Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy
www.ziyouz.com kutubxonasi
56
qanday qilib birovga g‘azab qiladi. Tavhid mana shunday maqom, u siddiqlarning
maqomi.
88. Tabaroniy Abu Umomadan zaif isnod bilan rivoyat qilgan.
Endi sen «tavhid» lafzi nima ma’nolarga o‘girilganiga va u qaysi qobiq bilan o‘ralganiga
nazar tashla. Uni maqtanish va faxrlanishda qo‘llash uchun oldilar.
Bu hol bir odam tong
ottirib, yuzini qiblaga burib:
«Men haq yo‘lga moyil bo‘lgan holimda yuzimni osmonlar va yerni yaratgan
Zotga qaratdim» (An’om surasi, 79-oyat), degan odamning quruq gapiga o‘xshaydi.
Agar u qalbini xolis Alloh taologa qaratmagan bo‘lsa, demak, har kuni ushbu yolg‘on
so‘zi bilan U zotga yuzma-yuz bo‘ladi. Ka’ba esa osmonlaru
yerni yaratgan Zotning
tarafi emaski, unga yuzlangan odam Allohga yuzlangan hisoblansa. Agar u odam
«yuzimni» deganda qalb yuzini iroda qilgan bo‘lsa, ana o‘sha talab etilgan ibodatdir.
Endi qalbi shahvat va dunyo hojatlari ichida faromush bo‘lib,
mol-dunyo jamlash, obro‘-
martabaga yetishish haqidagi turli xayollarni o‘ylagan va o‘zini butunlay ularga qaratgan
odamning so‘zi qanday qilib rost bo‘lsin?! Qanday qilib, osmonlaru
yerni yaratgan Zotga
yuzini qaratgan bo‘lsin?!
Holbuki, muvahhid – tavhid e’tiqodidagi kishi yolg‘iz Allohdan o‘zgani ko‘rmaydigan va
yuzini faqatgina Unga qaratadigan kishidir. Ushbu holat Alloh taoloning:
Do'stlaringiz bilan baham: