Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Ilm kitobi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Beshinchi lafz
www.ziyouz.com kutubxonasi
62 qanday burganini bilib olding. Bas, bularning barchasi yomon ulamolar ismlarni o‘zgartirib ishlatgan nayranglaridir. Agar sen ilk asrda tanilgan narsaga qaramay, mashhur ismlarga tayangan holda ana o‘shalarga ergashsang, hikmat orqali sharafni talab qilgan kishidek bo‘lib qolasan. Chunki hakim nomi hozirgi asrda tabib, shoir va munajjimlarga qo‘llanilmoqda. Va bu hol lafzlarning o‘zgartirilganidan g‘aflatda qolganing sabablidir. 99. Imom Buxoriy rivoyati. 100. Abu Dovud, Nasoiy, Ibn Hibbonlar Irboz ibn Soriyadan rivoyat qilishgan. Ibn Qatton bu hadisni zaif degan. Alboniy esa «kelinglar» lafzi ila sahih degan. 101. Termiziy Ibn Abbosdan hasan holda rivoyat qilgan. Alboniy va Zahabiylar zaif deyishgan. 102. Imom Buxoriy, Ahmad, Ibn Hibbon va Hokimlar sahih isnod ila rivoyat qilishgan. 103. Muttafaqun alayh. Beshinchi lafz: «Hikmat». Hakim nomi ham endilikda o‘zgartirilib, tabib, shoir va munajjimlarga nisbatan qo‘llanilmoqda. Hatto ko‘chalardagi eng past tabaqa – oshiq o‘ynaydiganlarga ham. Holbuki, hikmat Allohning kalomida: «U o‘zi istagan kimsaga hikmatni beradi. Kimga hikmat berilgan bo‘lsa, bas, muhaqqaqki, unga ko‘p yaxshilik berilibdi» (Baqara surasi, 269-oyat), deya maqtalgan. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) ham: «Kishining hikmatdan bir kalima o‘rganmog‘i u uchun dunyo va undagi barcha narsalardan xayrlidir”, deganlar. 104 Shunday ekan, sen hikmat asli qaysi ma’noni ifodalaganigayu endi qaysi ma’noga o‘girilganiga quloq sol, u bilan yuqorida zikri o‘tgan lafzlarni qiyosla va yomon ulamolarning nayranglari sababli aldanib qolishdan ehtiyot bo‘l. Zero, ularning dinga bo‘lgan zarari shaytonlarning zararidan kattaroqdir. Chunki shayton ular vositasida xalqning qalbidan asta-sekin dinni sug‘urib olishga erishadi. Shu tufayli ham Rasulullohdan (sollallohu alayhi vasallam) xalqning yomoni haqida so‘rashganda, u zot javob bermaganlar. Balki, «Allohim, mag‘firat ayla», deganlar. Sahobalar takror-takror so‘rayverganlaridan so‘ng, «Ular yomon olimlardir», 105 deb javob qilganlar. 104. Bunga o‘xshashi yuqorida keldi. 105. Doramiy Ahvas ibn Hakimdan mursal holda, Bazzor esa Muozdan zaif sanad bilan rivoyat qilgan. Sen mahmud va mazmum ilmni, ularning chigal yerlarini bilib olding. Endi nafsingga boq, salaflarga ergashish yoki g‘ururlanib pastga tushish va xalaflarga o‘xshash ixtiyori o‘zingda. Salaflar rozi bo‘lgan ilmlarning barchasi yo‘q bo‘lib ketdi. Odamlar mashg‘ul bo‘lgan ishlarning ko‘pi yangi paydo bo‘lgan va bid’at ishlardir. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Islom g‘arib holda boshlandi, yaqinda yana ibtidoda bo‘lganidek, g‘arib holiga qaytadi. Bas, g‘ariblar uchun xursandchilik bo‘lsin», dedilar. «G‘ariblar kimlar?» deb so‘rashdi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Ular odamlar buzib yuborishgan sunnatimni isloh etadigan va o‘ldirib yuborishgan sunnatimni tiriltiradigan kimsalardir», 106 deb javob qildilar. Bu muborak so‘z naqadar to‘g‘ri! Boshqa bir rivoyatda: «Ular bugun siz ustida turgan narsani mahkam ushlovchilardir», 107 deyilgan. Boshqa bir hadisda: «G‘ariblar ko‘p insonlar orasidagi ozgina solih kishilardir. Xalqning ichida ularni yaxshi ko‘radiganlaridan ko‘ra, yomon ko‘radiganlari ko‘proqdir», 108 deyilgan. Haqiqatda ushbu ilmlar (ya’ni, salaflar ilmi) g‘aribga aylanib qoldi. Shu darajadaki, ularni eslagan kishidan nafrat qilinadi. Shuning uchun ham Savriy (r.a.): Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling