Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc
Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006
4. Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida
zarar yetkazish. Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash odil sudlovning amalga oshirilishini ta’minlash jinoyat qonunchiligi oldida turgan vazifalarni bajarish maqsadida belgilangan. Shuning uchun ham qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarga zarar yetkazgan shaxsni ushlash ijtimoiy foydali hisoblanadi. Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash shaxsning majburiyati emas, balki burchi hisoblanadi. Shaxs, huquqni muhofaza qiluvchi davlat hokimiyati organlari, mahalla qo‘mitalari, boshqa shaxslarga yordam so‘rab murojaat qilish imkoniyati mavjudligidan qat’i nazar, ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlab berish huquqiga egadir. Jinoyat kodeksi 39-moddasida ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida zarar yetkazish tushunchasi berilgan bo‘lib, uning 1-qismida ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni hokimiyat organlariga topshirish maqsadida ushlash vaqtida unga zarar yetkazish, 234 agar uni ushlash uchun zarur bo‘lgan choralarning chegarasidan chetga chiqilmagan bo‘lsa, jinoyat deb topilmasligi ko‘rsatilgan. Jinoyat huquqida ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashning quyidagi asosiy jihatlar(aspektlari)i mavjud: 1) jinoyat qonunida jinoyat sodir etgan shaxsni ushlash huquqiga ega shaxslar doirasi chegaralanmagan; 2) ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash hokimiyat organlari ayrim mansabdor shaxslarining burchi ekanligi Respublika qonunlari va boshqa normativ hujjatlarida aniq ko‘rsatib o‘tilgan; 3) bunday harakatlar ijtimoiy foydali deb topiladi, shuningdek,, qonuniylik va javobgarlikning muqarrarligi prinsiplaridan kelib chiqadi; 4) ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsni ushlash bunday shaxsning jinoiy faoliyatini to‘xtatish va yangi jinoyat sodir etish imkoniyatlarini bartaraf etishning asosiy huquqiy vositasi hisoblanadi. Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida zarar yetkazishning huquqiyligi shartlari - bir tomondan, ushlash huquqining amalga oshirilishini, ikkinchi tomondan g‘ayriqonuniy qilmishlarni bartaraf etilishini kafolatlaydi. Bunday shartlar ikki institutga: ushlashga va ushlash vaqtida yetkazilgan zararga tegishlidir. Ushbu shartlarning huquqiyligi: ushlash uchun asoslarning mavjudligi va subyektlari; uni amalga oshirish usul va vositalari; ushlashning maqsadi va vaqti; uning bajarilgan deb hisoblanishi kabi elementlarning mavjudligiga bog‘liqdir. Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash uchun quyidagi asoslar bo‘lishi kerak: 1) shaxsning jinoyat sodir etganligi. Bunday asos bo‘lib ayrim hollarda sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi xizmat qilsa, ba’zi hollarda jinoyat sodir etish faktining o‘zi yetarli hisoblanadi. 2) jinoyat sodir etgan shaxsning uni huquqni muhofaza qiluvchi organga topshirmoqchi bo‘lgan shaxsdan qochishi hisoblanadi. Ushlash jinoyat-protsessual xususiyatga ham ega bo‘lib, shaxsni ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan deb topishning asoslari: shaxsning jinoyat ustida yoki bevosita uni sodir etganidan keyin qo‘lga tushganligi; jinoyat shohidlari, shu jumladan, jabrlanuvchilar tomonidan jinoyat sodir etgan shaxs tariqasida to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rsatilganligi; uning o‘zida yoki kiyimida, yonida yoki uyida sodir etilgan jinoyatning yaqqol izlari topilganligi; 235 shaxsni jinoyat sodir etishda gumon qilish uchun asos bo‘ladigan ma’lumotlarning mavjudligi, uning qochmoqchi bo‘lganligi yoki doimiy yashash joyining yo‘qligi yoxud shaxsining aniqlanmaganligi hisoblanadi (O‘zR JPK 221-moddasi). Ushlashning subyektlari, ya’ni ushlanishi mumkin bo‘lgan shaxslar deganda ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan va immunitetga ega bo‘lgan shaxslar tushuniladi. Xususan, deputatlar, sudyalar va prokurorlar ushlab turilishi hamda militsiyaga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga olib kelinishi mumkin emas (ular jinoyat ustida yoki bevosita uni sodir etganidan keyin qo‘lga tushgan holatlar bundan mustasno). Albatta, jinoyatchini ushlab berish huquqi jinoyatchilikka qarshi kurashishning foydali vositalardan biridir. Agar fuqarolarimiz jinoyat sodir qilgan shaxslarni ushlab berish huquqidan faol foydalansalar, qonunga xilof qilmishlarga ko‘z yumib turmasalar, jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligi oshadi. Jinoyatchini ushlash huquqi, aniqrog‘i, burchi jinoyatchilikka qarshi kurash kasbi bilan bog‘liq majburiyat hisoblangan shaxslar(ichki ishlar, prokuratura, MXX organlari xodimlari)ga yuklatiladi. O‘zR JPKning 222- moddasiga muvofiq, militsiya yoki boshqa surishtiruv organlari xodimi, shuningdek,, muomala layoqatiga ega bo‘lgan har qanday shaxs ushbu kodeksning 221-moddasida ko‘rsatilgan asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, jinoyat sodir etishda gumon qilingan shaxsni ushlash va yaqin oradagi militsiya yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga olib kelishga haqlidir. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 39-moddasi 4- qismida: «Maxsus vakolatli shaxslar bilan bir qatorda jabrlanuvchi va boshqa fuqarolar ham ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsni ushlash huquqiga egadirlar», deb ta’kidlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 39-moddasida: «Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni hokimiyat organlariga topshirish maqsadida ushlash vaqtida unga zarar yetkazish, agar uni ushlash zarur bo‘lgan choralarning chegarasidan chetga chiqilgan bo‘lsa», ushlash choralari chegarasidan chetga chiqish deb topilishi ko‘rsatilgan. Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashning huquqiyligi elemetlaridan biri – ushlash vaqtida belgilangan (huquqiy) uslub va vositalardan foydalanishdir. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling