Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Ilm kitobi
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Endi agar o‘sha (vafot qilguvchi kishi Allohga) yaqin qilingan, (peshqadam)lardan bo‘lsa, u holda (uning uchun) rog‘at-farog‘at, go‘zal rizq va
www.ziyouz.com kutubxonasi
86 Saodatga esa, Alloh taoloni taniganlar – oriflar erishadi. Ular jannat ne’matlari, rayhonlari va xush bo‘ylaridan nasibadordirlar. Kamolot cho‘qqisiga chiqishdan to‘silganlar faqat najot va salomatlikka erishadi. Alloh Qur’onda: «Endi agar o‘sha (vafot qilguvchi kishi Allohga) yaqin qilingan, (peshqadam)lardan bo‘lsa, u holda (uning uchun) rog‘at-farog‘at, go‘zal rizq va noz-ne’matli jannat bordir. Endi agar u o‘ng tomon egalaridan bo‘lsa, u holda (ey saodatmand bandam), senga o‘ng tomon egalaridan salom bo‘lgay!» (Voqea surasi, 88-91-oyatlar) deydi. Kim to‘g‘ri maqsad sari yuzlanmasa, harakat qilmasa, yoki undan boshqa tomonga harakat qilsa, yo g‘oyasi Allohga qullik qilish va Uning amrini bajarish emas, balki bu dunyoning turli narsalari bo‘lib qolsa, unday kimsa «ashabush-shimal» (chap tomon egalari), adashganlar toifasidagi kishiga aylanadi. Bundaylar uchun ichimligi qaynoq suvdan bo‘lgan o‘rinlar va jahannamga kirish bordir. Bilgilki, yetuk ulamolar nazdidagi «haqqul yaqiyn» mana shudir. Ular moddiy ko‘zlardan ko‘ra kuchliroq, ravshanroq bo‘lgan botin ko‘zi ila mushohada yuritadilar va faqat eshitish bilan hosil bo‘luvchi taqliddan yuqori ko‘tariladilar. Ularning holati xuddi o‘zlariga kelgan xabarni tasdiqlab, ishonib, so‘ngra qo‘shimcha mushohada qilib, o‘sha xabarni tadqiq qilishga, boshqalarning holati esa, mushohada va fikrdan benasib holda faqat ishonib tasdiqlashga o‘xshaydi. Haqiqiy saodat mukoshafa ilmi ortidadir. Mukoshafa ilmi esa, muomala ilmi ortidan keladi. Muomala ilmi deganda oxirat sari safarga chiqish va yaramas sifatlardan xalos bo‘lish haqidagi ilm tushuniladi. Ulug‘ safarga otlanish ilmi mazmum sifatlar ilmidan keyin o‘rganiladi. Muolaja yo‘li va bu yo‘lda qanday yurishni o‘rganuvchi ilm badan salomatligi ilmi va unga yordamchi bo‘lgan ilmlardan keyin turadi. Badan salomatligi odamlarning o‘zaro yordamlashuvi, hamkorligi bilan paydo bo‘ladi. Zero, o‘zaro yordamlashuv bilan maskan, taom va kiyinish kabi odatlar rivojlanadi. U (badan salomatligi ilmi) faqih zimmasida bo‘lgan, sultonning odamlarni adolat va siyosat bilan tutib turadigan qonunlariga bog‘liq. Ammo sog‘likning sabablari tabibning zimmasidadir. «Ilm ikkiga bo‘linadi: badan ilmi va din ilmi», deb aytgan kishi bu so‘zlari bilan botiniy aziz ilmni emas, balki xalq ichida keng tarqalgan zohiriy ilmlarnigina iroda qilgan. Agar sen: «Nima uchun fiqh va tib ilmini yo‘l ozuqasi va ulovini tayyorlashga o‘xshatdingiz?» desang, bilgilki, Allohga yaqinlashish uchun yo‘lga chiquvchi deyilganda, badan emas, qalb tushuniladi. Qalb deganda bizga ko‘rinadigan bir parcha go‘shtni nazarda tutayotganim yo‘q. Balki, u hissiy a’zolar bilan idrok qilib bo‘lmaydigan ilohiy sirlardan bir sirning, yashirin ne’matlardan bir ne’matning nomidir. Gohida u «ruh», gohida esa, «nafsi mutmainna» (xotirjam nafs), deyiladi. Shariat uni «qalb» deb nomlaydi, chunki u o‘sha ilohiy sirning ulovidir. Uning vositasi ila butun badan o‘sha latofatga bir bosqich vazifasini o‘taydi. Bu sirning pardasi faqatgina mukoshafa ilmi bilan ochiladi. Mukoshafa ilmidagi o‘sha sirning pardasini ko‘tarishga, uni ochiq zikr qilishga izn berilmagan. Mukoshafa ilmining asroridan o‘rganish izn berilgan miqdori zikr qilinadigan bo‘lsa, u holda shunday deyish mumkin: Qalb qimmatbaho javhar, butun ko‘z oldimizda Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy www.ziyouz.com kutubxonasi 87 namoyon narsalar orasida eng aziz va sharafli durdir. Va u ilohiy ishdir. Alloh taolo Qur’oni karimda ruh haqida shunday deydi: Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling