Microsoft Word islom karimov asarlar 19-jild ziyouz com doc


“O‘zbekiston Respublikasida jamoatchilik nazorati


Download 2.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet31/59
Sana18.06.2023
Hajmi2.84 Kb.
#1572195
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   59
Bog'liq
19tom2011yilpdf

“O‘zbekiston Respublikasida jamoatchilik nazorati 
to‘g‘risida”gi Qonunni qabul qilish fursati yetdi. Qonunda jamoatchilik 
nazoratining turlari, shakllari va subyektlarini, nazorat predmetini, uni 
amalga oshirishning huquqiy mexanizmlarini, shuningdek, mazkur sohada 
amaldagi qonun hujjatlarini ijro etmagani uchun mansabdor shaxslarning 
javobgarligi shartlarini belgilab qo‘yish zarur.
Shu nuqtai nazardan qaraganda, Inson huquqlari sohasida milliy 
harakat dasturini ishlab chiqish dolzarb ahamiyatga ega. Ushbu dastur eng 
avvalo huquqni muhofaza qilish va nazorat organlari tomonidan inson 
huquq va erkinliklarining himoya qilinishini ta’minlash, jamiyatda inson 
huquqlari bo‘yicha madaniyatni shakllantirish va shu kabi boshqa 
sohalarga oid qonunlarga rioya etilishi ustidan jamoatchilik monitoringini 
olib borishga qaratilgan chora-tadbirlarni o‘zida mujassam etishi kerak.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik 
to‘g‘risidagi kodeksiga jamiyat va davlat qurilishi, hududlarda ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishning turli sohalarida nodavlat notijorat tashkilotlari 
huquqlarini belgilab bergan qonun hujjatlari talablarini buzganlik uchun 
davlat organlari mansabdor shaxslarining javobgarligini kuchaytirishni 
nazarda tutadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish lozim.
Shular qatorida sog‘liqni saqlash, atrof-muhitni muhofaza qilish, 
aholini, ayniqsa, yoshlarni ish bilan ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj 
qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash va shu kabi katta sotsial ahamiyatga molik 
boshqa masalalar bo‘yicha muhim davlat dasturlarini amalga oshirishda 
nodavlat notijorat tashkilotlari ishtirokining huquqiy asosini yaratib 
beradigan qonun hujjatlari majmuasini ishlab chiqish dolzarb ahamiyat 
kasb etmoqda.
Xususan, atrof-muhitni himoya qilishni ta’minlash tizimida nodavlat 
notijorat tashkilotlarning roli va o‘rnini belgilashga qaratilgan “Ekologik 


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
52

Download 2.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling