Yong`inni aniqlashni avtomat vositalari (YoAAV) va yong`inni o`chirishni avtomat
vositalari (YoO`AV), agar yong`in tashkilotning barcha ishlariga ta`sir etishi
hamda katta moddiy
zarar kelt irishi mumkin bo`lgan ho llarda ko`llaniladi. Bunday ob`ektlarga energet ik
«qurilmalar,
markaziy gaz stantsiyalari, engil yonuvchi va yonuvchi suyuqliklar stantsiyalari, xom-
ashyo omborlari va yoqilg`i materiallarini solishtirma sarfi 100 kg/m
2
dan ortiq bo`lgan binolar
kiradi.
YoO`AV lari yong`in joyini aniqlash va trevoga signalini berish hamda yong`inni o`chirish
qurilmasini ishga tushirish moslamalaridan iborat bo`ladi. Bu qurilmaning
ishlash printsipi
ko`riklanadigan ob`ekt muhitidagi noelektrik fizik miqdorlarni elektrik signallarga aylantirib
berishga asoslangan. Yong`in sodir bo`lgan taqdirda avtomat yong`in
xabar beruvchi qurilmasida
elektrik signal hosil bo`ladi va bu signal sim orqali qabul qilish stantsiyasiga uzatiladi.
Yong`inni avtomat o`chirish qurilmalari foydalaniladigan o`t o`chirish moddalarining turiga
bog`liq holda suv bilan o`chiruvchi, suv-ko`pikli, havo-ko`pikli, gazli)
uglerod ikki oksidi, azot va
yonmaydigan gazlar), ku kun li va kombinatsiyalashgan turlarga bo`linadi. Bu qurilmalar harakatga
kelish vaqtiga qarab esa quyidagilarga bo`linadi: o`ta tez harakatga keluvchi (harakatga kelish vaqti
1 sekunddan ortiq emas), tez harakatga keluvchi (harakatga kelish vaqti 30 sekund), o`rta
inertsiyali (harakatga kelish vaqti 31-50 sekund), inertsiyali (harakatga kelish vaqti 60 sekunddan
yuqori). Ularning ish vaqtini davomiyligiga bog`liq holda qisqa va ta`sir etuvchi (15 minutgacha),
o`rta davomiylikda ( 15-30 min) va uzoq vaqt ishlovchi (30 min dan ortiq) turlarga bo`linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: