Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc


Download 0.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/149
Sana18.10.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1707369
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   149
Bog'liq
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Ilm kitobi

www.ziyouz.com kutubxonasi 
130
Haqiqatni bilgilki, albatta, zamon ahlining biluvchirog‘i va haqqa yaqinrog‘i sahobalarga 
yaqin bo‘lgani va salaflar yo‘lini tutganidir. Din ana shulardan olinadi. Shuning uchun Ali 
(r.a.): «Bizlarning yaxshilarimiz mana shu dinga tobe’ bo‘lganlarimizdir», deganlar. Agar 
unga falon kishiga xilof qilding, deb aytilsa, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) ahli 
zamonlariga muvofiq ish qilish to‘g‘risidagi o‘z zamondoshlariga muxolafati uchun 
qayg‘urish lozim bo‘lmaydi. Unda Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) zamonlariga 
muvofiq kelingan bo‘ladi. Chunki kishilar tabiatlari moyil bo‘lgan narsaga qaraydilar. 
Ko‘pincha, nafslari buni e’tirof etishga ijozat bermaydi. Ana shuning o‘zi jannatdan 
mahrum bo‘lishga sabab bo‘ladi. Ular esa, jannatga shu yo‘ldan boshqa yo‘l yo‘q, deb 
da’vo qilishadi. Shuning uchun Hasan Basriy aytganlar: «Islomda ikki toifa kishi yangilik 
(bid’at) yaratdi: 1. Yomon fikr egasi. Uning gumonicha, albatta jannat ko‘ruvchi kishiga 
uni rayidekdir. 2. Dunyoga ibodat qiluvchi tog‘iy (haddidan oshuvchi). U dunyo uchun 
g‘azab qilib, dunyo uchun rozi bo‘lib, uning talabida yuradi. Ularni o‘tga uloqtirish 
lozim».
Kishilar yo oxiratga, yoki havoyi nafsiga chaqiruvchi bo‘ladi. Alloh asraganlari esa, solih 
salaflarga mushtoq bo‘lib, ularning fe’l-atvorlarini o‘rganib, izlaridan ergashganlardir. 
O‘sha zotlar ulug‘ ajrlarga sazovor bo‘lgaylar. Ana shu zotlardek bo‘linglar. 
Ibn Mas’uddan rivoyat qilingan mavquf xabarda keltirilishicha, u zot aytadilar: «Albatta, 
u (to‘g‘ri yo‘l) ikkitadir: kalom va hidoyat. Kalomlarning yaxshisi Allohning kalomidir. 
Hidoyatlarning yaxshisi Rasulullohning (s.a.v.) hidoyatlaridir. Ishlarning yangisidan 
ehtiyot bo‘linglar. Albatta ishlarning yomoni yangi paydo bo‘lganidir, yangi paydo 
bo‘lgan narsa bid’atdir. Har bir bid’at zalolatdir. Orzu-havasni uzun qilishdan 
saqlaninglar, unda qalblaringiz qattiq bo‘lib qoladi. Ogoh bo‘linglarki, har bir keluvchi 
narsa yaqindir. Ogoh bo‘linglarki, uzoq bo‘lgan narsa keluvchi emasdir».
184
184. Ibn Moja rivoyati. Hadis mana shu lafz bilan zaifdir. 
Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) xutbalarida aytganlarki: «Boshqalar aybini qo‘yib, 
o‘zining aybi bilan shug‘ullanuvchi kishiga, halol kasb qilgan molidan infoq qiluvchiga
fiqh va hikmat ahllariga aralashuvchiga, osiy va xatokor kishilardan yiroq bo‘luvchiga 
qandayam yaxshi. Nafsini past ko‘rib, xilqatini chiroyli qilib, o‘zini isloh etib, insonlarga 
yomonlik qilishdan tiyilib, sunnatda kengayib, bid’atga qadam bosmagan kishiga ham 
qanday yaxshi».
185
Ibn Mas’ud aytadilar: «Umrning oxirida chiroyli hidoyatda bo‘lish ko‘p amal qilishdan 
yaxshidir. Sizlar shundoq bir zamondasizlarki, bunda sizlarning yaxshilaringiz amal 
qilishga shoshilganingizdir. Sizlardan keyin shundoq zamon keladiki, shubhalar ko‘p 
bo‘lganidan sabot bilan to‘xtab turish yaxshi ish sanaladi».
Haqiqatda u zot rost aytganlar. Kimki bu zamonamizda bosiqlik qilmay, odamlarga 
ergashib, sho‘ng‘igan narsalariga sho‘ng‘isa, ular bilan birga halok bo‘lur. 
Huzayfa (r.a.) bundan-da ajablanarlisini aytganlar: «Oldingi zamonda inkor qilinganingiz 
bugungi yaxshilaringizdir. Bugun inkor qilinganlaringiz ertangi kunning yaxshilaridir. 
Modomiki, haq bo‘lib, olimlaringizni past sanamas ekansizlar, yaxshilikda bardavom 
bo‘lasizlar». 


Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling