Microsoft Word islom terrorni lanatlaydi ziyouz com doc


«Bugun sizlar uchun barcha pokiza narsalar halol qilindi. Kitob berilgan


Download 232.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet67/77
Sana05.01.2022
Hajmi232.21 Kb.
#225913
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   77
Bog'liq
Horun Yahyo. Islom terrorni la'natlaydi

«Bugun sizlar uchun barcha pokiza narsalar halol qilindi. Kitob berilgan 

kimsalarning taomlari sizlar uchun haloldir va sizlarning taomlaringiz ular 

uchun haloldir. Qachonki zino qilmay va yashirin o‘ynash tutmay mahrlarini 

berib uylansangiz, sizlar uchun mo‘minalar orasidan o‘zlarini haromdan 

saqlagan ayollar va sizlardan ilgari Kitob berilgan kimsalardan bo‘lgan o‘zlarini 

haromdan saqlagan ayollar ham haloldir. Kimki iymonidan qaytsa, uning qilgan 

amali behuda ketishi aniqdir va u oxiratda ziyon ko‘rguvchilar toifasidandir» 

(Moida, 5). 

Qur’oni karim mo‘minlarga xabar beradiki, musulmonlar va ahli kitoblar nikoh tuzishlari 

va qarindoshlik aloqalari o‘rnatishlari, bir-birlarini mehmonga taklif etishlari va 

mehmonga borishlari mumkin, bu o‘z navbatida yaxshi va qardoshlarcha insoniy 

munosabatlar o‘rnatish va tinch-totuv yashash uchun asos hisoblanadi. 

Agar Alloh taolo Qur’oni karim orqali mo‘minlarni ahli kitoblarga yaxshi va diniy 

bag‘rikenglik bilan munosabatda bo‘lishga buyurgan bo‘lsa, unda musulmonlar ulug‘ 

Parvardigorlari ko‘rsatmalariga zid keladigan yo‘lni tanlashlari mumkin emas. 

Payg‘ambarimiz Muhammadning (s.a.v.) ahli kitoblar bilan adolatli va diniy bag‘rikenglik 

bilan munosabatda bo‘lganlari ham barcha mo‘minlar uchun yorqin namuna hisoblanadi. 

Masalan Payg‘ambarning (s.a.v.) Arabiston yarim oroli janubidagi Najron shahri 

nasroniylari bilan tuzgan bitimlarining bir bandi quyidagi mazmunda edi: 

«Najronliklar va ularning yaqinlari, hayoti, mol-mulki, oilalari, ularning hamma narsalari, 

dini, butxonalari – ana shularning barchasi Alloh va Uning rasuli himoyasida va 

homiyligida bo‘ladi». 

Payg‘ambarimizning nasroniylar, yahudiylar va mushriklar jamoalari bilan tuzgan Madina 

bitimi musulmonlarning adolati va diniy bag‘rikengligiga eng yaqqol misollardan biri 



Islom terrorni la’natlaydi. Horun Yahyo 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

33

hisoblanadi. 



Musulmonlarning Madinaga hijratlaridan so‘ng tayyorlangan bu bitim melodiy 622 yilda 

Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) rahbarliklarida turli diniy e’tiqoddagi kishilar 

ehtiyojidan kelib chiqib tuzilgan va yozma yuridik kelishuv sifatida hayotga tadbiq 

etilgan. Payg‘ambarimizning (s.a.v.) bu bitimlari barcha xalqlarga, hattoki uzoq davom 

etgan to‘qnashuvlardan keyin ham urushayotgan tomonlar bitimga kelib, tinch hayot 

boshlashlari, sulhga erishib, tinchlik-totuvlikda yashashlari mumkinligini namoyish qildi. 

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) tuzgan bu bitim 622 yilgacha bosqichma-bosqich yangilanib 

turildi. Bitim qoidalari sharofatidan qarindoshchilik va xun olish asosiga qurilgan jamiyat 

andozasidan voz kechildi, vahshiyona urug‘chilik munosabatlariga asoslangan ibtidoiy 

tartiblarga barham berildi. Madina bitimi barcha tomonlarga diniy e’tiqodga to‘la 

erkinlikni ta’minlab berdi. 


Download 232.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling