Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

Ekologik halokat – insonlar faoliyati natijasida tabiatga zarar 
yetkazilishi va bu zarar insoniyatning keyingi hayoti uchun jiddiy xavfni 
keltirib chiqarishini bildiradi ( masalan, gaz, neft avariyalari, keng 
masshtabli o‘rmon yong‘inlari). 
Boshqa og‘ir oqibatlar deganda, bir necha shaxslar sog‘lig‘iga og‘ir 
shikast yetkazilishi, transport tizimining uzoq muddatda izdan chiqishi
portlash yoki yong‘in natijasida uylar va boshqa inshootlarning vayron 
bo‘lishi va shu kabi holatlar tushuniladi. 
Qonun doirasida belgilangan asosli tavakkalchilik chegarasidan 
chetga chiqish esa O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 55-
moddasi “e” bandiga, ya’ni shaxsning ijtimoiy foydali maqsadi bo‘lganligi 
tufayli jazoni yengillashtiruvchi holatlar qatoriga kiritilgan. 
Kasb yoki xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq asosli tavakkalchilik 
holatida zarar yetkazishni oxirgi zarurat holatida zarar yetkazishdan 
farqlay olish uchun quyidagi belgilarga e’tibor berish kerak: 
Oxirgi zaruratda xavf manbai mavjud bo‘lib, qilmishning o‘zi zararni 
bartaraf etishga qaratilgan bo‘ladi, asosli tavakkalchilikda esa qilmish 
tahdid soluvchi xavf bilan shartlanmaydi, u ijtimoiy foydali maqsadga 
erishishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. 
Oxirgi zaruratda yetkazilgan zarar bartaraf etilgan zarardan kamroq 
bo‘lishi kerak, asosli tavakkalchilikda esa zararning hajmi tavakkal 
qiluvchi shaxs qilmishini baholashda unchalik ahamiyatga ega emas. 
Tavakkalchilik bilan bog‘liq qilmishlar asosida zarar yetkazish 
ehtimoliy bo‘lib, oqibatning kelib chiqishi zarur hisoblanmaydi, oxirgi 
zaruratda esa zarar yetkazish ko‘proq zarar yetkazilishidan qutulishning 
yagona vositasidir. 
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 
1.Qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holatlar deganda nimani 
tushunasiz? Ularni aytib bering. 
2.Kam ahamiyatli qilmishnlarning qilmishning jinoiyligini istisno 
qiluvchi boshqa holatlardan farqi nimada? 
3.Zaruriy mudofaaning shartlariga nimalar kiradi? 
4.Zaruriy mudofaa va oxirgi zarurat o’rtasida qanday farqlar mavjud? 
5.Buyruq yoki boshqa vazifani ijro etishning shartlariga nimalar 
kiradi? 


254
6.Kasb yoki xo’jalik faoliyati bilan bog’liq asosli tavakkalchilikka 
tushuncha bering 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling