Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Ilm kitobi
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Biz kitob bergan kishilar (mo‘minlar) uni to‘g‘ri (buzmay) tilovat qiladilar»
www.ziyouz.com kutubxonasi
83 lozim», deb da’vo qilgan kishining holi ajablanarlidir, u shu bilan sarmoyasini zoe’ ketkazgan bo‘ladi. 131. Ibn Adiy zaif isnod ila Ibn Umardan rivoyat qilgandilar. Bayhaqiy esa, sahih isnod ila Umardan (r.a.) mavquf holda rivoyat qilgan. Bas, sen ilm talab qilishda haris bo‘l! Rushdi hidoyatga fuqaho va mutakallimlar matolaridan boshqa narsalarni o‘ylash bilan erishasan! Qisqacha aytganda, ilmlar orasida eng sharaflisi Allohni tanituvchi ilmdir. Bu ilm tubiga hech kim yeta olmaydigan dengiz yanglig‘. Ma’rifat dengizi qa’riga eng chuqur sho‘ng‘uvchilar anbiyolar, so‘ng avliyolar va so‘ng darajalariga ko‘ra boshqalar. Rivoyat qilinishicha, ikki donishmandning surati bo‘lib, birining qo‘lidagi bir parcha lavhda: «Sen hamma narsani chiroyli bajargan bo‘lsang ham, Alloh sabablarni yaratuvchi, ashyolarni bor qiluvchi ekanini bilib, Uni tanimaguningcha, biror narsani chiroyli qildim, deb o‘ylama», deb, ikkinchisinikida esa: «Alloh ma’rifatiga erishmasdan avval ichib, yana chanqayverardim. Uning ma’rifatiga erishganimdan so‘ng ichmasdan chanqog‘im qonadigan bo‘ldi», deb yozilgan ekan. Yettinchi vazifa: Avvalgi fanni mukammal o‘rganmasdan turib, boshqasiga kirishmaslik. Chunki ilmlarning zaruriyatiga ko‘ra tartib-martabasi bor. Bir ilm ikkinchi ilmga yo‘l vazifasini o‘taydi. Demak, o‘sha tartib va tadrijga rioya qilgandagina muvaffaqiyat qozoniladi. Alloh taolo Qur’oni karimda shunday deydi: «Biz kitob bergan kishilar (mo‘minlar) uni to‘g‘ri (buzmay) tilovat qiladilar» (Baqara surasi, 121- oyat). Ya’ni, bir fanni ilmiy, amaliy o‘rganmaguncha, boshqasiga o‘tmaydilar. Demak, har bir ilmni mukammal o‘rganib bo‘lgach, ulardan yuqori darajadagi ilmga kirishmoq lozim. Biror ilmga uni o‘rganayotganlar ixtilofga berilib ketganlari bois, fosid ilm deya baho bermaslik kerak. Chunki odamlardagi ixtilof ilmdagi ixtilof emas. O‘sha ilm egalaridan bittasi yoki bir nechtasining xatosi tufayli uni badnom qilmaslik kerak. Olimlarning ilmlariga amal qilmasligi ham yuqoridagi fikrga olib bormasin. Bir guruh insonlarning aqliy va fiqhiy nazar qilishni tark etganlarini ko‘rasan. Ular qilmishlariga bahona sifatida: «Agar bu ilmning asosi bo‘lganida edi, ilm arboblari uni topgan bo‘lardi», deyishadi. Ushbu shubha «Me’yorul ilm» kitobida ochiq bayon etilgan. Bir toifa odamlarning esa, bir tabib xatosi uchun tibbiyotni botil, deyishini ko‘rasan. Yana bir guruh odamlar birinchi marta duch kelganida ilmi nujumni to‘g‘ri deb e’tiqod qilishadi. Boshqa birovlari munajjimlarning xatosini ko‘rib, ilmi nujumni mutlaqo xato deb hisoblashadi. Aslida ikkala toifaning nazari ham xatodir. Chunki har bir narsani avvalo o‘ziga qarab tanish lozim. Shuni unutmaslik lozimki, har qanday ilm chegarasi odamlar uni o‘rgangan darajadan ko‘ra kengroqdir. Xazrati Alining (r.a.) so‘zlari ham shuni tasdiqlaydi: «Haqiqatni odamlarga qarab tanima, balki avval haqni tani, keyin ahlini tanib olasan!» Sakkizinchi vazifa: Sharafli ilmlarga olib boradigan sabablarni ham bilish lozim. Sabablar deganda ikki narsa nazarda tutilyapti: birinchisi, natijaning sharafli bo‘lishi, bunga din va Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling