Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006
To‘rtinchi sharti muayyan holatdagi xavfni boshqa vositalar bilan
bartaraf etib bo‘lmasligi sababli boshqa ijtimoiy munosabatlarga zarar yetkaziladi. Agar boshqa mudofaa choralari orqali xavfni bartaraf qilish 244 mumkin bo‘lsa, oxirgi zarurat holati bo‘lmaydi. Chunki xavfni bartaraf etishga qaratilgan harakat ijtimoiy munosabatlarga tahdid solayotgan xavfni bartaraf etishning yagona yo‘li, vositasi, yechimi bo‘lishi shart. Yetkazilgan zararning muvofiqligi oxirgi zaruratning huquqiy shartlaridan biri bo‘lib, yetkazilgan zararning bartaraf etilgan zararga nisbatan kamroq bo‘lishini bildiradi. Bunday shart oxirgi zarurat holatida zarar tajovuzchiga emas, balki qonun bilan belgilangan boshqa manfaatlarga yetkazilishi tufayli shunday qilib belgilangan. Yetkazilgan va bartaraf etilgan zararning mosligi – zarar yetkazilgan va himoya qilingan huquq va manfaatlar muvofiqligini bildiradi. Tergov va sud organlari yetkazilgan va bartaraf etilgan zararning miqdor va sifat jihatdan mos kelishining quyidagi tamoyillariga ahamiyat berishlari kerak: Yetkazilgan zarar bartaraf etilgan xavfdan ko‘ra ko‘p bo‘lsa, bunday hollarda tergov va sud organlari yetkazilgan zararning bartaraf etilgan xavfdan ko‘ra kamroq bo‘lishiga e’tibor berishlari kerak. (Masalan, shaxsning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish maqsadida uning mulkiga zarar yetkazilishi.) Sifat jihatdan bir xil zarar yetkazilsa, ya’ni yetkazilgan va bartaraf etilgan zarar bir xil manfaatlarga yo‘naltirilgan bo‘lsa. Bunday hollarda yetkazilgan zarar bartaraf etilgan xavfdan miqdor jihatdan kam bo‘lishiga e’tibor berish kerak. ( Masalan, og‘ir tan jarohat yetkazilishini bartaraf etish maqsadida shaxsga yengil tan jarohat yetkazilishi.) Bartaraf etilgan xavfning xususiyati va darajasi jihatdan farq qiluvchi zarar yetkazilishiga e’tibor berish kerak. Masalan, Jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan bir necha obyektlarni himoya qilish maqsadida undan ham muhimroq boshqa obyektga zarar yetkazilishi. ( Masalan, bir necha shaxslarga og‘ir tan jarohat yetkazilishining oldindani olish maqsadida shaxsning hayotiga suiqasd qilish.) Oxirgi zaruratning mudofaaga nisbatan huquqiy shartlari: Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling