Microsoft Word islom karimov asarlar 19-jild ziyouz com doc


tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunning


Download 2.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet29/59
Sana18.06.2023
Hajmi2.84 Kb.
#1572195
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   59
Bog'liq
19tom2011yilpdf

tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunning qabul 
qilinishi muhim ahamiyat kasb etdi.
So‘nggi yillarda “Jamoat fondlari to‘g‘risida”gi, “Homiylik 
to‘g‘risida”gi qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
“O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlari rivojlanishiga 
ko‘maklashish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va boshqa qator 
hujjatlar qabul qilindi va ular fuqarolik jamiyati institutlari ijtimoiy 
faolligini kuchaytirishda muhim omil vazifasini bajarmoqda.
Shuningdek, mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati 
Kengashlarining 
“Nodavlat notijorat tashkilotlarini, fuqarolik 
jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish 
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qo‘shma qarori ham alohida ahamiyatga 
ega bo‘ldi. O‘z navbatida, Oliy Majlis huzurida Jamoat fondi hamda 
tarkibiga nodavlat notijorat tashkilotlari va jamoat tashkilotlarining 
vakolatli vakillari bilan birga deputatlar, moliyaviy tuzilmalarning mas’ul 
xodimlari kirgan Parlament komissiyasining tashkil qilinishi ham e’tiborga 
sazovordir.
Mazkur komissiyaning faoliyati “uchinchi sektor” deb nom olgan 
fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlashga davlat budjetidan 
ajratilgan moliyaviy mablag‘larni yanada ochiq, oshkora, aniq 
yo‘naltirilgan va eng muhimi, demokratik asosda taqsimlashni ta’minlash 
imkonini bermoqda. Bu esa nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining 
tashkiliy-texnikaviy va iqtisodiy negizini mustahkamlashga samarali ta’sir 
ko‘rsatmoqda.


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
50
Faqat keyingi uch yilning o‘zida fuqarolik jamiyati institutlari taqdim 
etgan turli ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish uchun Oliy Majlis 
huzuridagi Jamoat fondi tomonidan 11 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ 
ajratildi.
Yurtimiz taraqqiyotining hozirgi bosqichida nodavlat notijorat 
tashkilotlari va boshqa fuqarolik institutlari rolini yanada kuchaytirish 
fuqarolik jamiyatini shakllantirish, demokratlashtirish va 
mamlakatimizning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi bo‘yicha o‘z 
oldimizga qo‘ygan maqsadimizni ro‘yobga chiqarishda hech bir 
mubolag‘asiz hal qiluvchi omil ekanini, o‘ylaymanki, kimgadir uqtirib 
o‘tirishga zarurat bo‘lmasa kerak.
Fuqarolik jamiyati institutlarining yanada rivojlanishiga erishish, 
amalga oshirilayotgan islohotlarimizning ochiq-oshkoraligi va 
samaradorligini ta’minlashda, ularning rolini kuchaytirishda “Ijtimoiy 

Download 2.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling