271
jarohati yetkazadi hamda o‘g’irlik mollar bilan yashirinadi. Bunda
bajaruvchining harakati boshqa ishtirokchilarning jinoiy niyatidan
umuman farq qiladi. Bu vaziyatda jinoyat
bajaruvchisi bosqinchilik,
qolgan ishtirokchilar esa o’g’rilik uchun (tashkilotchilik, yordamchilik va
dalolatchilik) jinoiy javobgarlikka tortiladilar.
Agar bajaruvchi jinoyatni oxirigacha yetkazishdan bosh tortsa yoki
o‘ziga bog’liq bo‘lmagan holda bajara olmasa va
harakatni sodir etsa,
ishtirokchilarning harakatini kvalifikatsiya qilish qiyinlashadi. Bunday
holda tashkilotchi, dalolatchi,
yordamchi tashkilotchilik, dalolatchilik,
yordamchilikka suiqasd qilganlik uchun javobgar bo‘ladilar. Chunki
barcha ishtirokchilar birgalikda kelishilgan jinoyat amalga oshmagan.
Bajaruvchi ishtirokchilarning jinoiy niyatidan tashqari
sodir etgan jinoyat
uchun javobgar bo‘ladi va bajaruvchining qilmishi ekstsess jinoyatidir.
Do'stlaringiz bilan baham: