Microsoft Word Hayot faoliyati xavfsizligi 7- ma'ruza


Yong`in aloqasi va signalizatsiyasi


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/13
Sana14.05.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1461929
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
7-маъруза taqdimoti

 Yong`in aloqasi va signalizatsiyasi. Yong`in aloqasi va signalizatsiyasi yong`inni o`z 
vaqtida sezish, aniqlash va u to`g`risida yong`in o`chiruvchilarga xabar berish uchun ishlatiladi. 
Ularga tele va radio aloqa, yong`in signalizatsiyasi qurilmalari, elektrik signallar, qo`ng`iroqlar va 
transport vositalarining signallari kiradi. 
A, B va V kategoriyasidagi yong`inga xavfli ob`ektlarda yong`in haqida xabar beruvchi 
datchiklar o`rnatiladi. Ular yong`in bo`lgan taqdirda qabul qilish apparatiga signal yuboradi. 
Bunday sistemalar 
yong`in signalizatsiyasi deb ataladi. Yong`inni avtomatik 
signalizatsiya qurilmasi (YoASK) to`gri va aylanasimon sxemada o`rnatiladi. Ular ishlatiladigan 
datchiklar turiga bog`liq holda issiqlik, tu tun muhofazalovchi va kombinatsiyalashgan turlarga 
bo`linadi. Bu qurilmalar yong`in va muhofaza-yong`in turlariga bo`linadi. Yong`indan muhofaza 
sistemalari qimmatbaho materiallar saqlanadigan omborlarda, turar joy kvartallarida ishlatiladi. Yong`in va 
uning muhofaza signalizatsiyasining asosiy elementlariga yong`in to`g`risida xabar beruvchi qurilma 
qabul qilish stantsiyasi, aloka tarmog`i, kuchlanish manbai, tovushli yoki yorug`likli signal qurilmasi 
kiradi. 
Yong`in avtomatik signalizatsiyasiga APST-1, signalizatsiyali issiqlik yong`in qurilmasiga-
STPU-1 lar misol bo`la oladi. Ushbu qurilmalardagi yong`in to`g`risida avtomatik xabar beruvchi 
moslamalar muhitdagi issiqlik o`zgarishi, tutun va issiqlik o`zgarishi hamda yorug`lik 
energiyasining o`zgarishini qayd etish asosida ishlaydi.
DTL rusmli yong’in darakchisi Avtomatlashgan yong’in o’chirish
qurilmasining bashqaruv signal berish qismi. 


Yong`in va portlashning sabablari. Yong`in kelib chiqishini asosiy sabablariga 
quyidagilarni misol tariqasida keltirishimiz mumkin: taqiqlangan joylarda chekish, ochiq alangalardan 
foydalanish, yong`in xavfsizligi bo`yicha texnologik jarayonlarni buzish yoki ularga amal qilmaslik
materiallarni saqlash qoidalariga rioya qilmaslik, statik elektr zaryadlariga qarshi texnik 
qurilmalardan foydalanmaslik, atmosferaning kuchli zaryadlaridan himoyalovchi qurilmalardan 
foydalanmaslik (yashin vaqtida 2 V dan 8 mln V kuchlanish, 200000 A tok kuchi miqdorida elektr 
zaryadlari hosil bo`lishi mumkin), ichki yonuv dvigatellarini sinash va ulardan foydalanish qoidalariga 
rioya qilmaslik, elektr jihozlari va qurilmalarini noto`g`ri o`rnatish yoki ularni zo`riktirish, isitish 
sistemalaridan noto`g`ri foydalanish, bug` qozonlari va issiqlik generatorlaridagi avtomatik 
qurilmalarning nosozligi yoki ularning noto`g`ri o`rnatilishi, ishlab chiqarish binolari havosi 
tarkibidagi gaz, bug` va changlarni me`yorlashtirilmaganligi va hakoza. 

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling