Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


-BOB. JINOYATDA ISHTIROKCHILIK


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

12-BOB. JINOYATDA ISHTIROKCHILIK 
1. 
Ishtirokchilik tushunchasi 
Sud-tergov harakatlarini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, aksariyat 
jinoyatlar bir guruh shaxslar tomonidan sodir etiladi. Shu o‘rinda ijtimoiy 
xavfi yuqori bo‘lgan jinoyatlar ko‘p hollarda bir necha kishilarning 
birlashishi orqali sodir etilishini alohida ta’kidlab o‘tish lozim.
Shubhasiz, bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning 
ijtimoiy xavflilik darajasi yuqoridir, chunki bir kishi tomonidan sodir 
etilgan qilmishlardan ko‘ra bir guruh shaxslar tomonidan amalga 
oshirilgan jinoyat tufayli ijtimoiy munosabatlarga ko‘proq zarar 
yetkaziladi. Jinoyatchilar guruh bo‘lib harakat qilishganda ancha ishonch 
bilan qo‘pol va bemalol harakat qilishadi. Bunday holat ularning hayot 
tarziga aylanib qolishi mumkin. 
Jinoyatning uyushgan guruh yoki jinoiy guruh tomonidan amalga 
oshirilishi yengil kechadi, iz qoldirmaslik va guvohlarni yo‘qotish 
osonlashadi. Guruh bo‘lib jinoyat sodir qilinganida guruh rahbarlarini fosh 
etish qiyinlashadi va ularning yashirinishi oson kechadi. Bu jihatdan 
olganda, ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlarning maxsus o‘rganilishi 
uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashda muayyan yutuqlarga erishishga 
yordam beradi. Turli jinoyatlarda uyushgan jinoyatchilik darajasi bir xil 
bo‘lmay, ularning maxsus o‘rganilishi talab etiladi. Guruh bo‘lib 
jinoyatlarning sodir etilgan xavflilik darajasiga bir necha shaxslar 
tomonidan amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarga nisbatan ancha 
yuqoridir.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 27-moddasiga ko‘ra: 
NOTA BENE! 
Ikki yoki undan ortiq shaxsning qasddan jinoyat sodir etishda 
birgalashib qatnashishi ishtirokchilik deb topiladi. 
Ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlarning bir qator o‘ziga xos 
xususiyatlari mavjud.
U yoki bu jinoyatni kvalifikatsiya qilishda nafaqat qilmishning 
ishtirokchilikda sodir etilishi, balki qonuniylik va adolatlilik prinsiplariga 
asoslangan holda ishtirokchilikning aniq belgilari va shakllariga e’tibor 
berish lozim.
Ishtirokchilik belgilarini obyektiv va subyektivga ajratish mumkin. 
Ishtirokchilikning obyektiv belgilariga: 
1) jinoyat sodir qilishda ikki yoki undan ortiq shaxsning ishtiroki


260
2) guruh a’zolarining jinoyatni sodir qilish uchun birgalikda harakat 
qilishi kiradi. 
Jinoyat sodir qilishda ikki yoki undan ortiq shaxsning qatnashishi 
ishtirokchilikning son belgisidir. Bu belgining asosiy sharti shundan 
iboratki, jinoyat ishtirokchilikda sodir etilganda ishtirokchilarning barchasi 
aqli raso va shu jinoyat uchun qonunda belgilangan yoshga yetgan bo‘lishi 
talab qilinadi. 
Qonunda belgilangan yoshga yetmagan va aqli noraso deb topilgan 
shaxs jinoyatning subyekti deb topilishi mumkin emas va o‘z-o‘zidan 
ishtirokchi ham bo‘la olmaydi. 
Agar jinoyat sodir etgan shaxs subyektning barcha belgilariga ega 
bo‘lsa va jinoyatning bajaruvchisi sifatida aqli noraso shaxsdan yoki 
qonunda belgilangan yoshga yetmagan shaxsdan foydalangan bo‘lsa, bu 
holda aybdor faqat sodir etgan jinoyat uchun emas, balki voyaga yetmagan 
shaxsni jinoyatga yoki g‘ayriijtimoiy xatti-harakatga jalb qilganlik uchun 
ham javobgarlikka tortiladi. 
Ishtirokchilik insttitutini tahlil qilishda birgalashib jinoyat sodir etgan 
barcha shaxslarning harakatini o‘rganish lozim. Bunda har bir ishtirokchi 
tomonidan sodir etiladigan harakatning xususiyati, jinoiy kuchlarning 
muvofiqlashganligi, ular o‘rtasidagi aloqadorlikning qat’iligi asosiy 
element hisoblanadi. Aynan shu element majmui ishtirokchilikda sodir 
etilgan qilmish darajasini belgilashga asos bo‘lib, shu orqali jinoyatni sodir 
etgan shaxslarga nisbatan jinoyat-huquqiy kurash chorasini belgilashga 
imkon beradi. 
Birgalikdagi harakat shundan iboratki, bunda ishtirokchilarning 
jinoiy harakati birgalikda bo‘ladi. Jinoyatni birgalikda sodir qilish shundan 
iboratki, bunda bir ishtirokchining harakati ikkinchisiniki bilan 
chambarchas bog‘liq bo‘ladi va jinoyat natijasi umumiy harakatga 
bog‘liqdir. Ishtirokchilarning birgalikdagi harakati jinoyatning natijasi 
uchun muhim shartdir. Ishtirokchilik jinoyati murakkab jarayon bo‘lib, 
bunda har bir ishtirokchi o‘zining «tegishli» hissasini qo‘shmog‘i lozim: 
biri uyushtiradi, biri guruh tuzadi, boshqasi ma’lumot yig‘adi, to‘rtinchisi 
jinoyat qurolini tayyorlaydi, beshinchisi uni amalga oshiradi (yani 
to‘g‘ridan to‘g‘ri jinoyatning obyektiv tomonini amalga oshiradi). Ushbu 
murakkab jarayonda har bir ishtirokchining harakati bir-biriga mos kelishi 
va sababiy bog‘langan bo‘lishi kerak, uning natijasi jinoyat 
ishtirokchilarining umumiy xohishi va qoniqishi bo‘lishi kerak. 
Demak, ishtirokchilikda jinoyat sodir etishdagi birgalikdagi harakat 
o‘zaro bog‘liq va shartli harakatlar bilan jinoyat sodir etilishi bilan 


261
belgilanadi. Jinoyat harakatning birgalikdaligi barcha ishtirokchilar uchun 
jinoiy oqibatning bir xilligi, umumiy jinoiy oqibat va har bir ishtirokchi 
o‘rtasidagi harakatning o‘zaro bog‘liqligida ifodalanadi. Harakat, jinoiy 
oqibat va har bir ishtirokchining o‘zaro aloqadorligi yig‘indisi 
ishtirokchilikni ifodalaydi.
Bir qancha shaxslarning kuchlarini birlashtirish natijasida jinoyat 
sodir etilganida, ularning har biri mustaqil tarzdagi jinoiy oqibatga 
erishishga harakat qilgan bo‘lsa yoki ular harakati jinoiy oqibat bilan 
bevosita bog’liq bo‘lmasa, bunday jinoyatni ishtirokchilikda jinoyat sodir 
etish deb baholab bo‘lmaydi. Chunki ularning harakati birgalikda bo‘lmay, 
umumlashgan bo‘ladi, holos. Masalan, A. ismli shaxs B. ismli shaxsni 
o‘ldirishga qasd qiladi va unga og‘ir tan jarohati yetkazadi, vrach S. uni 
davolashi jarayonida infeksiya yuqtirishi natijasida B. vafot etadi. Bu ikki 
harakat o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik bo‘lmaganligi uchun ishtirokchilik deb 
baholanmaydi.
Jinoyat kodeksining 27-moddasiga ko‘ra ishtirokchilikning subyektiv 
belgilari ikki yoki undan ortiq shaxsning qasddan jinoyat sodir etishida 
namoyon bo‘ladi, ya’ni 27-moddaning mazmuniga ko‘ra ishtirokchilik 
faqat qasddan sodir qilinadigan jinoyatlardagina bo‘ladi. 
Ishtirokchilar o‘rtasida jinoyat sodir etish uchun oldindandan 
kelishuvning mavjud bo‘lishi birgalikdagi harakatni belgilashda 
qiyinchilik tug‘dirmaydi. Ular o‘rtasida oldindandan kelishuvning mavjud 
bo‘lmasligi ishtirokchilikni aniqlashni qiyinlashtiradi.
Birgalikdagi harakat qilish mezoni bo‘lib: 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling