Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


birinchidan, umumiy kuch asosida yagona maqsadga erishish uchun  harakat qilish; ikkinchidan


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

birinchidan, umumiy kuch asosida yagona maqsadga erishish uchun 
harakat qilish;
ikkinchidan, boshqa ishtirokchilarning yagona umumiy natijaga 
erishishga qaratilgan harakatini bilish va hisobga olish xizmat qiladi. 
Jinoyat sodir etishda bir qancha shaxslarning ishtiroki obyektiv 
vaziyatlarni birgalikda kuch ishlatish asosida natijaga erishish, 
shuningdek,, subyektiv vaziyat--ishtirokchilarning harakatini 
birlashganligi va kuchlarni birlashtirish asosida yagona maqsadga 
erishishga qaratilganligini bilishni o‘z ichiga oladi.
Birgalikdagi ishtirokchilar uchun umumiy bo‘lgan muayyan natijaga 
erishish uchun harakat qilish ishtirokchilar kuchining birlashganligini 
bildiradi. Shaxslarning birlashishi jinoiy natijaga oson erishish 
zaruriyatidan kelib chiqadi.
Subyektiv mezoning ikkinchi belgisi ishtirokchilar bir-birining 
harakatini oldindandan bilganligini anglatadi. Ishtirokchilikning subyektiv 


262
mezoni ishtirokchilarning o‘zaro xabardorligi va kelishgan holda harakat 
qilishi bilan xususiyatlanadi. 
O‘zaro xabardorlik shu bilan xususiyatlanadiki, jinoyat sodir 
etishdagi barcha ishtirokchilarning birinchidan, jinoyatni birgalikda sodir 
etganligi, ikkinchidan har qanday emas, balki aniq jinoyatni sodir etish, 
uchinchidan, nafaqat bir shaxs qilmishining ijtimoiy xavfliligi, balki 
boshqa shaxslar harakatining ijtimoiy xavfliligi hisobga olinadi.
Ishtirokchilikda qilingan jinoyatlarda ikki yoki undan ko‘p shaxslar 
o‘z intilishlarini birlashtiradi. O‘z xohishlaridagi natijaga erishishga 
harakat qiladilar, ehtiyotsizlik orqasida jinoyat sodir qilganda esa oqibat 
kelib chiqishini xohlamaydigina emas, balki uning kelib chiqishini 
oldindandan ko‘ra bilmaydi ham.
Subyektiv bog’liqlikning yana bir belgisi shundan iboratki, bunda bir 
jinoyatchining harakati boshqa ishtirokchining harakati bilan chambarchas 
bog‘liqdir. ya’ni jinoyat sodir qilishda bir nechta jinoyatchi birga harakat 
qiladi va shulardan hech bo‘lmaganda ikkitasi jinoiy natija uchun o‘z 
harakatlarini birlashtiradi va ijtimoiy xavfli oqibat kelib chiqishini bilgan 
holda harakat qiladi va oqibatni xohlaydi. 
Agar jinoyat sodir qilishda jinoyatchilar bir-birlari bilan o‘zaro 
xabardor bo‘lmasalar, ularning har biri sodir etgan harakatlari uchun 
alohida-alohida javob beradi. 
Jinoyatda ishtirokchilik instituti o‘z xizmati nuqtayi nazaridan 
jinoyat ishtirokchilarini va ijtimoiy munosabatlarni jinoiy tajovuzlardan 
himoya qilish vazifasini o‘z zimmasiga oladi. Jinoyatda ishtirokchilikning 
ushbu vazifasi bir qator holatlarda jinoyatlarning bir qancha shaxslar 
tomonidan sodir etilishi bilan bog’liq. Ishtirokchilikda jinoyat sodir etish 
qoidalari va holatlari, birinchidan, ishtirokchilikda jinoyat sodir etishning 
obyektiv va subyektiv belgilarini, ikkinchidan, bunday ijtimoiy xavfli 
qilmish uchun jinoiy javobgarlikka tortiluvchi shaxslar doirasini 
chegaralab qo‘yadi, uchinchidan, ishtirokchilardan har birining Jinoyat 
kodeksi bilan qo‘riqlanadigan obyektga ta’sirini, 
shuningdek,,ishtirokchilikda jinoyat sodir etishning farq qiluvchi 
xususiyatlarini bir kishi tomonidan sodir etilgan qilmishdan farqlarini 
belgilaydi, to‘rtinchidan, javobgarlikka tortish asoslarini va uni har bir 
ishtirokchiga nisbatan tadbiq etilishini belgilaydi. 
Yuqoridagilardan kelib chiqib shunday xulosa qilish mumkinki, 
ishtirokchilikda jinoyat ishtirokchilari ijtimoiy xavfli harakat sodir 
qilayotganliklarini, qilmishlari jinoyat ekanligi va o‘z harakatlari natijasida 
qanday ijtimoiy xavfli oqibat kelib chiqishini oldindandan ko‘ra biladilar.


263

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling