Microsoft Word islom karimov asarlar 19-jild ziyouz com doc


V. Fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirish


Download 2.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet28/59
Sana18.06.2023
Hajmi2.84 Kb.
#1572195
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   59
Bog'liq
19tom2011yilpdf

V. Fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirish  
Aziz do‘stlar!
O‘zbekistonimiz bosib o‘tgan keyingi o‘n yillik davr aholimizning 
keng qatlamlari qo‘llab-quvvatlaydigan turli xil fuqarolik jamiyati 
institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlarning jadal shakllanishi va 
rivojlanishi davri bo‘ldi.
Mustaqilligimizning dastlabki yillaridayoq Konstitutsiyamizda 
nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga doir asosiy prinsiplarning 
mustahkamlab qo‘yilgani barcha aholi qatlamlari manfaatlarini aks 
ettiradigan bunday tashkilotlar keng tarmoqlarining rivojlanishi uchun 
qulay sharoit yaratdi.
Bugungi kunda mamlakatimizda jamiyat hayotining turli sohalarida 
5100 dan ziyod nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyat yuritmoqda va bu 
ko‘rsatkich 2000 yilga qaraganda 2,5 barobar ko‘pdir. Fuqarolar yig‘inlari 
va o‘zini o‘zi boshqarish organlari – mahallalar soni 10 mingdan ortiqni 
tashkil etadi. Bular qatorida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati
O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi, “Sog‘lom avlod uchun”, “Nuroniy” 
jamg‘armalari, “Ijod” fondi, Nodavlat notijorat tashkilotlar milliy 
assotsiatsiyasi va boshqa jamoat tashkilotlarini sanab o‘tish mumkin.
Fuqarolik institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hozirgi 
kunda demokratik qadriyatlar, inson huquq va erkinliklari hamda 
qonuniy manfaatlarini himoya qilishning muhim omiliga aylanmoqda, 
fuqarolarning o‘z salohiyatlarini ro‘yobga chiqarishi, ularning 
ijtimoiy, sotsial-iqtisodiy faolligi va huquqiy madaniyatini oshirish 
uchun sharoit yaratmoqda, jamiyatda manfaatlar muvozanatini 
ta’minlashga ko‘maklashmoqda.  
Bunday tashkilotlarning obro‘si oshib, mustahkamlanib borgani sari 
fuqarolik jamiyati institutlarining davlat va hokimiyat tuzilmalari faoliyati 
ustidan ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishdagi roli 
jamiyatimizda tobora ortib bormoqda. Bugungi kunda jamoatchilik va 
fuqarolik nazorati instituti jamiyatning davlat bilan o‘zaro samarali 
aloqasini ta’minlash, odamlarning kayfiyatini, mamlakatda kechayotgan 
o‘zgarishlarga munosabatini aniqlashning muhim vositalaridan biriga 
aylanmoqda.
Mamlakatimizda Ombudsman, Inson huquqlari bo‘yicha milliy 
markaz, “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik markazi, Amaldagi qonun hujjatlari 
monitoringi instituti kabi inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar va 


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
49
boshqa bir qator tashkilotlar faoliyat ko‘rsatmoqda. 
O‘tgan davr mobaynida mamlakatimizni demokratik yangilash jarayonida 
fuqarolik institutlarining roli va ahamiyatini kuchaytirishga, fuqarolarning 
eng muhim sotsial-iqtisodiy muammolarini hal etishga qaratilgan 200 dan 
ortiq qonun hujjatlari qabul qilingani ham bu soha rivojiga bo‘lgan katta 
e’tiborni ko‘rsatadi.
Aytish kerakki, fuqarolik jamiyati institutlari tizimida nodavlat 
notijorat tashkilotlarini tobora rivojlantirish, ularning mustaqil ish yuritishi 
va chinakam mustaqilligini ta’minlash, huquq va qonuniy manfaatlarini 
himoya qilish, faoliyatini tashkiliy-huquqiy, moddiy-texnikaviy jihatdan 
qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishga qaratilgan “Nodavlat notijorat 

Download 2.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling