Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006
NOTA BENE!
“Jinoyat sodir etilishiga o‘z maslahatlari, ko‘rsatmalari bilan, vositalar berish yoki to‘siqlarni yo’qotish bilan ko‘maklashgan, shuningdek,, jinoyatchini, jinoyat sodir etish quroli, izlari va vositalarini yoxud jinoiy yo‘l bilan qo’lga kiritilgan narsalarni yashirishga, shuningdek,, bunday narsalarni olish va o‘tkazish to‘g‘risida oldindandan va’da bergan shaxs yordamchi deb topiladi” (Jinoyat kodeksi 28-modda, 5- qism). Sud-tergov amaliyotida yordamchilik ishtirokchilikning ko‘p uchraydigan turidir. Jinoyat kodeksi 28-moddasi 5-qismining tahlili shuni ko‘rsatadiki, jinoyatda yordamchilik ikki: 267 1) jismoniy yordamchilik; 2) ruhiy yordamchilik ko‘rinishlariga ega bo‘ladi. Jismoniy yordamchilik, deganda jinoyat sodir qilinayotganda to‘siqlarni olib tashlash uchun vositalar va qurollar bilan yordam berish, ya’ni jinoyatning obyektiv tomonini amalga oshirishda bajaruvchiga ko‘maklashish tushuniladi. Jismoniy yordamchilik ruhiy yordamchilikdan farqli ravishda jinoyat vositalarni taklif qilish yoki shart-sharoit yaratib berishdan iboratdir. Shuni ham hisobga olish kerakki, yordamchi yordam berishdan tashqari jinoyatni amalga oshirishga qaratilgan boshqa biror-bir harakatni qilmagan bo‘lishi kerak, aks holda yordamchining harakatlari jinoyatning obyektiv tomoni belgilari bilan mos kelsa, u jinoyatning bajaruvchisiga aylanib qoladi. Ruhiy yordamchilik: 1) maslahat, ko‘rsatmalar berish; 2) jinoyatchini, jinoyat qurollarini, izlarini va vositalarini yoki jinoiy yo‘l bilan topilgan buyumlarni yashirishga oldindandan va’da berish; 3) jinoiy yo‘l bilan topilgan buyumlarni olish yoki sotib berishga oldindandan va’da berish shaklida bo‘lishi mumkin. Jinoyatni yashirishga oldindandan va’da bermagan bo‘lsa, yordamchilik deb topilmaydi, ya’ni ishtirokchilik deb topilmasdan, faqat jinoyatga daxldorlik deyiladi. Vositalar yetkazib berish, deganda jinoyat bajaruvchisiga jinoyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan turli buyumlar yoki vositalarni yetkazib berish tushuniladi. Bularga transport vositalari, qurol-yarog’lar va hokazolar, ya’ni jinoyat sodir qilinishi uchun yordam beradigan har qanday buyumlar kiradi. To‘siqlarni olib tashlash, deganda yordamchining bajaruvchi tomonidan jinoyatni amalga oshirishdagi to‘siqlarni bartaraf qilishga yordamlashish harakati tushuniladi (masalan, qo‘riqchini xizmat vazifasidan chalg‘itish, signalizatsiyani o‘chirib qo‘yish, qo‘riqchi itlarni chalg‘itish va hokazo). Yordamchi dalolatchidan shunisi bilan farq qiladiki, u o‘zining harakati bilan jinoyatning boshqa bir ishtirokchisida jinoyat sodir etish istagini vujudga keltirmaydi, bu holat yordamchilikni amalga oshirgunga qadar vujudga keladi. Ruhiy yordamchilik jinoyat sodir qilinishida bajaruvchining qarori va xohishini mustahkamlaydi. Maslahat va ko‘rsatmalarni ko‘proq jinoyatni uyushtiradigan shaxs 268 berishi mumkin. Bu holda ushbu shaxs Jinoyat kodeksi 28-moddasining 3- qismiga ko‘ra tashkilotchi deb topiladi. 3. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling