Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

To‘rtinchi shart – ushlash zararlar nisbati teng bo‘lgan holdagina 
qonuniy hisoblanadi, ya’ni ushlash vaqtida yetkazilgan zarar sodir etgan 
jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasiga va harakteriga ushlash holatiga 
nisbatan to‘g‘ri kelmasligi mumkin emas. 
Ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida unga 
yetkazilgan zararning qonuniyligini baholashda ushlash vaqtidagi shart-
sharoitlar hamda vaziyat, qilmishni sodir etgan shaxsning ushlanishdan 
qochish maqsadida qilgan harakatlari, ushlovchining kuchi va 
imkoniyatlari, xavflilik darajasi, ruhiy holati bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa 
holatlar hisobga olinadi. Xususan, odam o‘ldirgan shaxs qarshilik 
ko‘rsatmasa yoki uning qarshiligi ahamiyatsiz bo‘lsa, unga zarar yetkazish 
ushlash chegarasidan chiqmasligi kerak. Mabodo shaxs jinoiy 
javobgarlikdan qochib, uni ushlamoqchi bo‘lgan shaxsga tajovuz qilsa, 


239
ushlashni amalga oshiruvchi shaxs zarar yetkazishning yo‘l qo‘yilgan 
chegarasidan chetga chiqish huquqiga egadir. Bunday harakat yetkazilgan 
zarar zaruriy mudofaa deb kvalifikatsiya qilinishi kerak.
Demak, ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida 
zarar yetkazishning qonuniyligi shartlarini ikki guruhga bo‘lib o‘rganish 
mumkin. 
Ushlashning qonuniyligi va asoslanganligini belgilovchi shartlar: 
a) ushlash uchun asoslarning jinoyat qonuni bilan taqiqlangan jinoiy 
qilmish sodir etilgan vaqtda vujudga kelishi
b) jinoyat sodir etgan shaxsning odil sudlovdan yashirinish 
maqsadida qochishi.
Ushlashni amalga oshirayotgan shaxsning harakatlarini ifodalovchi
shartlarga: 
1) 
zararning jinoyat huquqiy ushlashni amalga oshirayotgan shaxs 
tomonidan yetkazilishi;
2) 
ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida 
qo‘llaniladigan usul va vositalarning ehtimoliy bo‘lmasligi kerak. 
Ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsni ushlashga qaratilgan 
chora-tadbirlar qilmish va shaxsning ijtimoiy xavflilik darajasiga mos 
kelishi kerak. 
Ushlangan shaxsga u yetkazgan zararga nisbatan kam yoki teng 
darajada zarar yetkazilgan bo‘lsa, u holda jinoyat sodir qilgan shaxsni 
ushlagan shaxs jinoiy javobgarlikka tortilmaydi. Nisbatan aybdor va 
ushlagan shaxsning harakatlarida tenglik bo‘lmagan bo‘lsa, ushlash 
choralari chegarasidan chetga chiqish holati mavjud bo‘ladi. 
O‘zbekistan Respublikasi Jinoyat kodeksining 39-moddasi 2-qismiga 
ko‘ra, ushlash choralari chegarasidan chetga chiqish deganda ushlash 
vositalari va usullariga, qilmish va uni sodir etgan shaxsning ijtimoiy 
xavflilik darajasiga, shuningdek,, ushlash sharoitiga butunlay mos 
kelmaydigan va natijada ushlanayotgan shaxsga qasddan zarar 
yetkazilishini tushunish lozim. 
Ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsni ushlash choralaridan 
chetga chiqish – zarar yetkazishning majburiyligi va nisbatan tenglik 
belgilaridan tashqari yuqorida sanab o‘tilgan boshqa shartlar mavjud 
bo‘lgandagina huquqiy hisoblanadi. 
Albatta, ko‘p hollarda jinoyatchini ushlash vaqtida unga ma’lum bir 
zarar yetkazilishi mumkin. 
Zaruriy choralar chegarasidan chetga chiqish deb topish uchun 
jinoyatchini ushlagan shaxs yetkazgan zarar va jinoyatchi tomonidan 


240
yetkazilgan zararlarning teng emasligi shart, lekin bu tengsizlik 
jinoyatchini ushlagan shaxs uchun yetarlicha aniq va ravshan bo‘lgan 
bo‘lishi lozim. Ushlash vaqtida ushlash choralari chegarasidan chetga 
chiqish oqibatida yetkazilgan zarar nafaqat ochiq va ravshan, balki ushlash 
zaruriyatining oqibatida vujudga kelgan bo‘lishi zarur. 
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 101-moddasida 
ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashning zarur choralari 
chegarasidan chetga chiqib, qasddan odam o‘ldirganlik uchun, 108-
moddasida esa ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashning 
zarur choralari chegarasidan chetga chiqib, badanga qasddan og‘ir shikast 
yetkazganlik uchun javobgarlik nazarda tutilgan. 
Ko‘rsatilgan jinoyat — huquqiy normalarning tahlili, Jinoyat 
kodeksida jinoyatchini ushlash choralari chegarasidan chetga chiqish 
oqibatida uning badaniga og‘ir shikast yetkazilishigacha ruxsat beriladi, 
degan xulosa qilish imkonini beradi. Ushlash choralaridan chetga 
chiqishda ehtiyotsizlik bilan har qanday darajadagi shikast yetkazish 
hamda tajovuz qilayotgan shaxsni ehtiyotsizlik orqasida o‘ldirilganligi 
uchun mudofaalanuvchi javobgarlikka tortilmaydi. 
Tergov va sud amaliyotida u yoki bu qilmishni zaruriy mudofaa, 
oxirgi zarurat yoki ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash 
vaqtida zarar yetkazish deb topishda ularni sodir etilish belgilariga ko‘ra 
farqlash masalasida ma’lum bir qiyinchiliklar mavjud. 
Shu bilan birga, qilmishni to‘g‘ri kvalifikatsiya qila olish - 
birinchidan, jinoiy javobgarlikka tortiluvchi shaxsning huquqiy maqomini 
belgilash; ikkinchidan, Jinoyat kodeksi oldida turgan vazifalarning 
bajarilishini ta’minlash; uchinchidan, huquqni muhofaza qiluvchi 
organlarning obro‘-e’tibori va nufuzini ko‘tarish uchun muhimdir. 
Shu sababli tergov va sud organlari ijtimoiy xavfli qilmish sodir 
etgan shaxsni ushlash vaqtida zarar yetkazish institutini zaruriy mudofaa 
va oxirgi zaruratdan farqlashda quyidagilarga e’tibor berishlari lozim: 
1) ushlashga bo‘lgan huquq ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilishi bilan 
vujudga kelsa, zaruriy mudofaa mudofaalanuvchi shaxsga qarshi 
yo‘naltirilgan tajovuz sodir etilishi bilan, oxirgi zaruratga bo‘lgan huquq 
esa nafaqat shaxsdan, balki xohlagan manbadan kelib chiquvchi xavfning 
paydo bo’lishi natijasida yuzaga keladi; 
2) ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash bo’yicha 
tashabbus barcha hollarda bunday huquqqa ega bo‘lgan shaxslar 
tomonidan amalga oshiriladi, zaruriy mudofaa va oxirgi zaruratda esa 


241
shaxs bunday sharoitga kirib qolishi tufayli zarar yetkazishga majbur 
bo‘ladi. 
Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash huquqi bunday 
qilmish sodir etilishi bilan vujudga keladi va amalga oshiriladi, zaruriy 
mudofaa va oxirgi zarurat esa tajovuz yoki xavfning amalga oshirilishi 
fakti bilan shartlangan bo‘ladi. 
Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashdan asosiy maqsad 
– bunday shaxsni hokimiyat organlariga topshirish bo‘lsa, zaruriy mudofaa 
va oxirgi zaruratda maqsad – tajovuzchini yengish va xavfni bartaraf etish 
hisoblanadi.

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling