Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Ilm kitobi
www.ziyouz.com kutubxonasi
64 oxirigacha harakat qilishdan qaytarilmaydi. Bas, shunday ekan, ikki ishdan birini tanla: yo o‘zing bilan mashg‘ul bo‘l, yoki o‘zingni qo‘yib, boshqalar uchun mashg‘ul bo‘l. Ammo o‘zingni isloh qilmay turib, boshqalarni isloh qiluvchi narsalar bilan mashg‘ul bo‘la ko‘rma. Agar o‘zing bilan mashg‘ul bo‘lmoqchi esang, holating senga farz qilgan ilm bilan shug‘ullan. Namoz, tahorat, ro‘za kabi zohiriy amallarni o‘rganish o‘sha farz ilmlardan. Ammo barcha beparvo bo‘lgan qalb sifatlari ilmi ham borki, u juda muhimdir. Qalb sifatlarining mahmud va mazmum turlari mavjud. Bu ilmni o‘rganish lozimligiga sabab inson ojizlik, hasad, riyo, kibr va manmansirash kabi mazmum sifatlardan to‘la xoli bo‘lmasligidir. Bu sifatlarning barchasi halokatga olib boradi. Ularga beparvo bo‘lmaslik kerak. Faqat zohiriy ilmlar ila mashg‘ul bo‘lib, qalb ilmiga e’tibor qilmaslik bir odamning qichima kasaliga chalinib, oshiqcha moddani qon yoki ich surish orqali chiqarib yuborishga e’tibor bermasdan, tananing yuzasiga yog‘ surtish bilan ovora bo‘lganiga o‘xshaydi. Ulamolarning soxtalari faqat terini yog‘lashga buyurgan tabiblar kabi, zohiriy amallargagina undaydilar. Oxirat ulamolari esa, zohiriy amallarga botinni poklashni, yomonlik ildizlarini qo‘porib tashlashni uqtirish bilan barobar ravishda buyuradilar. Achchiq dorini ichish badanni yog‘lashdan qiyin bo‘lgani kabi, qalbni harakatga keltirish badanni harakatlantirishdan qiyin, shuning uchun odamlar qalbni poklashdan ko‘ra zohiriy amallarga shoshib boradilar. Badan qayta-qayta yog‘layverishdan charchaydi, moddalar ko‘payib ketgach, kasallik yanada kuchayadi. Agar sen oxirat muridi, najot tolibi va abadiy halokatdan qochuvchi bo‘lsang, u holda botiniy illatlar ilmi bilan mashg‘ul bo‘l. Ularni davolash yo‘lini «Rub’ul muhlikot» bobida mufassal bayon qilganmiz. Ana shundan so‘ng o‘sha ilmlar seni shubhasiz «Rub’ul munjiyot»da bayon qilingan mahmud maqomlarga yetaklaydi. Qalb mazmum illatlardan xoli bo‘lsa, mahmud narsalar bilan to‘ladi. Turli ekin va rayhonlar ham begona o‘tlardan tozalangan yerda o‘sadi. Agar yer tozalanmasa, u holda hech narsa unmaydi. Faqat farzi kifoyalar bilan mashg‘ul bo‘lib qolma. Chunki xalq orasida uni bajaruvchilari ko‘p. Boshqalar foydasi uchun o‘zini halok qiluvchi kishi nodon kishidir. Kiyimlari ichiga ilon, chayonlar kirib olgan va uni o‘ldirmoqchi bo‘lib turgan holida, kishi o‘zini o‘ylamay, boshqalardan pashshani haydash uchun vosita qidirib yurishi o‘ta axmoqlikdir. Agar sen nafsingni poklab, zohiriy va botiniy gunohlardan forig‘ bo‘lsang va bu hol senga odatga aylansa, ana o‘shandagina farzi kifoyalar bilan mashg‘ul bo‘lishing mumkin. Vaholanki, sen gunohlardan xoli emassan. Shunda ham tadrij (bosqichma-bosqich o‘rganish) qoidasiga rioya qil. Buning uchun, avvalo, Allohning kitobidan, so‘ngra Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) sunnatlaridan boshla. Keyin tafsir, nosix-mansux, mafsul- mavsul, muhkam-mutashobihga o‘xshash qur’oniy ilmlarni o‘rgan. Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) sunnatlariga oid ilmlarni o‘rganish ham qur’oniy ilmlar kabi lozim- lobud bo‘lgan ilmdir. Bularni yaxshilab ta’lim olgach, fiqh ilmidagi far’iy, ya’ni, mazhab ilmini o‘rgan. Xilof ilmi esa, lozim emas. Undan keyin fiqh ilmini o‘rganish lozim. Qolgan ilmlarni vaqting va umring yetganicha o‘rganaver. Bir fanni o‘rganaman deb, faqat shu fanga g‘arq bo‘lib ketma. Chunki ilm ko‘p, umr esa, qisqadir. Ilmlar xuddi asbob yoki muqaddimaga o‘xshaydi. Ular boshqa narsalarga erishish uchun kerak bo‘ladi. Boshqa narsalar uchun talab qilinadigan ilm bilan ovora bo‘lib, asl matlab- maqsad esdan chiqib qolmasligi kerak. Lug‘at ilmida arablarning gapini, Qur’on va hadisning g‘arib so‘zlarini tushunadigan miqdorida kifoyalan, unda juda chuqur ketma. Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling