy gazning to`liq yonmasligi, gaz oqimining behosdan uzilib qolishi, xona ichida gaz 
to`planishi, gazni yoqib, qarovsiz qoldirish, isitish tizimlariga gazni ulashda xavfsizlik qoidalariga 
rioya qilmaslik oqibatida portlash va yong`in sodir bo`lishi hamda tabiiy gaz va is gazlaridan 
zaharlanish holatlari bilan bog`liq favqulodda vaziyatlar sodir bo`lishi mumkin. Natijada insonlar 
turli xil og`ir tan jarohatlari olishlari yoki ularning bevaqt vafot etishi yuzaga keladi. 
Is gazi-xonadonlarimizda foydalaniladigan tabiiy gazning to`liq yonmasligi, ko`mir va 
organik yonilg`i moddalarning chala yonishidan hosil bo`ladigan gazdir. Is gazi inson 
organizmining nafas yo`llari va nafas a`zolariga kuchli ta`sir qiladi. Is gazi nafas yo`llari orqali 
organizmni, xususan, markaziy asab sistemasini zararlaydi. 
Is gazidan qator organik moddalar sintez qiluvchi korxonalarda, garajlarda ventilyatsiya 
yomon bo`lganda, yangi bo`yalgan, shamollatilmaydigan xonalarda, shuningdek, uy sharoitlarida 
tabiiy gaz yonib turganda va pechka bilan isitiladigan uylarda va pechka qopqog`i o`z vaqtida 
yopilmaganda zaharlanib qolish mumkin. 
Is gazidan zaharlanish uning havodagi kontsentratsiyasi va ta`sir muddatiga bog`liq bo`ladi. 
Zaharlanish engil, o`rta va og`ir darajalarda bo`ladi, bunday hollarda bosh qattiq og`riydi, aylanadi, 
qusish, hushdan ketish hamda nafas olish sekinlashadi, ba`zan o`limga ham olib keladi. 
Birinchi yordam ko`rsatish uchun, avvalo, zaharlangan kishini zudlik bilan toza havoga olib 
chiqish zarur. Yuzaki nafas olishda yoki nafas olish tuxtab qolganda sun`iy nafas oldira boshlash 
lozim. Agar bemor hushida bo`lsa, tananing yuqori qismi qisib turuvchi kiyimlardan bo`shatiladi, 
issiq choy va qahva ichiriladi. 

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling