Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Jinoyatda ishtirok etgan shaxslarning javobgarlik doirasi


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

Jinoyatda ishtirok etgan shaxslarning javobgarlik doirasi. 
Jinoyat qonunida birinchi marta (Jinoyat kodeksi 30-moddasida) 
jinoyatda ishtirok etganlik uchun javobgarlik doirasi belgilandi. 
Jinoyat kodeksi 30-moddasi 1-qismiga ko‘ra: «Tashkilotchi, 
dalolatchi va yordamchilar ham ushbu kodeks Maxsus qismining 
bajaruvchini javobgarlikka tortish uchun belgilangan moddasi bo‘yicha 
javobgarlikka tortiladilar». Bu umumiy qoida hisoblanadi.
Qonunda jinoyat ishtirokchilari (tashkilotchi, dalolatchi, yordamchi) 
bir tomondan va bajaruvchi ikkinchi tomondan bir-biri bilan bog’liqdir. 
Jinoiy natija umumiy va yagonadirki, jinoyat sodir qilishda har bir 
ishtirokchining o‘ziga yarasha o‘rni bor, ya’ni tashkilotchi 
tashkillashtiradi, dalolatchi qiziqtiradi, yordamchi jinoyatning amalga 
oshirilishiga yordam beradi. 
Ishtirokchilarning sodir etilgan jinoyat uchun javobgarligi 
jinoyatning obyektiv va subyektiv belgilariga asosan belgilanadi. Bunda 
obyektiv tomon ishtirokchilardan har birining javobgarligi Umumiy qism 
qoidalari (28-modda) va Jinoyat kodeksi Maxsus qism normasiga asosan 
belgilanadi.
Ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyat har doim qasddan sodir etilib, 
subyektiv tomondan ishtirokchilarning ijtimoiy xavfli xususiyatdagi 
oldindandan ogohlantirilganligi, ularning birgalikdagi faoliyati, ruhiy 
tomoni esa kuchlarni birlashtirish asosida jinoiy natijaga erishish yoki 
unga ongli ravishda yo‘l qo‘yilishida ifodalanadi.
Ishtirokchilarning javorbgarligi doirasini belgilash uchun jinoyat 
tarkibi elementlaridan tashqari, umumiy va maxsus shartlar ham bo‘lishi 
kerak. Umumiy shartlar o‘z ichiga ishtirokchilikning turini, shaklini to‘g‘ri 
belgilashni, ishtirokchilik shakli jinoyat tarkibining zaruriy belgisi 
ekanligini yoki uning jazoni og‘irlashtiruvchi holat ekanligi kabilarni 
oladi. Jinoyat kodeksining 242-moddasi 2-qismida ishtirokchilik asosiy 
belgisi sifatida ko‘riladi va qurolli jinoiy guruh tashkil etganlik, unga 
rahbarlik qilganlik va unda ishtirok etganlik uchun javobgarik belgilangan.
Maxsus shartlar ishtirokchilarning javobgarligiga ta’sir qiluchi 
obyektiv va subyektiv belgilarga, shuningdek,, ekstsess bajaruvchilik
bajaruvchining va boshqa ishtirokchilarning jinoyat sodir etishdan 
ixtiyoriy qaytishini o‘zida ifodalaydi.


269
Har bir jinoyat ishtirokchisi sodir etilgan jinoyat uchun jinoiy 
javobgarlikka tortiladi. Unga nisbatan jazo tayinlashda sud jinoiy 
javobgarlikni jinoyatning og‘irligi, ayb darajasi va jinoyat sodir etgan 
shaxsning ijtimoiy xavfliligiga mos kelishini hisobga olishi lozim bo‘ladi.
Bu sud jazo tayinlashda sodir etilgan qilmishning ijtimoiy 
xavfliligini, ish holatlari va aybdor shaxsini, jazoni yengillashtiruvchi va 
og‘irlashtiruvchi holatlarni hisobga olish kerakligini anglatadi.
Agar sodir etilgan jinoyatning xavflilik darajasi barcha ishtirokchilar 
uchun bir xil xususiyatga ega bo‘lishi (ularning harakati Maxsus qismning 
ayni bir moddasi bilan kvalifikatsiya qilinganda), lekin ishtirokchilarning 
har birini jitimoiy xavfliligi turlicha bo‘lishi mumkin. Ular bir qator 
obyektiv va subyektiv holatlarga bog‘liq bo‘lib, shaxsning jinoyat sodir 
etishdagi ishtiroki darajasi va xususiyatida namoyon bo‘ladi.
Ishtiroki xususiyati ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatda aybdorlik 
vazifasini belgilaydi.
Tashkilotchi, yordamchi, dalolatchining harakatlari bajaruvchining 
harakati qaysi norma bilan kvalifikatsiya qilingan bo‘lsa, o‘sha norma 
bilan kvalifikatsiya qilinadi, aniqrog‘i bajaruvchi tomonidan jinoyatning 
obyektiv tomoni qay darajada bajarilgani muhim rol o‘ynaydi. Agar biron-
bir sababga ko‘ra bajaruvchi jinoyatni oxirigacha yetkaza olmagan bo‘lsa, 
ishtirokchilarning harakatlari ham tugallanmagan jinoyat deb 
kvalifikatsiya qilinishi lozim. 
Jinoyat ishtirokchisi qonunda belgilangan tartibda aybi isbotlangan 
ijtimoiy xavfli qilmishlari uchungina javobgar bo‘ladi (Jinoyat kodeksi 9-
modda). 
Jinoyat sodir qilgan shaxsga jazo tayinlashda sud jazo tayinlashning 
umumiy asoslariga rioya qiladi (Jinoyat kodeksi 54-modda). 
Sud jazo tayinlashda sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy 
xavflilik darajasini, qilmishning sababini, yetkazilgan zararniig xususiyati 
va miqdorini, aybdorning shaxsini hamda jazoni yengillashtiruvchi va 
og’irlashtiruvchi holatlarni hisobga oladi (Jinoyat kodeksi 54-modda, 1-
qism). 
Ishtirokchilarning jinoyat sodir etishdagi ishtiroki darajasi hamda 
jinoiy harakatlarning ijtimoiy xavflilik darajasi jazo tayinlashda hisobga 
olinadi. Sud jazo tayinlashda shaxsning sudlangan-sudlanmaganligini, 
giyohvandlik vositalari yoki alkogolli ichimliklarni iste’mol qilgan yoki 
qilmaganligini va boshqa holatlarni hisobga olishi zarur. 
Sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavfliligini belgilashda aniq bir 
jinoyat sodir etilgan holatlardan kelib chiqish lozim (ayb shakli, jinoyat 


270
motivi, sodir etish bosqichi va boshqalar).
Tashkilotchi, dalolatchi va yordamchining harakatlari bajaruvchining 
jinoyatni qaysi bosqichda to‘xtatilganligiga qarab, ya’ni bajaruvchi 
jinoyatni oxiriga yetkazgan, suiqasd qilgan yoki tayyorgarlik ko‘rishda 
to‘xtatilganligiga qarab kvalifikatsiya qilinadi. 
Sud-tergov amaliyotida jinoyatni faqat maxsus subyekt amalga 
oshirib, boshqa shaxslar jinoyat ishtirokchisi sifatida sodir etilganligi ham 
uchrab turadi. Bunda jinoyat ishtirokchi(tashkilotchi, dalolatchi, 
yordamchi)larning jinoyatda ishtiroki darajasi aniqlanishi kerak. 
Jinoyatning subyekti faqat maxsus subyektli jinoyatlarda ishtirokchilar 
(tashkilotchi, dalolatchi, yordamchi) maxsus subyekt sodir etgan jinoyatda 
faqat ishtirokchi sifatida kvalifikatsiya qilinadi. Masalan, onaning o‘z 
chaqalog’ini qasddan o‘ldirishi(99-modda)da subyekt faqat ona bo‘ladi, 
tashkilotchi, dalolatchi, yordamchi esa uning onasi, eri bo‘lishi mumkin 
yoki 114-moddadagi jinoiy abortda subyekt vrach-akusher ginekolog 
bo‘lib, tashkilotchi, dalolatchi, yordamchi har qanday shunga bog’liq 
shaxs bo‘lishi mumkin. 
Jinoyat bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan qilmish 
kvalifikatsiya qilinayotganida ishtirokchilikdagi bajaruvchilardan biri 
guruh tomonidan kelishilmagan boshqa jinoyatni sodir qilsa, unga baho 
berishda ayrim qiyinchiliklar vujudga keladi. Buni jinoyat huquqida 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling