Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Ilm kitobi
www.ziyouz.com kutubxonasi
65 Nahv ilmida ham xuddi shunday, Kitob va sunnatga oid qismini yaxshilab o‘rgansang yetadi. Har qanday ilm borki, uning iqtisori (qisqasi), iqtisodi (o‘rtachasi) va istiqsosi (ziyodasi) mavjud. Sen qiyoslashing uchun bu o‘lchovlarga hadis, tafsir, fiqh va kalom ilmlari orqali izoh berib o‘taman: Tafsirdagi iqtisorga Ali al-Vohidiy an-Nisoburiy tasnif qilgan «Al-vajiyz» kitobi misol bo‘ladi. Iqtisor Qur’onni uning ikki barobari miqdorida tafsir qilishdir. Iqtisod deb Qur’onga uch barobar keladigan tafsirga aytiladi. Undan ortig‘i istiqso deyiladi. Bunday tafsir umrning oxirigacha ham qilinishi mumkin. Hadis ilmidagi iqtisorga hadis matnlarini yaxshi biluvchi kishi yordamida Imom Buxoriy va Imom Muslim «Sahih» kitoblarini o‘qib-o‘rganish misol bo‘ladi. Ammo hadis roviylarining ismlarini yod olish lozim emas. Chunki sendan oldingilar bu muhim vazifani bajarib bo‘lishgan. Iqtisod degani qo‘shimcha sahih «Musnad»larni ham bilishdir. Istiqso esa, naql qilingan hadislarni zaif, kuchli, sahih, saqim (kasal) va rivoyat yo‘llarini aniqlashdan iborat. Hadis roviylarining holati, ismlari va sifatlarini bilish ham istiqso hisoblanadi. Fiqh ilmida esa, iqtisor Muzaniy rahimahullohning «Muxtasar»i ichiga olgan qismiga teng. Biz bu kitobni «Xulosatul Muxtasar»da aynan keltirganmiz. «Al-vasiyt minal mazhab» kitobimizga yoki «Muxtasar ul-Muzaniy»ning uch barobari miqdoriga teng qismi iqtisod deyiladi. «Al-vosit» nomli kitobimizdagi yoki undan ham ko‘proq miqdorda bo‘lgan fiqh ilmiga istiqso deb aytiladi. Kalom ilmidan ko‘zlangan maqsad salafi solihlar tomonidan naql etilgan ahli sunna e’tiqodini himoya qilishdir, boshqa maqsad yo‘q. Undan boshqa maqsadlar uchun kalom ilmini o‘rganish ishlarning haqiqatini haq bo‘lmagan turli yo‘llar bilan kashf qilish hisoblanadi. Sunnatni himoya qilishdan murod muxtasar uslub bilan iqtisor bo‘lgan tahsil olishdir. Mana shu kalom ilmidagi iqtisor deyiladi. U «Qavoidul aqoid» kitobi miqdorichadir. Kalom ilmidagi iqtisod deyilganda, «Al-iqtisod fil e’tiqod» kitobimizda keltirganimiz kabi, kamida yuz varaqdan iborat miqdor tushuniladi. Iqtisod darajasida kalom ilmini o‘rganishdan asosiy maqsad turli bid’atchilarning bid’atiga qarshi kurashish va omi insonlar qalbidan ular kiritgan bid’atlarni chiqarib tashlashdir. Ushbu tarzdagi munozara uslubi mutaassiblik darajasi kuchli bo‘lmagan avom kishilarga foyda beradi. Ammo mubtadi’ga kalom ilmi kamdan-kam holatda naf’ beradi. Agar sen uni hujjatlar bilan mot qilib qo‘ysang ham, u mazhabidan, yo‘lidan voz kechmaydi. O‘zi javob berolmaydi, lekin boshqa mazhabdoshlari javob beradi deb gumon qiladi. Mujodala quvvati bilan uni hayron qilib qo‘yasan. Avomlar xohish-istaklariga qattiq yopishib olmagan bo‘lsalar, bahs yo‘li ila burib yuborilgan nohaqlikdan ularni yana bahs quvvati ila haqiqatga qaytarsa bo‘ladi. Ammo mutaassiblik yo‘liga o‘tgan bo‘lsalar, u holda ulardan umid uziladi. Chunki mutaassiblik aqidalarning qalblarda mustahkam o‘rnashib olishiga sabab bo‘ladi. Xuddi mana shu narsa olimlarga tekkan yomon ofatlardandir. Ular haq uchun taassubda haddan oshib ketadi va natijada muxoliflarini mensimaydilar va past ko‘radilar. So‘ng ularda teng kurashish, mashhur bo‘lish da’vosi tug‘iladi. Agar ular lutf-marhamat ila xilvatda nasihat qilish yo‘li bilan mujodala qilganlarida, so‘zsiz muvaffaqqiyat qozonar edilar. Ammo mutaassiblik, boshqalarni tahqirlash hech qachon yaxshi natija keltirmaydi. Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling