Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uchinchi shart
Birinchi shart. Oxirgi zarurat holatida shaxsning huquq va
manfaatlari himoyalanishi kabi boshqa shaxslarning, jamiyat va davlatning ham manfaatlari mudofaalanadi. Ikkinchi shart. Oxirgi zarurat holatida yetkazilgan zarar oldi olingan zararga qaraganda kamroq bo‘lishi kerak. Oldi olingan zararga nisbatan oxirgi zarurat holatida yetkazilgan zarar teng yoki haddan ortiq bo‘lsa, shaxs oxirgi zarurat holati chegarasidan chetga chiqqan hisoblanadi. 245 O‘zbekistan Respublikasi Jinoyat kodeksining 38-moddasi 2- qismida: «Shaxsning oxirgi zarurat holatida sodir etgan qilmishi basharti, oxirgi zarurat chegarasidan chetga chiqilmagan bo‘lsa, qonuniy deb topiladi», — deb qayd etilgan. Uchinchi shart. Oxirgi zaruratning zaruriy mudofaa holatidan farqi birinchi holatda zararning uchinchi shaxs manfaatlariga yetkazilishi zaruriy shart hisoblanadi. Amaldagi jinoyat qonunida birinchi marta (Jinoyat kodeksining 38- moddasi, 3-qismi) oxirgi zarurat chegarasidan chetga chiqish tushunchasi berildi. Agar boshqa vositalar orqali xavfning oldindani olish mumkin bo‘lsa yoki yetkazilgan zarar oldi olingan zarardan oshib ketsa, qonun bilan qo‘riqlanadigan huquq va manfaatlarga bunday zarar yetkazish oxirgi zarurat chegarasidan chetga chiqish deb topiladi. Shaxsning qilmishni oxirgi zarurat chegarasidan chetga chiqmasdan sodir etishini oxirgi zaruratning huquqiyligi shartlaridan biri deb hisoblash mumkin. Qilmishni oxirgi zarurat chegarasidan chetga chiqish deb topish borasida tergov va sud organlari oxirgi zarurat holatining mavjudligi, «majburiylik» va «muvofiqlik» belgilaridan tashqari yuqorida sanab o‘tilgan barcha huquqiy shartlar mavjudligiga e’tibor berishlari kerak. Bundan tashqari, oxirgi zarurat doirasidan chetga chiqish deb kvalifikatsiya qilish uchun shaxs qilmishining subyektiv tomonini ham inobatga olish zarur. Kuchli ruhiy hayajonlanishda shaxs o‘zining qilmishini har doim ham to‘g‘ri baholay olmasligi mumkin. Oxirgi zarurat chegarasidan chetga chiqishda shaxs qilmishi subyektiv tomonining maqsadi ijtimoiy foydali ahamiyatga ega bo‘lib, kamroq zarar yetkazish vositasida ko‘p miqdordagi zararni bartaraf etishni bildiradi. Oxirgi zaruratni amalga oshirish barcha shaxslarning subyektiv huquqidir. Bu borada qonunda hech qanday cheklov mavjud emas. Ayni vaqtda xavfni bartaraf etish ma’lum bir shaxslarning xizmat majburiyati hisoblanadi. Masalan, militsiya, MXX, davlat yong‘inni nazorat qilish organlari xodimlari va h.k. Bunday hollarda ushbu shaxslarning qilmishlari umumiy qoidalar bo‘yicha kvalifikatsiya qilinishi kerak. Oxirgi zarurat holatida sodir etilgan qilmishning qonuniyligini baholashda oldi olinishi lozim bo‘lgan xavfning xususiyati va xavflilik darajasi, shunday xavfning haqiqatan mavjud yoki mavjud emasligi va yuz bergan vaqtning yaqinligi, xavfni qaytaruvchi shaxsdagi mavjud imkoniyatlar, vujudga kelgan vaziyatdagi ruhiy holati va ishning boshqa holatlari hisobga olinadi. 246 Sud-tergov amaliyotida ruhiy yoki jismoniy zo‘rlik ta’siri ostida jinoyat sodir etish hollari ham uchrab turadi. Jinoyat qonunchiligi tarixida birinchi marta bunday holatlarning qonuniy yechimi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 38-moddasi 5-qismida aks ettirildi, jismoniy yoki ruhiy zo‘rlik natijasida huquqlar va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarga zarar yetkazilganlik uchun javobgarlik masalasi sud tomonidan oxirgi zarurat holatini hisobga olgan holda hal qilinadi. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling