Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

birinchidan, buyruq va boshqa farmoyishlarni ijro etuvchi shaxslar 
shu buyruq va boshqa farmoyishlar beruvchi shaxsning bo‘ysunuvida 
(qaramog‘ida) bo‘lishi kerak; 
ikkinchidan, buyruq va boshqa farmoyishlarni tegishli shaklda 
bajarish uni bajaruvchi shaxsning majburiyati, ya’ni xizmat burchi 
hisoblanadi; 


249
uchinchidan,  buyruqni ijro etuvchi shaxs tomonidan sodir qilingan 
qilmish harakat yoki harakatsizlik shaklida bo‘lishi mumkin; 
to‘rtinchidan, buyruq va boshqa farmoyishlarni ijro etishda Jinoyat 
kodeksi bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga ma’lum darajada 
zarar yetkazilishi kerak. 
Bajaruvchi tomonidan yetkazilgan zarar uchun o‘sha buyruq yoki 
farmoyishlar bergan shaxs javobgarlikka tortiladi, bunday hollarda 
bajaruvchi jinoyatni sodir etishning quroli sifatida xizmat qilib yoki 
boshqa farmoyishlarni ijro etgan qilmishi uchun javobgarlikka tortilmaydi. 
Buyruqning huquqiy shartlari va buyruqni ijro etishning huquqiy 
shartlarini ajrata olish kerak; 
beshinchidan, buyruqning huquqiy shartlari: 
Buyruq yoki boshqa farmoyishlar mansabdor shaxs tomonidan uning 
vakolat doirasida berilishi kerak. 
Buyruq qonunda ko‘rsatilgan tegishli shaklda (yozma, og‘zaki, 
texnik vositalar orqali) berilishi kerak. 
Buyruq g‘ayriqonuniy deb hisoblanmaydi (bunday holda uning 
jinoiyligi haqida gap ketishi ham mumkin emas); 
oltinchidan,  buyruqni ijro etishning huquqiy shartlari: 
a) buyruqni ijro etuvchi shaxs tomonidan jinoyat qonuni bilan 
qo‘riqlanadigan manfaatlarga zarar yetkazilganidagina buyruq ijro etuvchi 
shaxsning javobgarligi hal qilinadi; 
b) ijro etuvchi buyruq bilan belgilangan harakatlar doirasidan chetga 
chiqmasligi kerak; 
c) buyruqni ijro etuvchi faqat qasddan yetkazilgan zararli harakatlari 
uchun javob beradi. 
G‘ayriqonuniy ravishda berilgan buyruq yoki farmoyish yoxud 
mansab vazifasini bajarmagan yoki buzgan shaxs jinoiy javobgarlikka 
tortilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 40-moddasi 2-qismida 
jinoiyligi oldindandan ayon bo‘lgan buyruq yoki boshqa farmoyishni 
bajarib, jinoyat sodir etgan shaxs umumiy asoslarda javobgarlikka 
tortilishi haqida bayon qilingan. Bunday hollarda jinoiy buyruq yoki 
boshqa farmoyishni bajarishdan oldindan uni bajarayotgan shaxs uning 
jinoiyligini bilishi va bila turib jinoiy buyruq yoki boshqa farmoyishni 
bajarishi lozim. Ijrochi buyruqning jinoiyligini oldindandan bila turib uni 
bajarsa, bunday holat ishtirokchilik sifatida baholanib, buyruq beruvchi 
tashkilotchi, uni ijro etuvchi esa bajaruvchi shaxs deb topiladi. 


250
G‘ayrihuquqiy yoki jinoiyligi ma’lum bo‘lgan buyruq, farmoyish 
yoki boshqa xizmat majburiyatlarini bajarmaslik yoki buzish, agar bunday 
qilmish qonunda jinoyat deb belgilangan bo‘lsa ham (Jinoyat kodeksining 
279, 280-moddalari), jinoiy javobgarlikni istisno qiladi.
Shaxs buyruqni, farmoyishni yoki mansab burchlarini, basharti ular 
shaxsga noto‘g‘ri berilgan bo‘lsa, ijro etgani yoki buzgani uchun 
javobgarlikka tortilmaydi. Agar uning qilmishi boshqa jinoyat tarkibi 
belgilarini o‘zida ifodalagan bo‘lsa, javobgarlikka tortiladi. 
Buyruq, boshqa farmoyishlar yoki mansab majburiyatlarining 
g‘ayriqonuniyligi ularning jinoiy yoki huquqqa xiloflik xususiyatidan kelib 
chiqadi. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling