Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Ilm kitobi
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Sen Fir’avnning oldiga bor, chunki u haddidan oshdi»
www.ziyouz.com kutubxonasi
61 qiladilar. Zero, nafslar nodir narsalarga moyil bo‘ladi va undan lazzat oladi. Shu yo‘l orqali botiniylar o‘z fikrlariga muvofiqlashtirib, kalimalarning zohirini ta’vil qilish bilan shariatni buzishmoqchi bo‘ladi. Biz ularning mazhablari haqida botiniylarga raddiya sifatida tasnif etilgan «Mustazhar» kitobida keltirganmiz. Ahli tommotning ta’viliga Alloh taoloning: «Sen Fir’avnning oldiga bor, chunki u haddidan oshdi», degan so‘zidagi ta’villari misol bo‘ladi. Ular: «Fir’avn so‘zidan murod kishining qalbiga ishora, u insoniyatga qarshi haddan oshgan qalbdir», deyishadi. Yana bir oyati karimadagi: «Asoyingni tashla», degan so‘zni Alloh taolodan boshqa suyaniladigan narsani uloqtirish lozim, deb tushuntirishgan. Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam): «Saharlik qilinglar, chunki saharlikda baraka bordir», 98 deganlarini, saharlik vaqtida istig‘for aytish, deya ta’vil qilishgan. 98. Muttafaqun alayh Bunga o‘xshash misollar ko‘p. Hatto ular Qur’oni karimning boshidan oxirigacha zohiriy ma’nosini buzib tashlashdi. Ibn Abbos va boshqa ulamolardan naql qilingan tafsirlarni o‘zgartirishdi. U ta’villarning ayrimlari qat’iy botilligi aniqdir. Masalan, «Fir’avn»ning qalbga ta’vil qilingani. Zero, Fir’avn tarixiy shaxs ekani, Muso (a.s.) uni da’vat etganlari bizga tavotur yo‘li ila yetgan. Shuningdek, Abu Jahl, Abu Lahab va boshqa kofirlar shayton yoki maloikalar jinsidan emaski, his qilish orqali bilib bo‘lmay, u lafzlarni ta’vil qilishga ehtiyoj tug‘ilsa. Yoki saharlikni istig‘forga yo‘yish-chi! Rasululloh saharlikda taom yeganlar va «saharlik qilinglar», 99 «barakali ovqatga kelinglar», 100 deganlar. Bular tavotur yo‘li ila bilingan ishlardir. Ahli tommotning mazkur ta’villari botilligi naqlan ma’lumdir. Ammo ayrim ta’villarning botilligi g‘olib gumon bilan bilinadi va bu bilish his etish mumkin bo‘lmagan ishlarga taalluqli. Bunday ta’villarning barchasi harom, zalolat va dinni buzishdir. Bu ta’vilotlarda na sahobalardan, na tobe’inlardan va na xalqqa va’z aytib, da’vat etishlariga qaramay, Hasan Basriydan biron narsa naql qilingan. Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam): «Kim Qur’onni rayiga qarab tafsir qilsa, o‘ziga jahannamdan joy hozirlasin», 101 degan so‘zlari ma’nosi mana shu o‘rinda namoyon bo‘ladi. Bundan Qur’onni istinbot va fikr bilan tafsir qilish mumkin emas, degan ma’noni tushunmaslik kerak. Ayrim oyatlar borki, u haqda sahobalar va mufassirlar besh, olti va yettitagacha ma’nolarni naql qilishgan. Va ularning barchasini ham Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytmaganlarini yaxshi bilamiz. Gohida ma’nolar bir-biriga zid kelib qolishi mumkin. Demak, bu hol uzun tafakkur va go‘zal tushunish orqali kelib chiqqandir. Shu bois Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Ibn Abbos (r.a.) haqlariga: «Allohim, uni din ilmida faqih qil va unga ta’vilni o‘rgat», 102 deb duo qilganlar. Tommot ahlidan kimki, lafzlardan ko‘zlangan maqsad boshqa ekanini bilgani holda shu kabi ta’villarga ijozat so‘rasa va u bilan xalqni Xoliqqa da’vat qilyapman deb hisoblasa, u Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) haqlarida to‘qima va uydirma so‘z aytish joiz, degan kimsaga o‘xshaydi. Bu hol to‘g‘ri deb qaralayotgan har bir masala haqida Rasulullohga (sollallohu alayhi vasallam) nisbat berib hadis to‘qish kabidir. Bu esa, zulm va zalolatdir, Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam): «Kim menga qasddan yolg‘on to‘qisa, joyini jahannamdan hozirlasin», 103 degan so‘zlaridan tushunilgan va’idga doxildir. Ana endi sen xalqni da’vat etuvchilarni shayton mahmud ilmlardan mazmum ilmlarga Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling